Qurilish materiallari korxonalari iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari va jihatlari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana01.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1238282
  1   2
Bog'liq
QURILISH MATERIALLARI KORXONALARI



QURILISH MATERIALLARI KORXONALARI
IQTISODIYOTINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA JIHATLARI
Reja:
1. Qurilish materiallari va konstruksiyalari sanoati tarmoqlarining
sinflarga bo‘linishi.
2. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan asosiy
turdagi
qurilish materiallarining zamonaviy holatining tahlili.
3. Qurilish materiallari sanoatining rivojlanish sharoitlari, qurilish
materiallari bozorini rivojlanishni tahlil qilish.


Iqtisodiy vazifasiga ko‘ra qurilish materiallari sanoati “A” toifadagi vositalar
ishlab chiqarishiga mansub va og‘ir sanoatning sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Sohalar bir nechta tarmoqlarga bo‘linadi. Qurilish mayeriallari sanoati tarkibiga bir
nechta ishlab chiqarish turlari kiradi:
- sement;
- asbestosementli mahsulotlar; 
- yumshoq, to‘shama va suvdan himoya materiallari; 
- devor materiallari;
- qurilish keramikasi;
- polimer xomashyosidan tayyorlangan qurilish materiallari va buyumlari;
- norudaviy qurilish materiallari;
- tabiiy toshdan qurilish va bezak materiallarini tayyorlash va ularga ishlov berish; 
- g‘ovakli to‘ldiruvchilar;
- ohak, gips va mahalliy bog‘lovchi materiallar;
- issiqlikdan himoya materiallari;
- asbestli;
- nometall rudasidan;
- shisha;
- sanitar-texnik jihozlar tayyorlash korxonalari shular jumlasidandir. 


Mahsulot ishlab chiqarish korxonasida mehnatning bo‘linish sxemasi.


Yuqorida nomlari keltirilgan korxonalardan tashqari qurilish
materiallari korxonalariga quyidagilar kiradi:
- yig‘ma temirbeton zavodi;
- po‘lat va alyuminiy konstruksiyalari zavodi; 
- deraza va eshik bloklari tayyorlash korxonalari;
- yog‘och materiallari tayyorlash zavodi;
- beton, qorishma va asfaltobeton zavodlari;
- inventar bino va xonalar ishlab chiqarish zavodi;
- qurilish mashinalari, agregat va ularning bog‘lovchi qismlarini
kapital ta’mirlash zavodlari;
- quruq qorishmalarni ishlab chiqarish zavodlari.


Umuman olganda, qurilish materiallari sanoati talab va ehtiyojlarining
o‘zgarishlariga, asosiy turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish
mamlakatdagi investitsion va qurilish faolligini o‘zgarishiga mos
ravishda o‘zgarib borgan. 2017 yildan e’tiboran asosiy turdagi qurilish
materiallarini ishlab chiqarish umumiy hajmining o‘sishi tahliliga ko‘ra
qurilish materiallari, asosiy guruhlarga mansub ishlab chiqarish
hajmlarini o‘sish sur’atlarining qurilish faolligi sur’atlarini o‘sishi kuztildi. 
Mahsulot ishlab chiqarish sohasida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lishi
natijasida yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalari va detallarining
ulushi kamaydi.




Ko‘pchilikka ma’lum, so‘nggi 3 yilda respublikamizda keng ko‘lamli qurilish-
bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. «Obod qishloq», «obod mahalla» yoki
aholi uchun shinam uy-joylar qurilishi, shaharlarimizning obodonchiligini so‘nggi o‘n
yillar bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Aynan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar
faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy yordam berish, duch keladigan
muammolarni bartaraf etish, sohaga sarmoyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarni jalb qilish, korxonalarni modernizatsiya qilish, eksportni ko‘paytirish
va importni qisqartirish kabi masalalar bizning asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi. 
Asosiy turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni hisoblashda o‘zbekiston
respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotlaridan olingan asosiy
mablag‘ga kiritilgan investitsiya hajmining tahlilidan foydalanilgan


2020-2025 yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallari ishlab
chiqarishni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling