Qurilish materiallarini miqdorlab beruvchi mashinalar –bunkerlar, bo’shatish qopqoqlari-konstruksiyalari, asaosiy ko’rsatgichlari


Download 0.62 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1541056
Bog'liq
asad qurilish

Qurilish materiallarini miqdorlab beruvchi mashinalar –bunkerlar, bo’shatish qopqoqlari-konstruksiyalari, asaosiy ko’rsatgichlari.

Reja: 1.Bunkerlar va bo’shatish qopqoqlari vazifalari? 2.Materiallarni uzatib beruvchi uskunalarning konstruksiyalari? 3. Bunkerlarning maqsadi va ularning turlari?


Materiallarni meyorlab beruvchi tasmali uzatgichlar.
Suyuqlik miqdorini uzluksiz taminlab beruvchi uskunada idishdagi suv sathi pasayishi bilan suzgich pastga tushib, tutashtirgichni elektr tarmog’idan uzadi. Boshqaruv element ichidagi elektromagnit o’zak klapanni ko’tarib, suv yo’lini ochadi va suv sathi suzgichni ko’tarilib, tarmoq ulanganda klapan suv yo’lini bekitadi.
Betonni og’irligi bo’yicha miqdorlovchi uskuna
Suyuqlik og’irligi bo’yicha miqdorlovchi uskuna
Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, sement, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor. Þttttyggóū Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang KeramikaGʻisht). Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-me-xanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar. yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang TemirbetonTemir-beton konst-ruksiyalar). Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy
qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fib-rolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konst-ruksiyalari uchun, quvurlarning issiklik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sin-tetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (li-noleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. L o k va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari Qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi.
Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Oʻzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan (2005-yilgacha).
Ayrim qurilish mahsulotlari; jumladan, beton aralashmalari va qorishmalarning tarkibidagi mahsulotlar og’irligi va hajmi bo’yicha jumladan, beton aralashmalari va qorishmalari tarkibidagi mahsulotlar og’irligi va hajmi bo’yicha miqdorlanadi. Maxsulotni hajm bo’yicha miqdorlashda, zarur aniqlik taminlanmaydi, chunki sement va qumning hajmiy og’irliklari zichlik hamda namlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
Miqdorlagichlarning og’irligi va hajmi bo’yocha miqdorlaydigan, davriy va uzluksiz ishlaydigan turlari mavjud bo’lib, ular oddiy va avtomatik ravishda boshqariladi.
Suv va sement mahsulotlarini miqdorlash aniqligi ±1% dam kam bo’lmasligi, boshqa mahsulotlar uchun ±2...3% oraliqda bo’lishi kerak.
Bir xil hajmdagi qum va sement maxsulotlarning og’irligi turlicha bo’ladi, chunki ularning namligi va zichligi har xil bo’ladi. Shuning uchun ularni og’irligi bo’yicha miqdorlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Material og’irligini o’lchaydigan tasmali o’lchaydigan tasmali yuklagichning oxiriga o’lchov asbobining richagi o’rnailgan va u datchik richagi bilan bog’langan. Datchik richgiga muvozanatlashtiruvchi yuk o’rnatilgan. Tasmali yuklagichdagi materialning og’irligi kamaygan yoki oshganligi haqida ma’lumot kuchlanishi to’g’rilovchi blokga uzatiladi va u datchik orqali elektromagnit tebratgichaga uzatilib, materialni uzatish miqdori mayor darajasiga to’g’rilaniladi.
Qurilish materiallari va mahsulotlarini ishlab chiqarishda turli hajm va shaklga ega bo’lgan qo’shimcha uskunali; jumladan, idish (bunker)lar, bo’shatish qopqoq (zatvor)lar, uzatib va va miqdorlab beruvchi moslamalardan foydalaniladi. Bunker bu ,materiallarni qisqa muddatda saqlab turuvchi idish bo’lib, materialni transport qiluvchi uskunaning boshida yoki oxirida ayrim hollarda o’rtasida o’rnatilgan bo’ladi. Ular ichidagi materiallar, davriy yoki uzluksiz ravishda olinishi mumkin.
Bunkerlar vazifasi va ishlatilish sharoitiga qarab turli shaklda boladi.
BUNKERLAR TURLARI
Bunker yopiq
Bunker ochiq
Bo’shtish qopqoq (zatvor)lari material chiquvchi teshiklarni ochib, yopish uchun xizmat qiladi.
Buraladigan kurak qopqoqli turi asosan donali va bo’lakli materiallari bo’lgan kichk va o’rta hajmli bir marta to’ldiriladigan bunkerlarda qo’llaniladi. Bunda kurak teshikning tubiga qo’zg’aluvchan qilib o’rnatiladi va uni ochib, yopish qo’l kuchi yordamida richag orqali amalga oshiriladi.
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling