Qurilish fakulteti 5-20 guruh talabalari


Qurilish yuklarini ortish va tushirish


Download 15.78 Kb.
bet5/6
Sana10.11.2023
Hajmi15.78 Kb.
#1762160
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurilish fakulteti 5-20 guruh talabalari-www.fayllar.org

Qurilish yuklarini ortish va tushirish


  • Qurilish yuklarini ob’yektga ko‘chirishda junatiladigan yerda ularni ortish va kelgan yerda ularni tushirish ehtiyoji bo‘ladi. Bu operatsiyalar to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarni bajarishda umumqurilish va maxsus mashinalar va mexanizmlar qo‘llaniladi. Bu mexanizmlar mustaqil 33 ishlashi mumkin yoki transport vositalarini konstruktiv qismining bo‘lagi bulishi mumkin. Birinchi guruhga maxsus ortuvchi – tushiruvchi va odatdagi montaj kranlari, siklik va uzluksiz ishlovchi yuk ortuvchilar, ko‘chuvchi lentali konveyrlar, mexanik bellar, pnevmatik yuk to‘shiruvchilar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga avtomobil-samosvallar, o‘zi yuk tushiruvchi platformali transport vositalari va avtonom yuk tushiruvchi vositalar va boshqalar kiradi. Qurilishda kichik o‘lchamdagi donabay material va mahsulotlarni paket va konteynerda tashish keng qo‘llanilmoqda. Paket – maxsus poddonga joylashtirilgan yuk to‘pi. Paketlar shunday shakllantirilgan bo‘lishi kerakkim , uni ko‘chirish bosqichlarida shakli o‘zgarmasin.

Material elementlarni joylashtirish


  • Qurilish maydoniga keltirilgan material elementlar vaqtinchalik asrashga - zaxira yaratishga mo‘ljallangan ob’yekt qoshidagi omborlarda joylashtiriladi. Ishlab chiqarishga taalluqli zahirani ikki asosiy turi boryo – joriy va ehtiyot tariqasidagi. Biri-biriga bog‘liq ikki ta’minot orasida yetkazilgan material resurslar joriy zaxirani tashkil etadi. Ideal holatda joriy zaxira ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Ammo, material va konstruksiyalarni yetkazishdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zilishlarni e’tiborga olgan holda va joriy zahirani bir maromda to‘lmasligini kompensatsiya qilish uchun ehtiyot tariqasidagi zaxira yaratiladi. Odatda, ombordagi yig‘ma konstruksiyalarning minimal zaxirasi 5 ish kuniga yetarli qilib qabul qilinadi.

Yopiq omborlar qimmatbaho yoki ochiq havoda buziladigan materiallar – sement, ohak, gips, fanera, mixlar va boshqalarni asrashga mo‘ljallangan. Ular yer ostida va yer ustida, bir qavatli va ko‘pqavatli, isitiladigan va isitilmaydigan bo‘lishi mumkin. Ayvonlar – yarim yopiq omborlar harorat o‘zgarishi va havoni namligidan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallarni, ammo quyosh nuri va atmosfera yog‘inlaridan himoyalanishi kerak bo‘lgan – yog‘och mahsulotlari , asbestosement, ruberoid, va boshqa tusuvchi va pardozlovchi materiallarni asrash uchun quriladi . Ochiq omborlar atmosfera ta’siridan himoya talab qilmaydigan materiallar - g‘isht, beton va temirbeton elementlar, keramik quvurlar va boshqa materiallarni asrash uchun mo‘ljallangan. Odatda omborlar, ob’yektda xizmat qilayotgan montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi. Bu asosan bush vaqtda yoki montaj bo‘lmayotgan smenada ob’yektga kelayotgan yuklarni tushirish imkonini beradi. Montaj jarayonlarida ortish-tushirish ishlari uchun yengil o‘ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir.

1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling