Qum ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 1.01 Mb.
|
1-amaliy ish (2)
1-mavzu: Yo‘l qurilish materiallarini olishning texnologik usullarini o‘rganish QUM ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI Qum Og‘ir beton uchun mayda to‘ldirgich sifatida tabiiy qumdan foydalaniladi. Qum tog‘ jinslarining tabiiy emirilishi natijasida vujudga kelgan, yirikligi 0,14 dan 5 mm gacha bo‘lgan donalarning maydalanuvchan aralashmasidan iborat. Cho‘kindi tog‘ jinslari asosida qum va shag‘al yuzaga keladi va ular beton uchun eng arzon to‘ldiruvchilar hisoblanadi. Kvars qumlar deb tarkibida kvars miqdori 60% dan ko‘p bo‘lgan qumlarga aytiladi. Tarkibida 50% gacha dala shpati donalari bo‘lgan qumga kvars - dalashpati qumi deyiladi. Ko‘p miqdorda qazib olinadigan qum va shag‘al konlari allyuvial kelib chiqishga ega. Ular daryo o‘zanlarida xosil bo‘ladi. SHu narsa ma’lumki, oqimning tezligidan kelib chiqib suv katta yoki kichik tog‘ jinsi donalarini bir joydan ikkinchi joyga oqizishi mumkin. SHu sababli suv oqimi qum va shag‘alni bir joyga yig‘ishi bilan bir qatorda uni yuvadi va navlarga ajratadi. SHamol ta’sirida (barxan shamoli) vujudga keladigan Eoll qumlarning betonlarda qo‘llash chegaralangan. Chunki bu qumlar juda mayda bo‘lib, donalari o‘ta silliq yuzaga ega, bu esa ularning sement toshida birikishini yomonlashtiradi. Qum turlari: Tabiiy qum – 5 mm gacha yiriklikdagi noorganik sochiluvchi material, qoya tog‘ jinslarini tabiiy buzilishi (emirilishi) natijasida xosil bo‘ladi va qumli, qum-shag‘alli aralashmalaridan maxsus mashina va mexanizmlar yordamida qazib olinadi yoki suv xavzvlarida xosil bo‘ladi. Maydalangan qum - 5 mm gacha yiriklikdagi qum, maxsus maydalash jihozlari yordamitda qoya tog‘ jinslaridan va shag‘aldan tayyorlanadi. Fraksiyalangan qum - maxsus jihozlar yordamida ikkita yoki undan ko‘p fraksiyalarga ajratilgan qum. (Tabiiy yoki sortifikatsiyalash uskunalaridan foydalanib olingan qum, fraksiyalarga bo‘linganda (misol uchun, 2,5-5 mm, 1,25- 2,5mm va b.) qum “fraksiyalangan qum” deb nomlanadi.) Maydalashda olingan qum - 5 mm gacha yiriklikdagi noorganik sochiluvchi material, qoya tog‘ jinslaridan chaqiq tosh ishlab chiqarishda xosil bo‘ladigan va sanoat chiqindilarini boyitishda olinadigan qum. Tabiiy qumni qazib olish. Tabiiy qum, qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. Qum konlari kelib chiqish sharoitiga qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi tog‘ oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘ yonbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit va transport yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq qum uchraydi. Tekislik konlarida qum er yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi. Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi (drenajda) yoki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi. Tekislik konlarida qum er yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi. Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi (drenajda) yoki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi. Suvli konlarda qum daryo, ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv ostidan olinadi. SHunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda ishlab chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va uni hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini ifodalaydi. Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba’zan katta hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo‘natish bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreper jo‘natish bajariladi. Konlarda ochish ishlari bajarilgandan so‘ng transport yo‘llari va ishlash pog‘onalari xosil qilishda transheyalar yotqiziladi (rasm 2.1). Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U bevosita ekskovator chumichi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta vatlamda mavjud bo‘lsa, u xolda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib olish qavatiing eni ekskovator chumichi radiusiga bog‘liq xolda 1.2-1.3m ni tashkil etadi. Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘ri kurakli ekskavatorlar (cho‘mich sig‘imi 0,25-15m3) qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarning cho‘michi balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida ishlaydi. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi. Zanjirli ko‘p kovshli ekskavatorlar konveyr shaklidagi to‘xtovsiz harakatlanuvchi cho‘michlardan iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali transporterga tashlash bilan bajariladi. Rasm 2.1. Qumni ochiq holatda qazib olish: 1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon. Suv ostidagi qum konlarini qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan tuproq so‘ruvchi snaryadlar keng ishlatiladi. Ularda ponton mavjud bo‘lib, ma’lum vaziyatga troslar, langarlar va qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. Pantonda tuproq so‘ruvchi markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv ostiga tuproq so‘ruvchi uskuna va zarur holda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. Tuproq so‘rgich va bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi yordamida yig‘iladi. Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli aralashmani qazib olishda gidroelevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar qirg‘oq bo‘yidagi maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv havzaga qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon qo‘shimchalardan tozalash, boyitish va fraksiyalash ishlari bajariladi. Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv havzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida ham ishlatish mumkin. Suv yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromonitorlarda bajariladi. Gidromonitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va ohirida tor nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv havzasidan uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling