Qurilish mashinalarini bir ish joyidan boshqa ish joyiga uni qo`shimcha tashuvchi vositalarisiz borishi uchun uning yurish uskunalaridan foydalaniladi


Download 14.56 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi14.56 Kb.
#1707709
Bog'liq
Qurilish mashinalarini bir ish joyidan boshqa ish joyiga uni qo


Qurilish mashinalarini bir ish joyidan boshqa ish joyiga uni qo`shimcha tashuvchi vositalarisiz borishi uchun uning yurish uskunalaridan foydalaniladi. Qurilish mashinalarida asosan yurish uskunalarining quyidagi turlari qo`llaniladi; o`rmalovchi (zanjirli), g`ildirakli,temir yo`lda va odimlab (qadamlab) yuradigan, suv havzalarida suzib yuradigan.
Mavjud sharoitni e’tiborga olib, mashinani harakatlantirish uchun,uning dvigateli quvvatini va yurish uskunasining konstruksiyasiga qarab, o`tuvchanligi va yurish tezligi aniqlanadi.
Mashinaning o`tuvchanligi - bu uning gruntga beradigan o`rtacha solishtirma bosimi bo`lib, u maksimal kuchlar (og`irligi va boshqa tashqi kuchlar) ning, yurish uskunasini grunt bilan bog`langan qism yuzasiga bo`lgan nisbatidir.
O`rmalovchi (zanjirli) yurish uskunasi, rama 4 ga mahkamlangan tayanch 6 va zanjirni tutib turuvchi 3 roliklardan tashkil topgan bo`lib, ramaning chekkki qismlariga yetaklovchi 1 va yetaklanuvchi 5 g`ildiraklar o`rnatilgan . Bunday yurish uskunalari yuqori massali mashinalarda qo`llanilib, ularning tayanch roliklari 6 ko`p miqdorda bo`ladi. Bir qancha boshmoqlarni qo`zg`aluvchan qilib ulash natijasida hosil qilingan zanjir yordamida, ramadagi g`ildirak va roliklar qamrab olinadi. Zanjirning bashmaklari turli shaklda bo`lib, grunt sirtiga silliq tomoni bilan ta’sir etadiganlari asosan mashinani og`irligini tashishga xizmat qilsa, sirtida tishlari bo`lgan boshmoqlar, mashinaning harakati davomida ish bajarishga xizmat qiladi. Bunda, ish bajarish, (katta tortish kuchini talab qiladigan ish jihozlari bilan) mashinaning tortish kuchi hisobiga bo`lishini inobatga olib, uning yer bilan tishlashishini oshirish maqsadida bashmaklar maxsus tishli qilib yasalgan . Zanjirni bo`shatish va tortish maxsus vintli mexanizm 7 orqali amalga oshiriladi. O`rmalovchi uskunani notekis joyda muvozanatini saqlash uchun, ramaga ko`ndalang qilib maxsus po`lat qatlamli ressor 11 o`rnatilgan.
Download 14.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling