Qurilish iqtisodiyoti


I – Bob . Harakatdagi korxonalarni kengaytirishda investitsiya salohiyati


Download 481.1 Kb.
bet2/8
Sana30.04.2023
Hajmi481.1 Kb.
#1416639
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«servis» fakulteti «iqtisodiyot va menejment» kafedrasi “Qurilis (Автосохраненный)

I – Bob . Harakatdagi korxonalarni kengaytirishda investitsiya salohiyati
1.1 Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati.

Investitsiya (lot. investio — oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, Investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan Investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.


Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Investitsion risklar
 chet el davlatlari, chet el davlatlarining maʼmuriy yoki hududiy organlari. davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subʼektlari boʻlgan xalqaro tashkilotlar.
 chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlarlar, tashkilotlar yoki uyushmalar.
 chet el davlati fuqarolari boʻlmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari. Xorijiy investitsiyalarning shakllari.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:
- ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
- 100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
- yirik xorijiy kompaniya va firmalarning korxonalari va filiallarini tashkil etish;
- konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
-tenderlar eʼlon qilish;
- erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
- moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish;
Investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg'arish,qo'yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayonini olibqarash lozim.Investitsiyaning bunday doiraviy harakatiga investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi.
Ko'plab mamlakatlar xorijiy qo'yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yaratadi, xususan kapitallarni aniqlash va zararlarni qoplashni kafolatlaydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o'tkazishga ruxsatberadi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiyalashga sharoitlar yaratadi. Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me'yori deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi:
YaIM = YaIS *100 / YaMD
1 – formula YaTM—yalpi investitsiya me'yori;
YalS—yalpi investitsiya summasi;
YaMD—yalpi milliy daromad.
Xorijiy investitsiyalarni moliyalashtirish usullari.
1* Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiymatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va narx berish, avtorlik huquqi va boshqalar. Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:

  • Ichki investitsiyalar.

  • Tashqi investitsiyalar.

Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi.
Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.
Investitsiyalash nuqtai nazaridan investitsiya loyihalarini tanlab olish va amalga oshirish uslubiyoti va uslubiyotini ishlab chiqish masalalari g’oyat kerak. Jahon amaliyotida faqat hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish zarurligini ko’rsatadigan va keng tarqalgan investitsiya loyihalari siklik kontseptsiyasi mavjud. Investitsiya loyihalari sikli kontseptsiyasi loyihalarni tasniflashni, ularni boshqarish zarurligini nazarda tutadi.
Loyihalarni boshqarish uslubiyotining «loyiha sikli kontseptsiyasi» va «loyiha tahlili» ko’rinishlarida keng tarqalgan. Ushbu kontseptsiyalar investitsiyalarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda pul oqimlarini vaqtli qiymati kontseptsiyasi tashkil bo’ladi. Loyihalarning ko’lami, strukturasi, resurslari, qiymati va boshqalarga qarab ularni boshqarishning maxsus usullariga ehtiyoj ortib boradi. Boshqarish aslida qo’yilgan maqsadlarga erishish vazifasini, loyihani amalga oshirish 9 muammolarini bartaraf qilish, huquqlar va mas`uliyatlarni jamlash vazifalarini ko’zlaydi. Iqtisodiyotlarning globallashuvi va integratsiyalashuvi, loyihalarni amalga oshirishda chet ellik sheriklar, turli subyektlar, moliya institutlarining ishtirok etishi, ular harakatlarini va faoliyatlarini muvofiqlashtirishni talab etadi. Faoliyatning muvofiqlashtirilmasligi loyihani amalga oshirishda muvaffaqiyatsizliklarga, kapitalni yo’qotish riskining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Investitsiyalar xususida qarorlar qabul qilishda, investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan uslubiyoti va uslubidan foydalanish masalasi muhim hisoblanadi. iqtisodning globallashuvi va integratsiyasining kuchayishi, investitsiya jarayoniga chet ellik sheriklar, ko’p ukladli iqtisodiyot sohiblari va xalqaro moliya institutlarining jalb qilinishi, ular faoliyatini uyg’unlashtirishning kuchaytirilishini talab qiladi. Investitsion loyiha turli investitsiya faoliyatlarini rejalashtirish, tahlil etish, baholash va ulardan foydalanish uslubini qo’llashga imkon beradi. Rejalashtirish, hujjatlashtirish, tahlil va baholash uslubiyoti esa investitsiya imkoniyatlarini taqqoslashga imkon beradi. Investitsiya loyihasi o’zining sifat tavsiflariga ega. Ulardan quyidagilarni qo’rsatish mumkin:
- o’zining maxsus maqsadlariga egaligi;
- maxsus faoliyat uchun boy bo’lmagan resurslarni taqsimlashni talab etishi;
- hozirgi xarajatlar evaziga daromadlarning kelajakda kutilishi;
- pirovard natijada investitsiyalarni yaratishning nazarda tutilishi;
- o’zining yagonaligi, noyobligi tufayli muayyan miqdordagi resurslarni talab qilishi;
- chet ellik agentlarning, investorlar mablag’larining, kreditlarining jalb etilishi
- xarajatlarni oqilona ishlatishini talab etishi;
- aniq va noaniq risklar bilan to’qnashishi bilan farqlanib turadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan va boshqa tavsiflardan kelib chiqqan holda 10 investitsiya loyihasiga muayyan ishlab chiqarish quvvatlariga kelajakda alohida turdagi samaralar keltirishi zarur bo’lgan, aniq belgilangan tadbirlar yo’li bilan resurslarni investitsiyalash bo’yicha takliflar to’plami tarzida ta`rif berish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel‘‘lar va boshqa qimmatli qog`ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rangbarangdir, ya`ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, narx-navo, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. Moliyaviy investitsiyalarning muddatli ko’rinishi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli Investitsiyani, ayniqsa, chet el Investitsiyalarini sugʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy Investitsiyalarnilarni sugʻurtalash sohasida 2021 yilda tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.



Download 481.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling