Qurbonova gulhayo musiqa tarixi fanidan tayyorlangan


Download 0.96 Mb.
bet2/10
Sana11.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1260923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Istiqlol yillarida xalq musiqa ijodi

Kurs ishining maqsadi: O’zbekiston yoshlarining ma’naviy kamolotida milliy musiqa san’atining rivojlantirishning o’rni va ahamiyatini aniqlash, o’quv muassasalarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, musiqa madaniyati va san’ati darslari doirasida milliy o’zlikni aniqlash hamda yangi pedagogic texnologiyalar asosida qo’shiq ijroetishni o’rganish masalalari hisoblanadi.
Kurs ishining ob’ekti: musiqa madaniyati va san’ati darslari hamda ularni tashkil etish va metodikasi.
Kurs ishining predmeti: mazkur darslar doirasida istiqlol baxshida etgan va qaytargan milliy merosimizni tantanali targ’iboti, xususan, milliy qo’shiqchilik cholg’u ansamblini tashkil etishni o’rgatishning uslublari hamda tarixiga nazar.
Kurs ishining metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. A. Karimovning asarlari, San’atshunos va musiqashunos olimlarning ilmiy tadqiqotlari, xususan musiqashunos R. S. Abdullayevning O’zbek milliy musiqasi haqida yozgan asarlari
Kurs ishining borishi: Kurs ishimiz avvalo o’zbek xalq musiqa ijodi xususida bo’lib, u kirish qism, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Har bitta bob o’zida 2-3 bo’limni qamrab oladi.



  1. BOB. O’ZBEK XALQI MUMTOZ MUSIQASI VA UNING XUSUSIYATLARI

Tarixdan bizga yaxshi ma’lumki ona yurtimiz ne-ne mashaqattalar ilinjida istiqlolni qo’lga kiritdi. Buning uchun esa chakana haq to’lanmadi, bu haqni o’zbek xalqi farzandlari joni bilan, ota bobolarimizning shu yurt tinchligi va ravnaqi uchun to’kkan qoni bilan to’ladi. Albatta bu bizga qimmatga tushdi, lekin yuksak natija shunga arziydi. Istiqlol nashidasini surayotgan biz yoshlar ajdodlarimizning bunday qahramonligi uchun minnatdor bo’lishimiz, xalqimizga boshimiz yerga tekkuncha ta’zim qilmog’imiz shart va zarur. Ushbu minnatdorlikni ular bizga qoldirgan moddiy va nomoddiy madaniy merosi, tili, ma’naviyati va ma’rifatini kelajak avlodga ham bus butunligida yetkazishdan iborat bo’ladi. Buning uchun esa mazkur soha vakil va vakilalari tun-u kun mehnat qilib kelmoqdamiz. Biz musiqa ahlining ham bugungi kundagi ayni vazifamiz, nomoddiy madaniy merosimiz va milliy qadriyatlarimizdan sanalamish – o’zbek xalq musiqa ijodiyotini asrab avaylab uni tarix zarvaraqlariga o’chmas siyoh bilan muhrlashimiz zarur. Albatta ko’pchilik sohalarda bo’lgani kabi musiqa san’atida ham chorizm davrida ko’pchilik cheklovlar va qarshiliklar kuzatilgan, istiqlolning bizga bergan ayni ne’matlaridan bir ham musiqiy ijrochilik va ijodchilikning erkinligida bo’ldi. Shu sabab ayni xalq musiqa ijodi istiqloldan keyin yo’qolish arafasidan qayta tiklana bordi. Keling, yaxshisi ushbu o’zbek xalq musiqa ijodining xususiyatlari bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
O'zbek xalqining musiqa madaniyati ko'p asrlik tarixga ega bo'lib, u ko'pchilik sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgań an'anaviy musiqa san'ati ekanligi haqida guvohlik beradi. An'anaviy musiqa- bu badiiy jarayon bo'lib, unga xalq tomonidan yaratilgan, asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalq musiqa ijodi yoki musiga folklori va yetuk sozanda-bastakorlar tomonidan ijod etilgan mumtoz musiqasi kiradi. Bu ijodiyot namunalari og’zaki an’anada saqlanib, sayqal topib, barkamol musiqa asari sifatida rivojlanib kelmoqda.
O'zbek mumtoz musiqasi otmishdan o'zining teran ma'noga ega ekanligi, murakkabu mukammalligi va beqiyos an'analarni o'zida mujassam etganligi bilan o'zga xalqlar musiqasidan ajralib turadi. Ushbu musiqa ijodiyotida xalqimizning o'tmish an'analari, boy va teran ma'nolarga asoslangan tarixi muhrlangan. Ularning har bir namunasi tarixdan bir sadodir. Binobarin, ularni qanchalik o'rganmaylik, qanchalik sirlaridan voqif bo'Imaylik, shunchalik yangi qirralari ochilib, o'zining benazir xususiyatlarini namoyon etadi. Shu nuqtai nazardan o'zbek mumtoz musiqasini o'rganish,ularda mujassam etilgan falsafiy g'oyalarni anglash, tarix sadolarini uqib olish, ularning siru sinoatlarini idrok etish uchun bugungi kunda imkoniyatlar yetarli.
Ma'lumki, o'zbek an'anaviy musiqasi o'tmishdan ikki yo'nalish, ya'ni bir-biridan paydo bo'luvchi, bir-birini to'ldiruvchi, shu bilan birga o'zining alohida xususiyatlari va sifatlariga ega bo'lgan yo'nalishlardan tashkil topgan. Shulardan:

  1. Hayotiy mezon bilan bog'liq musiqa folklori bo'lsa,

  2. Ana shu jonli jarayonning ijodkorlar tafakkuri bilan to'ldirilgan mumtoz musiqa yo'nalishidir. Shakllanish va ravnaqi yo'lida har ikki yo'nalish o'zining ichki ravishda takrorlanib turadigan qismlarga ega (tasvir vositalari, parchalar, obrazlar tasvirida namoyon bo'ladi). ljro etishda (ma'lum usłublarning saqlanishida) ham an'anaviylik mavjuddir.

3. Professionallik - mumtoz musiqa asarlari yaratilishi va ijro etilishi professional sifatlar (keng diapazonli ovoz sohibi, mohir sozanda, musiqa va she'riyat gonuniyatlarini bilish va ularga rioya qilish, ma'um voha va ijrochilik maktabi an'analariga bo'ysunish)ga va mahoratga ega bolishdir. Ushbu musiqa namunalari o'ziga xos jod va ijro jihatlari tufayli professionallikni talab etadi.
4. Mualiflik-mumtoz musiqa ijodiyoti yetuk sozanda va bastakor mahsulotidir, u individual-mualliflik (ma'lum shaxs tomonidan yaratilgan) ijodga kiradi.
5. Lokallik- mumtoz musiqa namunalari mahalliy ijro uslubiga egadir, shu tufayli Buxoro «Shashmaqomi», «Xorazm maqomlari turkumi, Farg'ona-Toshkent maqomlari yoki katta ashula janri faqatgina Farg'ona vodiysida shakllangan, rivojlangan va tarqalgan yoki dostonchilik san'ati Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm ijro uslublari va an'analariga bo'linadi; ularning har biri o'z mavqei, mazmuni, kuy tuzilishi va rivoji, ijrochilik uslublari bilan bir-biridan farq qiladi.
Mumtoz musiqa inson moddiy va ma'naviy turmush talablari, ehtiyojlari va o'zini qurshab turgan tashqi muhitga, boshqa kishilarga bo'lgan munosabatlari natijasida paydo bo'lgan. Xalqning ichki ruhiyati, dunyoqarashi, intilishlari va orzu-havasi musiqa ohanglarida aks etib kelingan.
Musiqiy ohanglarda uning ijodkori hisoblangan xalqning yoki elatning sho'x va hazil, o'ynoqi va mungli ichki nidolari mujassamlangan. Mumtoz musiqada kishilar o'rtasida ro'y beradigan insoniy-axloqiy munosabatlar o'z ifodasini topadi.
O'tmish ajdodlarimiz katta yig'inlar, xalq bayramlari va sayillarni, to'y-tomoshalarni musiqasiz tashkil qilmaganlar, chunki bu yirik anjumanlarda yangragan har bir cholg'u kuyi, ijro etilgan qo'shiq-ashula yoki raqs anjuman ishtirokchilarining ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.
An'anaviy cholg'u musiqasi xalq va mumtoz cholg'u kuylari va asarlaridan iborat bo'lib, asrlar davomida shakllanib, sayqal topib, badiiylashib, yuksak pog'onalarga ko'tarilgan va har bir xalqning madaniy-ma'naviy boyligiga aylangan.
O'zbek musiqa madaniyati va uning asosiy qismlaridan biri boʻlgan musiqa cholg'ulari va cholg'u musiqasi qadim-qadimdan boy va murakkab tasviriy imkoniyatlarga egadir. O'zbek cholg'u musiqasi barcha xalqlar musiqasi kabi o'ziga xos tarix va an'analarga boy. Asr osha bizgacha yetib kelgan ushbu musiqaning ajoyib namunalari oʻzining rango-rang jilosi, ohangrabo kuylari bilan kishilarga olam-olam shavq-zavq va huzur baxshida etmoqda. Kishining tashqi dunyoga estetik munosabatini shakllantirishdagi cholg'u musiqasining vazifasi insonning ta'sirchanlik kayfiyati bilan bevosita bog'liqdir. Musiqa ta'sirida shakllanadigan estetik munosabat kishi ruhiy holatiga yo bog'liq bo'ladi, yoki uni belgilab beradi.
Mumtoz ashula yo'llari va cholg'u kuylarining umrboqiyligi ulardagi ma'naviy-axloqiy ma'noning chuqurligi, musiqiy ohanglarning go'zalligidadir. Ularda insoniy kechinmalar andishaga boy, hayotiy va samimiydir. Shuning uchun tinglovchiga zavq bag'ishlaydi, ko'nglini koʻtaradi. Bunday ma'naviy go'zallik taronasi mumtoz musiqaning ajib va o'lmas an'anasiga aylangan. Mumtoz musiqa oʻzining mukammalligi, mo''jaz shakli, obrazlarning serqirra ma'nodorligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Abdurauf Fitrat musiqa ijodiyotining asrlar mobaynida yashab kelgan shakl-shamoyillari, ularning turlari (ashula, doston va boshqalar) haqida yozar ekan, ashulaga quyidagicha ta'rif beradi; «Kuy, ohang bilan o'qulaturgon she'rlar, tizmalarga ashula» deyiladi.
Darhaqiqat, mumtoz musiqa insonning moddiy va ma'naviy turmush talablari, ehtiyojlari va oʻzini qurshab turadigan tashqi muhitga, boshqa kishilarga bo'lgan munosabatlari natijasida, mumtoz she'riyatning va ijrochilik mahoratining rivojida yuzaga kelgan. Xalqning ichki ruhiyati, dunyoqarashi, intilishlari va orzu-umidlari musiqa ohanglarida aks etadi. Ushbu musiqa namunalari minglab yillar davomida
shakllanib, sayqal topib, badiiylashib, yuksak pog'onalarga ko'tarilgan va xalqning madaniy-ma'naviy boyligiga aylangan.
Xalq yoki bastakor tomonidan yaratilgan har bir musiqa asari o'z oldiga u yoki bu darajadagi vazifani qoʻyadi. Mumtoz musiqa ham o'z mavqei, mohiyati, mazmuni, vazifasi va ijrochilik xususiyatlari jihatidan ikki yirik guruhga ovoz va so'z bilan bog'liq bo'lgan aytim yo'llari va cholg'u orqali ifoda etiluvchi cholg'u yo'llariga boʻlinadi. Ularning har biri o'z navbatida quyidagi janrlarga tasniflanadi:

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling