«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi
11.3. Plastmassalarning asosiy xossalari.
7
Ilmiy izlanishlar natijasida hozir magnit xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, tok o‘tkazuvchan hamda yarim o‘tkazuvchan plastmassalar ham olinmoqsa. YUqori mustahkam hamda zararli muhitga chidamli bo‘lgan polimer-sement va plast-betonlar qurilishda ko‘plab ishlatilmoqsa. Ularni olishda bog‘lovchi modda o‘rniga smola bilan qorishtirilgan sement ishlatiladi. Organik smolalar sanoatda loklar, chidamli bo‘yoqlar, gidrofob suyukliklar va sintetik elimlar olishda qimmatli hisoblanadi.
«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi
11.3. Plastmassalarning kamchiliklari.
8
Plastmassa yonuvchanligi, mo‘rtligi, ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, ba’zan esa fenol yoki shunga o‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning birikmay qolishi – destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan plastifikatorlar) odam organizmi uchun zararlidir.
Odatda, plastmassa olish jarayonida uning qotish reaksiyasi ko‘pincha nihoyasiga etmaydi va ashyoda hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqyaanib qoladi. Bular esa o‘z navbatida zararli bo‘lib, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi.
«QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYASI TEXNOLOGIYASI» kafedrasi
11.2. Plastmassalarning kamchiliklari.
8
Shishaplastik va polimer-betondan quvur yasash tavsiya etilmaydi. Chunki, ular kimyoviy xossalarini o‘zgartiradi, tarkibida qo‘rg‘oshin tuzi bo‘lgan PVX dan, fenolplastdan ovqat idishlari tayyorlash ham man etiladi. Bundan tashqari, plastmassaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
– ko‘pgina polimerlarning issiqqa chidamliligi past (oddiy polimerlarning issiqqa chidamliligi 90–120°S dan ortmaydi);
– issiqdan kengayish koeffitsienti yuqori;
– plastik egiluvchan;
– yuza qattiqgtigi kam, voloknitlar uchun 2,5 MPa, polistirollar uchun 1,5 MPa;
– tez eskiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |