Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ekspert loyiha hujjatlarini va ishlab chiqarishni kengaytirishda qatnashish. 6
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
5. Yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ekspert loyiha hujjatlarini va
ishlab chiqarishni kengaytirishda qatnashish. 6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qo‗yilgan texnikaviy talab darajasini aniqlash va jahon bozorini shu mahsulotga bo‗lgan iste‘molini o‗rganish. 7. Mahsulot miqdoriga bo‗lgan talab, ishlab chiqarish birlashmasini ilmiy- tekshirish institutlari, konstruktorlik byurolar, laboratoriyalar bilan hamkorlikda o‗rganilib chiqiladi va mahsulot nomenklaturasi, assortimenti, sifat ko‗rsatkichlari o‗rnatiladi. 43 8. Mahsulot sifatiga qo‗yilgan talab normalarini, texnik-normativ hujjatlarni reglamentlashtirilgan qiymatlarni o‗rnatish va amalga oshirish. 9. Mahsulotni attestatsiyadan o‗tkazish. Mahsulotni korxona standarti, soha standarti, davlat standartlariga muvofiq attestatsiyadan o‗tkaziladi. Mahsulotni sifatini yuqori darajaga yetkazish, bevosita ishchi va xodimlarni iqtisodiy, moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish yo‗li bilan amalga oshiriladi. 10. Mahsulot sifati va sinovini nazorat qilish. Sifat nazorati uchun "texnikaviy nazorat" tuzilib, tayyor mahsulotni yaroqsiz chiqishiga yo‗l qo‗ymaslikni, iste‘molchilardan kelayotgan e‘tirozlarni, ishchi va xodimlarni tanlash va ularni malakasini oshirish kabi tadbir choralarni ishlab chiqadi. Sanoat mahsulot sifatini attestatsiyalash. O‗zbekiston Respublikasi 1991 yildan boshlab o‗zi ishlab chiqarayotgan to‗qimachilik va yengil sanoat jihozlari, texnologik jarayonda va ularni takomillashtirishni attestatsiyadan o‗tkazmoqda. Sanoat mahsulotlari sifatini attestatsiyadan o‗tkazish ikki kategoriyaga bo‗lingan: oliy va birinchi nav. Oliy kategoriyali mahsulot sifati ishlab chiqarishni jahon andozasi talab va shartlariga to‗g‗ri keladigan, yuqori texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini takomillashtirish natijasiga erishish va texnik-normativ hujjatlarga to‗la javob bera olishiga taalluqlidir. Bu turdagi mahsulotlar: jahon simpoziumlarida, ko‗rgazma va yarmarkalarda namoyish etilib iste‘molchilar bilan yirik shartnomalar tuziladi. Mahsulotga "Sifat belgisi", guvohnoma vazirlik tomonidan beriladi. Birinchi kategoriyali mahsulot sifati zamon talabiga javob beruvchi, texnik- normativ hujjatlar, standartga taalluqli va bir xil miqdorda doimiy chiqariladigan mahsulotlarga beriladi va sifatini doimiy saqlanishi talab etiladi. Oliy va birinchi nav mahsulotlar sifatiga davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi muddatlar o‗rnatiladi: - sanoat mahsulotlari uchun - 3 yil - yengil sanoat mahsulotlari uchun - 2 yil. 44 Navbatdagi attestatsiyalar kategoriya muddatlari ikki oy o‘tishi bilan o‗tkaziladi. Davlat attestatsiya komissiyasiga ko‗rsatilgan muddatda mahsulotni attestatsiyaga taqdim etilmaganda va mahsulot attestatsiyadan o‗tmagan taqdirda u ishlab chiqarishdan olinishi shart. Davlat rejalashtirish va vazirliklar qo‗mitasi ruxsati bilan korxonaga shartli (ayrim zaruriyat holatda) ravishda 2 yil muddatga ruxsat etiladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling