Satira (lot-satira “qurama, har xil narsa”)- komiklik turi tasvir obyektini ayovsiz kulgu vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning o’ziga xos usuli bo’lib, unda jamiyatdagi be’mani, asossiz, noto’g’ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real ko’rinishini o’zgartirib, oshirib, bo’rttirib, mubolag’a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning ko’pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali satira ob’yektiga “ishlov” beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va bosh.) ham foydalanishi mumkin biroq satira uchun salbiy tus berib, keskin ifodalangan estetik ob’yekt xarakterli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |