Quduqlarni ishlatishdagi uchraydigan asoratlar


Download 0.7 Mb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1027455
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Quduqlarni ishlatishdagi uchraydigan asoratlar

Quduqlarni ishlatishdagi uchraydigan asoratlar

Topshirdi: Berniyazov Sharapatdin

Qabul qildi: Tajimova Guliston

Fan: Neft va gaz ishi asoslari

Guruh: 2-E

REJA:

  • Quduq ishlatilayotganda yuzaga keladigan asoratlar
  • Suv yorib o'tishining sabablari
  • Quduq tubi zonasida va nasos-kompressor quvurlari devorlarida parafin yig'ilishi

Quduq ishlatilayotganda yuzaga keladigan asoratlar quyidagilarga bog’liq:

Quduq ishlatilayotganda yuzaga keladigan asoratlar quyidagilarga bog’liq:

  • quduqning yer osti va yer usti qismlarining ishdan chiqishi,
  • qatlamdan quduq ostki qismiga suv va qumning harakat qilishi,
  • parafin qotib qolishi ,
  • shtangalar uzilishi ,
  • nasosda plunjerning harakatlanmay qolishi ,
  • nasos –kompressor quvurlari birikmasidan suyuqlikning sirqib chiqishi va boshqalar.
  • Suv bosimi tazyiqi tizimida mahsulot olinadigan quduqlarning suvlanishi-uyumning ilgari neft bilan to'yingan qismi ichiga suv-neft tutash yuzasining harakati natijasida yuzaga keladigan tabiiy jarayon.Neft oluvchi quduqlarga suv yorib o'tishi bilan neft olishni kuzatish mumkin.

Suv yorib o'tishining sabablari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:

  • 1)Uyumning o'tkazuvchanligini mintaqalanish (maydon bo'yicha) va qatlamning (qatlam qalinligi) turli jinsliligi, siqib chiqarishning qovushqoqlik va gravitatsion noustivorligi, mahsulot olinuvchi va suv haydovchi quduqlarni joylashtirish xususiyati;
  • 2)Ostki suvlarning yotishi, qatlam qiyaligi, siqib chiqarish frontining yoyilishi.
  • 3)Yuqori o'tkazuvchanlikka ega kanal va yoriqlarning mavjudligi, ayniqsa yoriq-g'ovakli kollektorlarda;
  • 4)Ishlatish quvurlar birikmasining va sement halqasining nogermetikligi.

Asosan muddatdan oldin suvlanish qo'yidagilar natijasida yuzaga keladi:

  • a) uyumning bir jinsli bo'lmagan mintaqalanish maydoni bo'ylab haydaladigan suvda "tip" hosil boʻlishi ( bo'ylab suv bosishi):
  • b) ostki suvlarning konussimon shakl olishi;
  • v) bir jinsli bo'lmagan qatlamda, o'tkazuvchanligi katta bo'lgan qatlamchalar suv harakatini ildamlashtirilishi (qatlam qalinligi bo'ylab suv bosish)
  • g) yuqori o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan yoriqlardan suv yorib o'tishining tezlashishi;
  • d) quvurlar birikmasi va sementli xalqning nogermetikligi tufayli yuqori, o'rta va ostki suv qatlamlaridan suvning o'tishi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling