Qumqo’rg’on tuman 11- bolalar musiqa va sa’nat maktabi direktori B. E. Hakimov
Download 34.97 Kb.
|
Kutubxona YILLIK ISH REJA (2) (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-2023- o‘quv yilida maktab kutubxonasi o‘z oldiga
QUMQO’RG’ON TUMAN 11- BOLALAR MUSIQA VA SA’NAT MAKTABI KUTUBXONASINING 2022-2023-O‘QUV YILI UCHUN ISH REJASI Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va muhtaram Prezidentimizning kutubxona sohasidagi qator Qonun, Qaror va Farmoyishlarida ko‘rsatilganidek kutubxonalar ham boshqa muassasalar qatorida ziyo tarqatuvchi madaniy maskandir. Shu nuqtai nazardan, prinsipial jihatidan o‘sib kelayotgan yosh avlodning intelektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda o‘quv tarbiyaviy jarayonni to‘ldirish, kitob va kitobxonlik negizida turli tadbirlar o‘tkazish, o‘rganilayotgan fan asoslarini chuqurroq mustahkamlashlariga amaliy yordam berish maqsadida, shuningdek zamonaviy bilim va tushunchalar bilan o‘quvchilarni shakllantirish, pedagogik jamoani keng va sistemali ravishda yangi ilg‘or texnologiya va axborotlar bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida maktab kutubxonasi quyidagi ishlarni rejalashtirdi. Reja istiqboldagi va joriy maqsad hamda vazifalarni belgilashga qaratilgan kutubxona faoliyatining asosidir. 2022-2023- o‘quv yilida maktab kutubxonasi o‘z oldiga: Maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari hamda xodimlari maktab kutubxonasidan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va yangi axborotlar bilan mustaqil ravishda bilim olishlariga yaqindan yordam berish; Madaniy, ma’naviy- axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga, xalqning madaniy meroslaridan unumli foydalanishlariga, ma’naviy yetuk va uyg’un kamol topgan foydalanuvchilar uchun zarur imkoniyatlar yaratib berish; Homiy tashkilotlar, ota - onalar, maktab jamoasi hisobidan, hokimlik tomonidan va ayrim saxovatli fuqarolarning yordamlari hisobidan kutubxona fondini boyitib borish; Maktab jamoasi bilan birgalikda muhim sanalarga, mavsumiy dolzarb mavzularga, tavalludi nishonlanadigan shoir va adiblarga va bayramlarga bag‘ishlab turli qiziqarli tadbirlarni o‘tkazish; Download 34.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling