Qulay investitsion muhit
Donli aralashmaga kiritilmagan madaniy oʼsimliklar
Download 0.58 Mb.
|
Donni tozalash va frakatsiyalarga ajratish uchun qo’llaniladigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifati buzilgan asosiy don
- Yeyilgan don
- Boʼlingan va yeyilgan asosiy donlar
- Unib chiqqan asosiy don
Donli aralashmaga kiritilmagan madaniy oʼsimliklar
urugʼlari. Bular asosiy dondan morfologik alomatlari va kimyoviy tarkibi boʼyicha farqlanadi. Bu aralashma don qayta ishlaganda, mahsulot sifatni pasaytirishi mumkin. Yovvoyi oʼsimliklar urugʼlari. Bular don ekinlari ichida oʼsib, hosilni kamaytiradi, don massasini ifloslantiradi, saqlash davomida donni qizishiga sabab boʼladi. Sifati buzilgan asosiy don. Don endospermi chirigan, mogʼorlagan, kuygan. Bunday donlar endospermi qimmatsiz boʼladi, noxush taʼmi va xidga ega boʼladi. Don qobigʼi oʼzgargan, endosperm rangi qoraygan boʼladi. Bu aralashma dondan olinadigan mahsulot sifatini keskin pasaytiradi. Yeyilgan don - xashoratlar yegan, faqat qobigʼi qolgan. Bunday don xech qanday oziqaviy qiymatga ega emas. Zaxarli aralashma - qora kuya (sporonya, golovnya) ugritsa, vyazel, raznotsvetnoy, gorchak rozovoʼy, gorchak-soforu, moʼshatnik (afsonik), plevel opьyanyayuhiy (mastak), geliotrop opushennoplodnoʼy (tuyaqorin, xazarang), trixodesma inkanum (kampirchopon). Yuqorida nomlari qayd etilgan arashmalar tarkibida zaxarli moddalarning boʼlishi xayvon va inson organizmi uchun xavf tugʼdiradi. Boʼlingan va yeyilgan asosiy donlar. Bunday donlarda endospermi qisman saqlanib qolgan, saqlashda sifati pasayishi mumkin, chunki tez namlanadi, mikroorganizmlar bunday donlarda oson rivojlanadi, don xashoratlari uchun ozuqa xisoblanadi.Standart boʼyicha boʼlgan va qisman yeyilgan donlarning 50% donli aralashmaga va 50% asosiy donga kiritiladi. Unib chiqqan asosiy don. Bunday donlar qobigʼining rangi oʼzgargan, murtakdan maysa unib chiqqan, boʼrtgan boʼladi. Saqlash davomida unib chiqish jarayoni davom etadi, don massasining texnologik sifatini pasaytiradi. Qizish yoki quritish natijasida shikaslangan asosiy don. Saqlash davomida oʼz-oʼzidan qizigan yoki nam donni notoʼgʼri quritish natijasida, don qobigʼining, rangi oʼzgaradi, don endospermi ham qisman shikastlangan boʼlishi mumkin. Bunday don yaxshi saqlanmaydi, tayyor maxsulot sifatiga salbiy taʼsir etadi. Puch donlar - bunday oʼsimlik donlari yaxshi rivojlanmagan, oʼlchamlari kichkina, ustki qismi notekis, qobigʼi yaxshi rivojlanishi natijasida, endosperm kuchsiz rivojlangan. Puch donlar yetilishi davomida noqulay sharoitda, masalan qurgʼoqchilik natijasida xosil boʼladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling