Qurbonova gulhayo musiqa tarixi fanidan tayyorlangan
XALQ IJODIYOTIDA - DOSTONCHILIK IJODI
Download 0.96 Mb.
|
Istiqlol yillarida xalq musiqa ijodi
XALQ IJODIYOTIDA - DOSTONCHILIK IJODI
Doston – xalq ogʻzaki ijodining eng yirik janri boʻlib, u qahramonlik, ishqiy-sarguzasht, fantastik mazmunga ega boʻlgan voqealarni bayon qiluvchi asar. Qahramonlarning sarguzashtlari, oʻzaro munosabatlari va kechinmalarini keng koʻlamda tasvirlovchi yirik hajmli liro-epik asar doston deyiladi. Doston davr, tuzumdagi xalq ruhiyatini, xususiyatlarini aks ettiradi. Zamonlar oʻtishi bilan ular yangi-yangi mavzular va gʻoyaviy mazmun bilan boyib boradi. Dostonlar xalq tomonidan yaratilgach, ijodkor xalq ular orqali oʻz maqsadlari, orzu-istaklari, his-tuygʻularini ifodalaydi. Odatda, dostonlarning birinchi ijodkori unutilib, ular nasldan naslga, avloddan avlodga oʻtishi natijasida xalq mulkiga aylanadi. Dostonlar mavzu jihatidan rang-barang, mazmunan xilma-xil boʻlganligi bois ularning quyidagi turlari mavjud: qahramonlik dostonlari, romantik – ishqiy-sarguzasht dostonlar, tarixiy dostonlar. Dostonlardagi asosiy qahramonlar qiyofasida insonparvarlik, vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, doʻstlik, vafodorlik, sadoqat kabi olijanob fazilatlar umumlashtiriladi. Xalq ogʻzaki ijodidagi “Alpomish” qahramonlik dostoni boʻlsa, “Goʻroʻgʻli”, “Ravshan”, “Rustamxon”, “Oshiq Gʻarib va Shohsanam” kabilar ishqiy-sarguzasht dostonlaridir. “Rustamxon”da oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlari, ishq-muhabbat sarguzashtlari, turli fantastik uydirmalar, ertaklarga xos voqealarning yuksak badiiyati bilan yoʻgʻrilgan tasvirlar kishini hayajonga soladi. Asar matnida xalqimizning qadimiy, boy tiliga xos fazilatlar, xalqona ibora va ifodalar, shu tilning imkoniyati, nafosati, kuchi va qudrati ham yorqin namoyon boʻlgan. Shu til vositasida asar qahramonlarining har biriga xos fazilatlar, oʻrni bilan esa, ayrim qusurlar ham yorqin boʻyoqlarda koʻrsatib berilgan. Xalqlarning madaniy turmush tarzi, ma'naviy merosini tadqiq etishda milliy dostonlarning musiqiy an'analari ifoda vositalari juda qimmatbaho manbaa. Bular nafaqat san'at tarixining bo'sh yerlarini to'ldiradi balki ijtimoiy ruh akslarini, badiiy tushuncha va tafakkurlarini o'rganish nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, shamanlar marosimida so'z ko'paygan sari unga ohang qo'shilishi natijasida asta sekinlik bilan, qissa va afsonalar paydo bo'lib, qo'shiq sifatida kuylanib kelingan. Zamonlar o'tishi bilan bunday ijrochilikda jo'rnavoz cholg'u ehtiyoji sezilgan holda ijodkor qo'liga soz olgan. Turkiy xalqlar orasida doston qo'shiqlariga jo'r bo'luvchi bir qancha cholgu asboblari qo'llanib, shulardan asosiylari: qo'biz¹, dumbira, dutor, tor², (Xorazm baxshilari XX asr boshlarida o'zlariga qabul qilgan cholg'u). Garmon, (kam hollarda), soz, (Kavkaz oldi xalqlarining tirnama cholg'usi) hisoblanadi. Bundan tashqari baxshilar ansambli tarkibiga jo'r bo'luvchi bulomon, gijjak va doira kabi cholgular ham jalb qilinadi. Shunday bo'lsada doston ijrochilarining ibtidoiy cholg'ularidan bo'lgan qo'biz va do'mbira sozlari haqida qisqacha ma'lumot berish o'rinli. Ko'biz cholg'usi juda qadimiy bo'lib, turk o'zanlari va jirovlarining asosiy jurnavoz sozi hisoblangan. Bu kamonchali cholgu hozirgi davrda korakalpok jirovlarida saklanib kolgan. Uni paydo bo'lishi haqida turli afsonalar mavjud11. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling