Ayvonlar – yarim yopiq omborlar harorat o‘zgarishi va havoni namligidan o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmaydigan materiallarni, ammo quyosh nuri va atmosfera yog‘inlaridan himoyalanishi kerak bo‘lgan – yog‘och mahsulotlari , asbestosement, ruberoid, va boshqa tusuvchi va pardozlovchi materiallarni asrash uchun quriladi . Ochiq omborlar atmosfera ta’siridan himoya talab qilmaydigan materiallar - g‘isht, beton va temirbeton elementlar, keramik quvurlar va boshqa materiallarni asrash uchun mo‘ljallangan. Odatda omborlar, ob’yektda xizmat qilayotgan montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi. Bu asosan bush vaqtda yoki montaj bo‘lmayotgan smenada ob’yektga kelayotgan yuklarni tushirish imkonini beradi. Montaj jarayonlarida ortish-tushirish ishlari uchun yengil o‘ziyurar kranlarni ishlatish ma’quldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |