Quduqlarni ishlatish jihozlari


-rasm. Ishlatish quduqlarining profilini sxemasi


Download 76.89 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi76.89 Kb.
#1559816
1   2   3
Bog'liq
QUDUQLARNI ISHLATISH JIHOZLARI

2.1-rasm. Ishlatish quduqlarining profilini sxemasi. 1-tik uchastkasi; 2-burilish uchastkasi; 3-qiya uchastkasi; 5-tik uchastka.

2.2-rasm. Ishlatish qudug’ining sxemasi.
1-tizma boshchasi; 2-yo’llanma; 3konduktor; 4-ishlatish tizmasi; 5klapan; 6-filtr.

2. Ishlatish quduqlarining yer usti jihozlari

Quduq ustidagi mustahkamlash tizmasi bog’lanadi ya’ni, quduqning boshqa jihozlari biriktiriladi, bu esa tizma boshchasi deyiladi.
Tizma boshchasi (2.3-rasm) quduqning hamma mustahkamlash tizmalarini birlik tizimga biriktiradi. Ularning og’irligini qabul qiladi va hamma yuklanmalarni konduktorga uzatadi. U tizmalar oralig’idagi fazoni izolyatsiyasini va germetikligini ta’minlaydi hamda bir vaqtda quduqning stvol qismining holatini va kerakli texnologik jarayonlarni bajarishni nazorat qilishga yo’l beradi.
Tizma boshchasi quduqqa tushiriladigan ishlatish jihozlarini montaj qilishda supa vazifasini bajaradi. Quduqlarni burg’ilash vaqtida unga otilmaga qarshi jihoz preventor montaj qilinadi va burg’ilash tugagandan keyin demontaj qilinadi.
Tizma boshchasi konstruktiv – bir nechta bir-biri bilan bog’langan elementga ega bo’ladi, ularga g’altak yoki chorbarmoq (kristovina), mustahkam tizmalari kiradi. Bu elementlarning soni quduqdagi mustahkamlash tizmasining soniga bog’liq bo’ladi.
Tizma boshchasini ishlatish sharoitlari yetarli darajada murakkabdir:
mustahkamlash tizmasini og’irligidan beriladigan yuklanma chuqur quduqlarda bir necha yuz kilonyutondan oshib ketadi. Bundan tashqari tizma boshchasi o’zi bilan kontaklashuvchi zonadan beriladigan bosimni ham qabul qiladi. Qatlam suyuqligini yoki gazini tarkibidagi H2S, CO2 yoki kuchli minerallashgan suvlar tizma boshchasini korroziya ta’siriga duchor qiladi. Chuqur quduqlarga issiqlik tashuvchilar haydalganda ularning stvollari va tizma boshchalari 150-250 oC gacha qiziydi.
Ikkita tizmani biriktiruvchi tizma boshchasi (2.4-rasm) korpusdan (4) tashkil topgan bo’lib, mustahkamlash quvurlariga (6) burab mahkamlangan. Korpusning ichki yuzasi konussimon, unga (3) pona joylashtirilgan, ichki tizmani mustahkamlash quvurini (7) saqlab turadi. Flanetsni korpusiga (1) g’altak o’rnatilgan, quvurga kiydirilgan va odatda unga payvandlanadi. Quvurlar oralig’idagi fazo (2) zichlanma bilan ajratiladi. Tizma boshchasida qulfak (5) o’rnatilgan bo’lib, u quvurning orqa tomonidan kirib kelishni ta’minlaydi. Bunday tizma boshchasini tik o’lchami bir metrga yaqin bo’ladi. Mustahkamlash quvurlarining diametriga bog’liq massa 500-550 kg bo’ladi. Bunday tizma boshchasi bilan chuqurligi 1500-2000 metr, bosimi 25 MPa gacha bo’lgan quduqlar jihozlanadi. Mustahkamlash tizmasini soni ko’p bo’lgan uch, to’rt va besh tizmali quduqlarni jihozlash uchun tizma boshchalari tayyorlanadi. Bunday tizma boshchalarini pritsipial va konstruktiv sxemalari yuqoridagiga o’xshashdir. Besh tizmali boshcha chuqurligi (5000 metrgacha) bosimi 70 MPa gacha quduqlarning ustiga o’rnatish uchun mo’ljallangan bo’ladi, uning tik balandligining o’lchami 3 metr. Asosiy tugunlari 1, 8, 9, 10, 11 beshta chorbarmoq o’lchamlari 168 mm dan 502 mm.gacha bo’lgan mustahkamlash quvurlari uchun, 2, 4, 5, 7 ponali osmalar va 3 jo’mrakdan tashkil topgan.
Korpuslar uchun po’latning oqish chegarasi 5,0-5,5 MPa, nisbiy uzatishi 14-15 % va zarbali qovushqoqligi 40 mNm/m2 gacha. Og’ir sharoitlarda ishlatiladigan tizma boshchalarini tayyorlash uchun 35 XML turdagi past legirlangan po’latlardan foydalaniladi. Shtampalangan yoki bolg’alangan flanetslar yoki bo’g’izlar 35 XM, 40 X po’latlardan to’g’ridan to’g’ri yasaladi. Tizma boshchasi biriktirgichlarini, elementlarining o’lchamlarini mos kelmasligi avariya holatlarini keltirib chiqarishga sabab bo’ladi. Standart boyicha 14, 21, 31, 70, 105 MPa,ga ishchi bosimga mo’jallangan tizma boshchalari ishlab chiqariladi.






Download 76.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling