Qurilish industriyasining texnologik uskunalari fanining ishchi o’quv dasturi bilim sohasi: 300 000
Laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Download 47.65 Kb.
|
QURILISH INDUSTRIYASINING TEXNOLOGIK USKUNALARI
Laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar:
Laboratoriya mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 3-jadval
Laboratoriya mashg’ulotlari asbob-uskunalar bilan jihozlangan va xom ashyo materiallari bilan ta’minlangan auditoriyada har bir kichik guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va amaliy usullar(yoki video materiallar) yordamida o’tiladi. III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 4-jadval
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. IV. Kurs loyihasibo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar: Kurs loyihasi uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1. Barabanli egiluvchan beton qorishtirgichni loyihalash. 2. Beton qorishtiruvchini loyihalash. 3. Bolg’ali maydalagichni loyihalash. 4. Valikli maydalagichni loyihalash. 5. Konusli maydalagichni loyihalash. 6. Jag’li maydalagichni loyihalash. 7. Ikki konusli barabanli egiluvchan beton qorishtirgichni loyihalash. 8. Ikki rotorli bolg’ali maydalagichni loyihalash. 9. Markazi siljigan sim g’alvirni loyihalash. 10.Murakkab tebranadigan jag’li maydalagichni loyihalash. 11.Tebranuvchan sim g’alvirni loyihalash. 12.Harakatlanuvchi beton qorishtiruvchini loyihalash. 13.Cilindrikli barabanli beton qorishtirgichni loyihalash. 14.... Kurs loyihasi mavzulari bevosita ishlab chiqarish korxonalari texnologik jarayonlarga bog’liq holda aniq bir qurilish materiali ishlab chiqarish uchun belgilanadi. Kurs loyihasini mavzulari har bir talabaga shaxsiy topshiriq sifatida beriladi. Kurs loyihasi ob’ekti sifatida temir beton zavodi qurilish yoki kar’er sharoitlarida ishlatiladigan biron-bir mashina va uskunalar xizmat qiladi. Aniq bir ishlab chiqarish sharoiti uchun mos keluvchi mashina yoki uskuna turi texnik va texnologik asoslangan holda tanlanadi, hisoblanadi va texnik iqtisodiy baholanadi. Kurs loyihasining hisob grafik ishlari zamonaviy komp’yuter dasturlarida bajariladi. Kurs loyihasi grafik qismi 2 ta, ya’ni A1 formatdagi chizmadan iborat bo’lib, 1-chizma o’rganilayotgan mashina va uskunaning umumiy ko’rinishi, 2-chizma qabul qilingan mashina yoki uskunaning uzellari va detallarining ishchi chizmalaridan iborat bo’ladi. V. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompententsiyalar) Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar) Fanni o’zlashtirish natijasida talaba: qurilish industriyasida qo’llaniladigan texnologik uskunalari to’g’risida tasavvur va bilimga ega bo’lishi; – qurilish industriyasining texnologik uskunalarining turlari, tuzilishi, ishlatilish ko’lami, hisoblash asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlashni, qurilish materiallarini tayyorlash, qayta ishlash va buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyalaridan samarali foydalanishko’nikmalariga ega bo’lishi; – talaba qurilish industriyasidagi texnologik uskunalaridan samarali ishlab chiqarish jarayonida qo’llash va kasbiy mas’uliyat, texnologik muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish malakalariga ega bo’lishi kerak. Download 47.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling