Qurbonova gulhayo musiqa tarixi fanidan tayyorlangan
YURTIMIZDAGI MAHALLIY JANRLAR TASNIFOTI
Download 0.96 Mb.
|
Istiqlol yillarida xalq musiqa ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta ashula
YURTIMIZDAGI MAHALLIY JANRLAR TASNIFOTI
Yurtimizning istiqloldan keyin oldindan mavjud musiqiy folklore janrlariga bo’lgan e’tibori yanada oshib ketdi. Ayniqsa bular mahalli ijrochilik maktablari kesimida ayni yaqqol ko’rindi. Ustozlar ijrosidagi bu janrlarining o’zining keying yosh ijrochilarini tayyorlashga va xalq musiqasidagi professional musiqa ijodiyotining keng ko’lamda yoyilishiga sabab bo’lidi. Shulardan bir qamchasini ko’rib chiqsak. Katta ashula - O'zbek xalqining ko'p janrli mumtoz musiqa ijodiyotida kattaashula janri salmoqli o'rinni egallaydi. U yirik ashula janri boʻlib,asosan Farg'ona vodiysiga xos, ikki-to'rt ijrochi (hofiz) tomonidancholg'u jo'rligisiz ijro etilgan. Katta ashula deb nomlanishiga sabab bu ashulalar ochiq havoda, katta auditoriya orasida baland va kuchli ovoz bilan, keng diapazonda ijro etilishi va oʻziga xos katta mavzu va ijro uslubiga egaligidadir. Uni xalq orasida < > yoki «patnusaki ashula» deb ikkinchi nom bilan ham atashgan. Katta ashula ijrochidan zo'r qobiliyat va mahorat, shuningdek, so'z boʻgʻinlariga e'tibor qilishni, she'rning ma'nosini va so'zlarini dona-dona talaffuz qilib, tinglovchilarga yetkazishni talab qiladi. Katta ashula janrining asosiy xususiyatlari: 1. Bir vohada shakllanib, rivoj olishi (Farg'ona vodiysida); 2. O'ziga xos ijro uslubi ikki (yoki uch-besh) xonandalar tomonidan cholg'u jo'rligisiz, galma-gal aytilishi; 3. Badihago'ylik (har bir xonanda ijrosida); 4. So'z va kuy mutanosibligi; 5. Professionallik mahorat va qobiliyat mavjudligi (ijrochi professionallik talablariga javob berishi lozim); 6. So'z matnida noshe'riy bo'g'in va iboralardan (yor, voyey, jon, adomaney) keng foydalanish (ayniqsa, avj qismida); 7. Ta'sirchanlik; 8. Hamnafaslik (ovoz diapazoni, kuchi, balandligi, tembri, uslubi xonandalarda bir-biriga mos tushishi zarur); 9. Erkin talqin etish; 10. Ijro an'analariga bo'ysunish va rioya qilish. Katta ashula mazmun jihatidan quyidagicha bo'linadi: 1. Falsafiy; 2. Ishqiy-lirik; 3. Didaktik; 4. Diniy; 5. Zamonaviy. Hofizlar odatda she'r baytidan boshlang'ich birinchi-uchinchi misralarning har birini navbatma-navbat ijro etadilar. Boshlovchi birinchi misra bilan reja tashlasa, ikkinchi hofiz (agar ikki ijrochidan iborat bo'lsa), shu misrani takrorlaydi. Lekin kuy harakatiga u ayrim o'zgarishlar (variantlar) kiritadi. Keyingi misra bir parda balandroq, ikkala ijrochi tomonidan yana navbatma-navbat aytiladi. Avj qismi ham shunday uslubda yuqori pardalarda ijro etiladi. Har band (bayt)ning oxirgi misrasini tushirganda, goh misra boshidan, yoki misraning yarmidan ashula nihoyasiga yetkazilganda ikkala hofiz birga (unison tarzida) kuylab, ashula daromadini boshlovchi tashlab bergan reja darajasiga tushiriladi. Har bir kuplet shu asosda aytiladi. Navbatma-navbat ijro etish usuli hofizlarga ashulaning har qismi, ayniqsa, avj oldidan nafasni rostlab olishga, baland pardalarga qiynalmay chiqa olishga hamda yuqori avjga tayyorlanishga yordam beradi. Mohir hofiz avjini yuqori pardalarda, baland ovoz bilan ijro etishda hamnafasining ovoz imkoniyatlarini hisobga olishi kerak. Mahorat bilan ijro etilgan avj o'zining ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. K atta ashulaning kompozitsion tuzilishi to'rt tarkibiy qismdan iborat: daromad (boshlang'ich kuy tuzilmasi), oʻrta avj (o'rta kuy tuzilmasi), avj (baland parda kuy tuzilmasi) va furovard (daromadga qaytish) yoki daromad-avj-furovard. Ba'zi katta ashulalar o'rta avj yoki katta (baland) avjdan ham boshlanishi mumkin. Bu holda ashula kuyi yuqori registrdan pastki registrga qarab tushib boradi. Suvora – fors tildan “otliq” so’zidan olingan bo’lib, u ikki xilda qabul qilinadi. 1) Shashmaqomning Buzruk maqomi asosida yaratilgan kuy va ashulalar. Suvoraning ashula yoʻli oddiy 2/4 takt oʻlchovidagi doira usulida ijro etiladi. S.ning yana 3 xili (S.1, 2, 3) mashhur cholgʻu kuylaridir. Suvora Buxoro Irogʻidagi soqiynomanutt varianti boʻlib, unda "Zebo pari" avji tushirib qoldirilgan. Uning 2 va 3 qismlari 6/8 va 3/4 oʻlchovlaridagi usullar joʻrligida ijro etiladi. 2 va 3 suvoralar surnay yoʻllaridandir; 2) Xorazmda mashhur boʻlgan maqom ashula yoʻllari va mumtoz ashulalar turkumi. Maqomlarda asosiy shoʻʼbalardan keyin oʻrin olgan Suvoralar 13/4 oʻlchovidagi murakkab usullarga asoslangan. Shuningdek, oddiyroq (6/8, 3/4, 3/8) takt oʻlchovidagi (keksa ustozlar aytishicha — otning yoʻrgʻa yurishidan hosil boʻlgan ritmik tuzilmaga asoslangan) murakkab shaklli S. ashula yoʻllari ham xalq orasida keng tarqalgan. Ular 7 ta yirik ashula turkumlariga birlashgan boʻlib, har bittasida 2 tadan Savt va Ufarlar mavjud: " Suvora" ("Tani" yoki "Ona Suvora"), "Chapandozi S." ("Tojik Suvora"), "Yakparda Suvora ", "Xushparda Suvora", "Qajhang Suvora", K. Otaniyozov yaratgan "VI—S Suvora " va H. Boltayev ijodiga mansub "Qorchmoniy S Suvora"lar. Suvoralar sheʼriy matnida koʻproq tasavvuf mavzuidagi muhammaslar qoʻllanilgan. Xorazmda xonandalarning ijodiy musobaqa (diyralishma)lari S. ijrosiga asoslangan. Polvon Duzchi, Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, J.Sultanov, R. Jumaniyozov, F. Davletov va boshqa Slarning moxir ijrochilaridir. S. yoʻllaridan M. Yusupov, A. Otajonov, S. Hayitboyev kabi kompozitorlar foydalanishgan12. Suvora shaklan va usluban ko’proq maqom ashula yo’llariga o’xshash, kuylarining nozikligi va kuychanligim ohang rivojlanishi, davomli va baland avjlari, o’ziga xoq barqaror doira usuli, ovozga mos keluvchi tor cholg’usi jo’rligi, muazzam umummusiqiy uslubiy tabiati, turkumli shaklning qo’llanilishi bilan ajralib turadi. Suvoralar o’zining ohangdorligi va mqom ashula yo’llariga xos bo’lgan rivojlanish xususiyatlari bilan Xorazm maqomlarining ashul abo’limidan o’rin olgan. Suvoralar yakka yoki aytishuv (diyralishma) ijro uslublarida keng tarqalgan. Aytishuvlarda bir kuy mazmunida va talqinida turli she’r matnlari ijro etiladi13. Mustaqillik bergan sharofati ila yuqoridagi janrlar va ularga o’xshash janrlardagi asarlarning tahliliy bo’laklari shakllandi. Qaytadan ularga xos ashulalar yaratildi, ijodchilik masalalasida anchayin erkin yuzaga keldi. Bu butun millatning yutug’i desak hech ham mubolag’a bo’lmagan bo’lar edi. XULOSA Mustaqillik sharofati bilan O’zbekiston musiqa san’atining milliy – an’anaviy yo’nalishi va tarmoqlariga nisbatan diqqat e’tibor ham, qiziqish ham har tomonlama ortib bormoqda. Bu nihoyatda quvonarli hol, albatta. Zero aynan rosmana xalq, dostonchilik va bastakorlik ijodkorligi, ularning serko’lam mahalliy ijrochiligi o’lkamizda qadimdan yetakchi o’rinni egallab kelgan. Bular – hozirda ham o’zaro chambarchas bog’liq yo’nalishlardir. Bunobarin, asrlar davomida yaralib, sayqal topgan badiiy barkamol, katta salohiyatga ega mumtoz darajadagi milliy musiqiy qadriyatlarimizdan uzoq o’tmishlardan beri necha-necha avlodlar bahramand bo’lib kelishgan. Bugungi kunda ardoqli ma’naviy-musiqiy boyliklarimizni to’laligicha tiklash avaylab asrash, ularni mufassal o’rganish va puxta o’zlashtirish shuningdek, yoshlarni bu ishlarga jalb etish uchun barcha imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar mavjuddir. Darhaqiqat tinglovchilarimizning talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida erta tongdan to kech tunga qadar “O’zbekuston radioasining eshittirishlari hamda “oynai jahon” ko’rsatuv dasturlari orqali taralayotgan, - eski gromofon yozuv likopchalari, muhrlangan jamiiyki huzurbaxsh navolar insonning ma’naviy kamoloti yo’lida xizmat ko’rsatishga qaratilgan. Qolaversa so’nggi yillarda butun O’zbekidton bo’ylab o’tkazilayotgan ko’plab ochiq bayram va sayllarda, konsert va tomoshalarda, musiqiy tanlovlarda, shuningdek, mahalliy to’y hashamlarda san’atkor-u, havaskorlarning turfa ijrolarida yangryotgan ommabop va shanavandabor, so’zli vas of cholg’u kuy taronalarning navi ko’p, soni behisob… Bular orasida uzoq o’tmishdan, shuningdek, zamondosh bastakorlar va kompozitorlar asarlari munosib o’rin egallab kelmoqda. Tabiiyki, ,mazkur jabhada faoliyat ko’rsatib, uning ravnaqiga munosib xissa qo’shgan bastakor, xonanda va sozanda haqida, eski hamda yangi musiqiy asarlar to’g’risida axborot va matbuot vositalari yordamida har – xil ma’lumotlar, ta’rifu tavsiflari beriladi. Musiqa san’atiga, taniqli hamda yosh ijodkorlarning faoliyatiga bag’ishlangan yozma, yohud og’zaki bunday chiqishlarni kuzatar ekanmiz, ayrim maxsus masalalarda ko’pincha chalkashlikka yo’l qo’yilayotganligiiga duch kelamiz. Shulardan biri – musiqiy atama, iboralardan foydalanish amaliyotiga tegishli nuqsonlar. Ya’niy masalan, kundalik muomilada tez-tez uchraydigan “qo’shiq” bilan “ashula”ni farqlamaslik, farqlay olmaslik – ko’zga ayniqsa yaqqol tashlanadi. Xuddi shu boisdan xalq musiqasi hamda bastakorlik mhsuli misolida ko’pchilik uchun hanuz noaniq yoki mavhumligicha qolayotgan muammoga biroz bo’lsa-da, zarur oydinlik kiritish istagi tu’ildi. Zero oliy musiqa o’quv yurtida tehsil ko’ruvchilarini, asosiy uslubiy xususiyatlarini puxta udrok etib olishlari darkor14. Bunday kamchiliklar bo’lishi albatta tabiiy hol, ularni tomoshabin va tinglovchilarga to’g’ri va to’liq holda tushuntira bilish ham ayni bir san’at ekanligini unutmasligimiz joiz. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling