Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi


Download 12.75 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi12.75 Kb.
#1416206
Bog'liq
qurilish materiallari


Reja:

1. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi.


2. Qurilish materiallarining fizik xossalari.
3. Qurilish materiallarining mexanik xossalari

Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi
Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni yetkazib berish shu kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan о‘zgartirish mumkin.
Qurilish tizimiga ajratilgan mablag‘ning 50% ortig‘i qurilish buyum va konstruksiyalarni ishlab chiqarishga sarflanadi. Zamonaviy qurilish bino va inshootlarini yangi turdagi qurilish materiallarisiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Shu sababli bо‘lajak qurilish mutaxassisi qurilish materiallari va buyumlari tо‘g‘risida tо‘la-tо‘kis bilimga ega bо‘lish zarur.
Qurilish materialshunosligi о‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5-6 ming yilga teng.
Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bog‘langan. Misr Piramidalari, Buyuk Xitoy Devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bо‘ladi.
Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan.
Shaxrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak shoh saroylari, madrasa va masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g‘ishtdan qorishmalar asosida terilib barpo etilganini kо‘ramiz. Bu shaharlardagi binolarda sirlangan sopol buyumlar X-XII asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli о‘lchamdagi va shakldagi sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muqarnaslar, burmalar va sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda ishlatganlar.
Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab shakl berib bino va inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta’sir etadigan qismlarida ishlatganlar. qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. Yog‘och sinchli binolar zilzilaga bardoshliligi bilan ajralib turadi. Yog‘ochga о‘ymakorlik usulida ishlangan ustunlar, bag‘dodi eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar xozirga qadar arxitektura obidalarini bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bо‘yoqlardan foydalanish tarixi miloddan avvalgi asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli minerallar, о‘simliklar kuli, bog‘lovchi sifatida esa, tabiiy о‘simlik yog‘lari ishlatilgan. qadimgi Afrosiyob, Varaxsha, Xolichayon kabi tarixiy yodgorliklarimiz devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir.
Tarixiy binolarni bezashda ishlatilgan ganch о‘ymakorligi alohida e’tiborga sazovor. Ganch о‘ymakorligi asosida devor, ship, pillapoyalar, gumbazlar bezatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir va yengil betonlar alohida о‘rin tutadi. Bu materiallarni qurilish industriyasining asosiy mahsulotlari deb atash mumkin.
Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin pasayadi.
Qurilishni mukammallashtirish va tezlatish, zamonaviy qurilish materiallarini kо‘plab ishlab chiqarishni taqazo etadi. Polimerlar asosidagi materiallar, shisha buyumlar, lok-bо‘yoqlar, kompozitsion materiallar shular jumlasidandir.
Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda sanoat va qishloq xо‘jaligi chiqindilarini ishlatish ularning tannarxini pasaytiradi va ekologik muhitni barpo etadi.
Download 12.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling