211
boshqa materiallar, metal qoplamalar olishda metalurgiya
va quymakorlikning
asosini tashkil qiladi, shuningdek kimyo,
farmatsevtika, oziq-ovqat va boshqa
sanoat sohalarida qo‗llaniladi.
Kritik kuch, Eyler kuchi – siquvchi kuchning eng katta qiymati;
bunda
siqilgan elastik jism (uzun sterjen, yupqa plastina va boshqalar) dastlabki
muvozanat shaklini saqlaydi. Kritik kuchni biroz oshirilsa,
jism ancha
deformatsiyalanadi; bunda jism boshqa (bukilgan) elastik muvozanat shaklga
o‗tadi.
Kulachok – kulachokli mexanizm detali; sirpanma sirtli plastina, disk yoki
silindr ko‗rinishida ma‘lum shaklli qilib tayyorlanadi. Kulachok harakatlanganda
o‗ziga tutash detallar (turtgich yoki shtanga) ga tezligi ma‘lum qonun bo‗yicha
o‗zgaradigan harakat uzatadi.
Kulachokli mexanizm – o‗zgaruvchan egri chiziqli sirtga ega bo‗lgan
qo‗zg‗aluvchan zvenosi (kulachok) boshqa qo‗zg‗aluvchan zveno (turtgich yoki
shtanga) bilan o‗zaro ta‘sirlashadigan mexanizm; bunda zvenolar oliy kinematik
juft hosil qiladi.
Kulisa (fransuzcha couler – sirpanmoq, yugurmoq) – kulisali mexanizmning
qo‗zg‗aluvchan zvenosi; boshqa qo‗zg‗aluvchan zveno
bilan ilgarilama juft hosil
qiladi. Kulisa ariqchasi bo‗yicha sirpanadigan polzun ba‘zan tosh deb ataladi.
Kulisaning aylanma, tebranma, to‗g‗ri chiziq bo‗yicha harakatlanuvchi xillari bor.
Kulisali mexanizm – tarkibida kulisa bo‗lgan quyi kinematik juftli
mexanizm. Sinusli va tangensli kulisali mexanizm ishlatiladi.
Bu mexanizmlarda
kulisa krivoship burilish burchagining sinusi yoki tangensiga proporsional siljiydi.
Latun (nemischa latun – jez) – mis bilan rux (50% gacha) dan iborat
qotishma. Ko‗pincha, alyuminiy, temir,
marganest, nikel, qo‗rg‗oshin va boshqa
elementlar (umumiy yig‗indisi 10% gacha) ham qo‗shiladi. Latun – bosim ostida
yaxshi
ishlov
beriladigan,
ancha
mustahkam,
plastikligi
yuqori
va
korroziyabardosh qotishma.
Do'stlaringiz bilan baham: