Qurilish materiallari va konstruksiyalari
Download 3.31 Mb.
|
4 Pardozlash ishlarida quruq qurilish qorishmalari UMK magistrlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
- AMALIY MASHG‘ULOT: FASADLARNI TABIIY TOSH ASHYOLAR-MARMAR, GRANIT VA BOSHQA PLITALAR BILAN
Qorishmaning tarkibi1 -jadval.
Qorishmalarda pigment miqdori qorishmaning rangiga bog‘liq. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton va temir beton ishlab chiqarish texnologiyasi T. О‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, Darslik, Toshkent, 2011. Asqarov B.A., Akramov X.A., Nuritdinov X.N. Beton texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma. I va II qism. T., О‘qituvchi, 2012. Maxmudova N.A. Quruq qorishmalar texnologiyasi. О‘quv qо‘llanma, Toshkent-2013 yil. AMALIY MASHG‘ULOT: FASADLARNI TABIIY TOSH ASHYOLAR-MARMAR, GRANIT VA BOSHQA PLITALAR BILANQURUQ USULDA QOPLASH. Shamollatiladigan fasad yoki “surilgan devor” nam iqlimli xududlarda paydo bo‘lib, keyinchalik boshqa joylarga tarqaldi. Bunday fasadning asosiy vazifasi yuk ko‘tarib turuvchi devorga nam tegishining oldini olishdan iborat. Ularning umumiy jihati: qoplama ortida fasadni quritish va shamollatish imkonini beruvchi havo bo‘shlig‘ining borligidir (1-rasm). pasm. YUzani qoplash uchun sinch unsurlarini o‘rnatish jarayoni. Shamollatiladigan osma fasad sistemasi bevosita devorlarga qotiriladigan kronshteynlar va ularga o‘rnatiladigan yuk ko‘tarib turuvchi profillardan tashkil topgan bo‘ladi. YUk ko‘tarib turuvchi profillarga maxsus qotirish elementlari– klyammerlar yordamida plitalar o‘rnatiladi (2-rasm).
rasm. Maxsus qotirish elementlari. Qoplama plitalarini qotirish korroziyaga chidamli po‘latdan tayyorlangan klyammerlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj texnologiyasiga qarab klyammerlar ikki qamrovli yoki to‘rt qamrovli bo‘lishi mumkin. Bu sistema “ko‘rinadigan” hisoblanib, klyammerlar plita rangiga bo‘yalishi mumkin. Klyammerlar tez motaj qilish imkonini berib, qoplama plitalarni profillarga mustahkam qotirish imkonini beradi (3-rasm). rasm. Cinch unsurlari va qoplamalarni biriktirish. Kronshteynlar barcha metallkonstruksiyalarni devorga mustahkam qotirilishini ta’minlaydi. Kronshteynlar korrozyaga chidamli po‘latdan tayyorlanib, issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlamning qalinligiga qarab chiqishi 50 dan to 300mm gacha bo‘lishi mumkin. Kronshteynlarning devorga qotirilishi maxsus ankerlar yordamida amalga oshiriladi. Foydalaniladigan ankerning turi yuk ko‘tarib turuvchi devorning nimadan qurilganligiga (beton, g‘isht, ko‘pikbeton) bog‘liq bo‘lib, sug‘urib oluvchi kuch ta’siriga bog‘liq holda xar bir holat uchun alohida tanlanadi. Kronshteynlar turli hil yuklarni ko‘tarib turishiga to‘g‘ri keladi, shu sababdan ularga katta talablar qo‘yiladi. Qoplama ashyoning devordan qochirib qo‘yilish masofasi 300 mm ni tashkil qilishi mumkin, bu esa devordagi notekisliklarni yopib 250 mm qalinlikkacha issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlam qo‘yish imkonini beradi. Kronshteynning devorga tayanib turuvchi tayanch qismiga qo‘yiladigan paronit yoki boshqa polimer ashyodan (rezina, ruberoid) qilingan issiqdan saqlovchi qo‘yilma yuk ko‘tarib turuvchi devor va kronshteyn asosida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan sovuqlik “ko‘prigini” uzish imkonini beradi (4-rasm). rasm. Quruq usulda qoplangan devor. Qoplama ostidagi yuk ko‘tarib turuvchi konstruksiya vertikal va gorizontal profillardan tashkil topgan bo‘ladi. O‘zida bu ikki profillarni qo‘llaydigan sistema ishonchli va maqbul hisoblanadi. Vertikal P-shaklidagi profil L-shaklidagi profillarga o‘rnatiladi. Atrof muhitning zaralilik darajasiga qarab bu profillar polimer qoplamali ruxlangan po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi mumkin. Gorizontal L-shaklidagi profillar kronshteynga o‘zi kesib kiruvchi burama mixlar yordamida qotiriladi. Bunday profillar ruxlangan polimer qoplamali po‘latdan yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanishi mumkin (5-rasm).
rasm. Profillar. Issiq-sovuq o‘tkazmaydigan qatlam asosiy devorga likopcha shaklidagi po‘lat yoki shishaplastik o‘zakli dyubellar yordamida qotiriladi. Dyubellarning hisobiy sarfi 8 dona/m kam bo‘lmaydi (6-rasm). pasm. Yuzani quruq usulda tabiiy tosh bilan qoplash uchun tayyorlangantoshlarni o‘rnatish sxemasi. KNAUF-gipskarton qoplamalaridan pardevorlar qurish Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling