Qurbonova gulhayo musiqa tarixi fanidan tayyorlangan
BUGUNGI KUNDAGI MAQOMLARGA BERILAYOTGAN E’TIBOR
Download 0.96 Mb.
|
Istiqlol yillarida xalq musiqa ijodi
BUGUNGI KUNDAGI MAQOMLARGA BERILAYOTGAN E’TIBOR
O‘zbek xalqining ma’naviy go‘zalligi asrlar qa’ridan kelayotgan kuy ohanglarida o‘zining ajoyib va betakror badiiy in’ikosini topgan. Ulug‘ ajdodlarimiz bergan ta’rifga ko‘ra, musiqa – inson ruhining ozuqasidir. Binobarin, ko‘p asrlar davomida xaliqimiz boy ma’naviyatining, teran tafakkurining, barkamol ruhiyatining sadolar dagi jonli ifodasi bo‘lgan milliy musiqa bugungi kunda buyuk davlat bunyodkori bo‘lmish jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig‘i bo‘lmog‘i ayni muddaodir. Zero, yaqin o‘tmish – sho‘rolar tuzumi davrida olib borilgan musiqiy ta’lim-tarbiya sohasidagi mafkuraviy «rahnamolik» natijasida, xalqimiz ning asrlar davomida qalbiga jo bo‘lib kelgan kuyohang boyliklaridan bebahra, umrboqiy azaliy qadriyatlaridan begonalashgan, binobarin, milliy o‘zligini unutayozgan yosh avlod vakillari ham voyaga yetdi. Pirovar dida milliy madaniyatimiz uchun yot, salbiy holatlar yuzaga chiqa boshlagan edi. O’zbek xalqning turkiy xaqlar, ya’ni umumiy ajam o’rta sharq elatlari davridan shakllanib kelgan qadriyatlarning bugungi kundagi qiymati xususida gapirish uchun aynan uning bugungi kundagi holati haqida to’xtalib o’tmaslikning umuman iloji yo’q. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ko‘p sohalar qatori musiqa madaniyati jabhalarida ham hayotbaxsh o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda jonajon Vatanimizda asriy maqom san’atiga bo‘lgan e’tibor benihoya ortganligi quvonarlidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil ning 17-noyabr kuni e’lon qilgan «O‘zbek milliy maqom san’atini yana da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida8»gi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Undan tashqari Yirik planda olib qaralsa qadriyatlarning soni ko’p ham emas aslida, ammo shularga e’tiborning oxirgi 10 yillik ichida ko’tarilishi ayniqsa quvonarli bo’ldi. Xususan davlatning musiqa sohasi bo’yicha qabul qilayotgan qarorlari va prezidentimizning formonlari fikrimizning tasdig’ini bildiradi. Jumladan O’zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish xususida hamda musiqa sohasidagi pedagoglarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha9, 2018-yil 6-10-sentabr kunlari O’zbekistonda ilk bora Xalqaro maqom festivali, 2021-yildan boshlab har ikki yilda o’tkaziladigan “Shashmaqom” festivallarining10 o’tkazilishi qadriyatlarning qiymatini oshirishga qaratilgan. Ushbu ko’rsatkichning yil sayin oshib borayotgani bois xalqimiz ham o’zining milliy nomoddiy madaniy me’rosiga qiziqishi ortib bormoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasi o‘laroq tarixan qisqa davr mobaynida ko‘p asrlik xalqchil va mumtoz musiqa an’analarni o‘rganish, o‘zlashtirish va targ‘ib etishga qaratilgan qator e’tiborli ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan, milliy musiqiy meros asosida ishlab chiqilgan «Maqom asoslari» o‘quv fani maxsus ta’lim tizimiga joriy etildi. Ayni vaqtda, mazkur fan bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarga ham katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Musiqashunoslik doirasida ham milliy musiqa madaniyatimizning ilmiy jihatlarini o’rganish, uning qiymatlarini aniqlash borasida ko’plab ishlar qilishni boshlashdi. Undan tashqari kelajak avlodga ham ushbu jihatlarni to’liq tushuntirish maqsadida darsliklarga ham kiritila boshlandi. Jumladan musiqa maktablari o’quv dasturiga kiritilgan “maqom alifbosi” fani va aynan an’anaviy ijrochilik bo’limlarida ta’lim olayotgan o’quvchilar uchun “Maqom va shashmaqom tarixi” fanlarining mutaxasislik fanlaridan tashqari qo’shimcha fan sifatida kiritilishi aynan maqomlarning e’tibor markaziga kirtilgani bilan bog’liq. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling