Quduqlarda olib boriladigan sinashlar reja: Mahsuldor qatlamni burg‘ilab birlamchi ochish Qatlamni sinab ko‘rish usullari
Download 53.78 Kb.
|
quduqlarda olib boriladigan sinashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish usullari
2. Qatlamni sinab ko‘rish usullariQatlamdan flyuidlarni chiqarish uchun sinab ko‘rishda, tekshirilayotgan uchastka quduq stvolining boshqa qismidan yopiladi, keyin esa bu uchastkada bosim qatlam bosimiga nisbatan ancha pasaytiriladi. Qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko‘rishni ikkita usuli mavjud: ochiq, himoyalanmagan quduq stvolida sinab ko‘rish; loyixadagi chuqurlikkacha burg‘ilangandan keyin tushiriladigan himoya tizmasi orqali sinab ko‘rish. Ochiq stvolda qatlamni sinab ko‘rish uchun - qatlam sinagich va qatlam tekshirgich asboblaridan foydalaniladi. Qatlam sinagichlar quduqqa quvurlarda (ko‘pincha burg‘ilash quvurlarida va ayrim hollarda NKKlarda) tushiriladi. SHuning uchun quvur orqali sinagichlar deb ataladi. 3. Qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish usullariQatlam sinagichlar bilan birga qatlamga ishlaganda tekshiriladigan oraliq pakerlar yordamida boshqa oraliqlardan ajratiladi (yopiladi). Keyin quduqdagi bosim qatlam bosimidan pasaytiriladi, shu bilan birga qatlamga depressiya hosil kilinadi. Qo‘lay sharoitlarda qatlamdan namuna olish chegaralanmagan bo‘lishi mumkin va qatlamni sinov uchun ishlatish mumkin. Hosil bo‘lgan debit va quduq tubi bosimi ta’sirida qatlam flyuidi olinadi. Ammo, ayrim murakkabliklar natijasida ko‘pincha suyuqlikni o‘zgaruvchan debit va doimiy hamda o‘zgaruvchan quduq tubi bosimi ta’sirida olinadi. Qatlam sinagichlarni quduqqa kabelda va arqonda yoki burg‘ilash tizmasining ichidan qatlam ochilgandan keyin darxol tushiriladi. Olinadigan namunaning chegaralanganligiga qaramay (birdan bir necha yuz dm³ gacha), qatlam sinagichlari yordamida (sarf va bosimini o‘lchaydigan asboblar bilan jihozlangan) qatlamning asosiy gidrodinamik harakteristikasi va qatlam suyuqligi tarkibini baholash mumkin. Qatlamni oqimga sinashda namuna va shlam olish elektr va boshqa turdagi karotaj ishlari amalga oshiriladi. Qatlamni himoya tizmasi orqali sinab ko‘rish ochik stvolda amalga oshiriladi va olingan natijalar asosida ishlatish tizmasini tushirish yoki tushirmaslik haqida qaror qabul qilinadi. Bu esa qidiruv ishlari samaradorligini oshiradi, qidiruv ishlari muddatini qisqartiradi, kamyob himoya quvurlarini iqtisod qiladi, qaysiki mahsuldor bo‘lmagan quduqlarda ishlatish tizmasi tushirilmaydi. Download 53.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling