Qurilish materiallarining xalq xo’jaligidagi mohiyati. Qurilish materiallarini tasniflash asoslari


Download 367.07 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.08.2023
Hajmi367.07 Kb.
#1669663


MA’RUZA- 1 
QURILISH MATERIALLARINING XALQ XO’JALIGIDAGI MOHIYATI. 
QURILISH MATERIALLARINI TASNIFLASH ASOSLARI 
REJA 
1.1. “Qurilish materiallari” fanining mohiyati. 
1.2. Qurilish materiallarining tasnifi. 
1.3. Qurilish materiallari tarkibi va ularning xossalari. 
Tayanch so’zlar 
Qurilish, materiallar, tasniflash, g'isht, ohak, qum, shag’al, standart, sanoat, mahalliy 
materiallar, o‘zdavstandart, standartlash xalqaro tashkiloti (MOS), davlatlararo standart, 
korxona standarti, tarmoq standarti, mineral tarkibi, gazsimon holat. 
1.1. “Qurilish materiallari” fanining mohiyati. 
“Qurilish materiallari” fanining quruvchi mutaxassislarni tayyorlashda o’rni 
beqiyos, chunki bironta bino va inshootni qurilish materiallarini xossalari, 
hususiyatlari, qo’llanish doirasini bilmayturib to’gri loyihalaSh va quriSh mumkin 
emas. 
Qurilish materiallari - bino va inshoоtlarini qurish hamda ta’mirlashda 
foydalaniladigan tabiiy va sun’iy materiallar hamda buyumlardir. 
Qurilish materiallarining qiymati umumiy qurilish qiymatining 40-60 % 
tashkil etadi, bu esa quriliSh materiallarini texnik jihatdan asoslab va tejamli 
sarflaShni, tashish va saqlashda avaylab ish ko’rishni taqozo etadi. Qurilish 
materiallari sanoat, xalq xo’jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. 
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish tabiiy xomaShyolarni qazib oliSh, 
unga ishlov berish, quriliSh maydonchasiga tashish kabi jarayonlardan iborat. 
Taxminan, 25% xom-ashyo, qurilish materiallari va buyumlar temir yo’l transporti 
bilan taShiladi. QuriliSh materiallarining narxi tarkibiga transport xarajatlari ham 
kirgani uchun quriliSh narxini arzonlaShtiriSh maqsadida ko’proq mahalliy 
materiallardan foydalaniliSh zarur. 
Mahalliy materiallar – qum, Shag’al, ohak, g’iSht kabilardir. 
QuriliSh materiallarining narxi: material va buyumlarning sifati, iShlaSh 
muddati, issiqlik va energiya sarf-xarajatlari, chiqindilarni qayta iShlaSh 
imkoniyatlari, transport xarajatlari kabi omillarga bogliq. 
QuriliShda asosiy maqsadlardan biri - bino va inShootlarning vaznini 
kamaytiriSh. QuriliSh materiallari va buyumlarining vaznini kamaytiriSh quyidagi 
qulayliklarni keltirib chiqaradi: 
yuk taShiSh hajmi ko’payadi (bitta transport vositasi bilan); 
quriliSh maydonchasidagi transport xarajatlari kamayadi; 


binolarning zilzilabardoShligi oShadi; 
bino quriSh texnologiyasi yaxShilanadi; 
quriliSh konstruksiyalarining issiqlik fizikasiga doir xossalari yaxShilanadi. 
Qurilish materiallarining har bir turi o‘ziga xos fizik, mexanik, kimyoviy 
hamda maxsus xossalarga texnologik (va sh.k) ega bo‘ladi. Buyumlarning tarkibi, 
strukturasi fizik-kimyoviy, texnologik jarayonlar ta’sirida o‘zgarishi ularning barcha 
xossalarini o‘zgartiradi. 
Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Ular 
xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq), elastic (yog‘och, po‘lat, rezina), 
mo‘rt (keramika, shisha, beton, cho‘yan), material mustahkamligiga qarab 
mustahkamligi yuqori (po‘lat, granit, shisha), mustahkam (beton, yog‘och, 
polimerbeton, pishiq g‘isht) va mustahkamligi kichik (gips, ohaktosh, xomg‘isht, 
yacheykali beton) turlarga bo‘linadi. 
Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko‘ra konstruktiv (tabiiy tosh 
materiallari, beton, keramika, yog‘och, plastmassa va h.k.) va maxsus (issiqlik va 
tovush izolatsiyasi, gidroizolatsiya, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, 
radiatsiyadan himoyalovchi, biologic muhitga chidamli va h.k.) turlarga bo‘linadi. 
Qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida 
O`zbekiston davlat standarti (O`DSt), Tarmoq standarti (TSt), Korxona standarti 
(KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. Qurilish materiallari standartlari 
«O‘zdavstandart» agentligi bilan O‘zR Davlatarxitektqurilish tomonidan 
tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar; buyum turlari va 
o‘lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va sh.k. 
hollarda bo‘lishi mumkin. Qurilish materillaridan foydalanib, bino va inshootlar 
qurish «Qurilish me’yorlari va qoidalarida» (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha 
tashkilot vamuassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947- yilda 
tashkil topgan «Standartlash xalqaro tashkiloti (MOS)» talablariga javob beruvchi 
xillari ham mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish va ishlatishga 
qulaylik tug‘diradi. 
Binolar va inShootlarning vazifasi hamda ulardan foydalaniSh 
Sharoitlaridagi farqlar tufayli quriliSh materiallariga qo’yiladigan talablar turli-
tuman, xillari esa, juda ko’p bo’ladi. QuriliSh materiallari va buyumlariga 
qo’yiladigan talablar respublika standartlarida (Rst Uz) qayd etilgan. Standartlarda 
quyidagi ma’lumotlar beriladi: 
-quriliSh materiali yoki buyumning ta’rifi; 
-xom-aShyo; 
-iShlatiliSh sohasi; 
-tasnifnomasi; 
-nav va markalarga bo’liniShi; 
-sinaSh usullari; 
-saqlaSh va taShiSh Sharoitlari. 
Standart qonun kuchiga ega, unga rioya qiliSh respublikaning barcha korxona 
va taShkilotlari uchun majburiydir. Hozirgi quriliShni industrlaShtiriSh va 
miqyoslarni kengaytiriSh quriliSh materiallari iShlab chiqariShning umumiy 
hajmida tayyor quriliSh materiallari uluShining ortiShiga olib keladi. Zavodda 


yuksak darajada tayyor buyumlar va detallar ko’riniShidagi quriliSh materiallarini 
iShlab chiqariShning ko’payiShi mehnat unumdorligini o’siShiga, narhining arzon 
bo’liShiga va kapital quriliSh sur’atlarini tezlaShtiriShga yordam beradi.
1.2. Qurilish materiallarining tasnifi. 
QuriliSh materiallarining hillari keng va turli – tuman. QuriliSh materiallarini 
o’rganiShni soddalaShtiriSh uchun ular tasniflanadi. TasniflaSh asosiga ikkita 
asosiy prinsip qo’yilgan: 
Vazifasi va iShlatiliSh sohasi. Misol uchun: devor uchun materiallar, tom bop 
materiallar, pardozlaSh materiallari va hokazo.Lekin bunday tasniflaSh birmuncha 
noqulay. Chunki bir guruhga o’zining hossa va hususiyatlari bilan farqli, har xil 
xom-aShyo va umuman o’zaro o’xShamaydigan texnologiya bo’yicha iShlangan 
materiallar (cherepitsa va tunuka, Shifer va ruberoid) kiradi. 
Texnologiya alomati. Bu tasniflaSh asosida xom-aShyo turi va materialni 
iShlab chiqariSh bo’yicha asosiy texnologik usullar yotadi.Bu tasnifnoma bo’yicha 
materiallar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
-tabiiy toSh materiallari; 
-keramika; 
-mineral bog’lovchi moddalar; 
-betonlar; 
-ShiSha va quyma materiallar; 
-polimer materiallar; 
-yogoch material va buyumlar. 
-boShqalar. 
O’z navbatida iShlatiliSh sohasi bo’yicha tasniflangan materiallarni 2 
guruhga bo’liSh mumkin: 
Universal materiallar- yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga yaraydigan: tabiiy, 
toSh materiallari, sun’iy toSh materiallari [kuydirilmagan mineral boglovchi 
asosidagi]- (beton, quriliSh qoriShmalari) va kuydiriladigan mineral boglovchi 
asosidagi materiallar (sopol, ShiSha, sintall, metallar); konstruksion plastmassalar, 
yog’och materiallari va boShqalar. 
Maxsus materiallar- konstruksiyalarni atrof-muhitni ta’siridan muhofaza 
qiluvchi, binolarning ekspluatatsiya xususiyatlarini kuchaytiruvchi, binolarning 
kamfortliligini yaxShilovchi materiallar: issiqdan muhofaza qiluvchi, akustik, 
namdan muhofazalovchi, tom yopmasi, germetik, pardozlaSh, korroziya (zang) dan 
muhofaza qiluvchi materiallar va boShqalar. 
1.3. Qurilish materiallari tarkibi va ularning xossalar
QuriliSh materiallari kimyoviy, mineral va faza tarkibi bilan ifodalanadi. 
Kimyoviy tarkibi materialning ayrim xossalari: olovga bardoShlilik; biologik 
bardoShlilik; mexanik va texnik xossalari bo’yicha xulosa chiqariSh imkonini 
beradi: 
Neorganik moddalarning (sement, ohak, gips va boShqalar) va toShlarning 
kimyoviy tarkibi ulardagi oksidlar miqdori (%) bilan belgilanadi.


 QuriliSh materiallarining mineral tarkibi ularda qaysi mineral qay 
miqdordaligini belgilaydi. Misol, portlandsementda uch kalsiylik silikat 3CaOSiO
2
45-60% taShkil etiShi kerak. Agarda uning miqdori ko’paysa, bu sementning tezroq 
qotiShi va sement toShining mustahkamligi ortiShiga olib keladi. 
Materiallning faza tarkibi va govaklardagi suvning faza o’zgariShlari 
materialning barcha xossalariga ta’sir ko’rsatadi. 
Aksariyat quriliSh materiallari govaklarning devorlarini taShkil etuvchi qattiq 
modda va govaklarni to’ldirgan suv va havodan iborat. Agar govaklardagi suv 
muzlasa, u mateirallarning mexanik va issiqlik mexanikasiga oid xossalarini 
o’zgartiradi. Agarda muzlagan suvning hajmi jiddiy o’zgarsa, ichki zo’riqiSh 
natijasida material yemiriladi. 
Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, 
ular asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga 
tavsiya etilmaydi. 
Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, 
ular xossalarining mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, 
suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va 
oksidlar erkin holda bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi. 
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha 
miqdorda tashkil topganligini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. 
larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar havoyi va mineral 
bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi. 
Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo‘lib, 
ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq 
fazadan, devorlar orasida hosil bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki 
suv-havo aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida 
suvning 
muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq 
g‘ovaklardagi havo materialga issiq-sovuqdan, tovushdan izolatsiyalovchi xususiyat 
beradi. 
Material strukturasini uch darajada tushunish zarur – molekular-ion 
(nanostruktura), mikrostruktura va makrostruktura. 
Molekulyar-ion (nanostruktura) darajasi materiallarning element, oksid, 
mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini 
belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, 
elektron mikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k.lar bilan amalga oshiriladi. 
Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta 
kichikligini (1-2·10–7 sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda 
mikrog‘ovaklar buyumning kirishishi natijasida hosil bo‘ladi va ular o‘zaro tutash 
yoki tomonlari berk bo‘lishi mumkin. Mikrostruktura (sement, gips, bitum, 
polimer), kukun to‘ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer 
qo‘shimchalar, suv va boshqa komponentlardan iborat majmuadir. Mikrostruktura 
xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta mayda 
to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi. 


 Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar yirik, ko‘zga 
ko‘rinadigan holatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, mayda-yirik 
to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar 
majmuasidan iboratdir. Makrostruktura kompozitli, yacheykali, mayda g‘ovakli, 
tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo‘lishi mumkin. 
Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib, 
kuydirilgan keramika, ko‘pik plastmassa kiradi. 
Yacheyka strukturali buyumlarga gazbeton, ko‘pik beton, ko‘pik plastmassa 
va sh.k. lar kiradi. 
Qatlamli strukturaga o‘rama, listli, taxtasimon, qatlamli to‘ldiruvchi asosidagi 
plastmassalar (tekstolit, shishaplast) kiradi. 
Donali struktura beton, qorishma, polimerbeton va sh.k.lar uchun mayda va 
yirik to‘ldiruvchilar (qum, chaqiqtosh) kiradi. 
Tolali struktura yog‘och, shisha va mineral tolali materiallarga xosdir. 
Ularning xossalari (mustahkamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi) tolalari bo‘ylab va 
ko‘ndalang yo‘nalishlarda turlicha bo‘ladi. 
Materiallarning tuzilishi kristall, amorf va kristall-amorf holda bo‘ladi. 
Kristall tuzilishdagi materiallar yuqori mustahkamlikka, turli muhitlarga 
chidamlilikka ega. Odatda, ko‘pchilik materiallar amorfdan kristall tuzilishga o‘tadi. 
Bir material ham kristall (kvars), ham amorf tuzilishda bo‘lishi mumkin. 
Materialning tuzilish holatiga qarab bu materiallarning kimyoviy birikishlarida 
ishtirok etishi turli tezlikda va sharoitda bo‘lishi mumkin. Kristall tuzilishdagi 
materiallar o‘zgarmas bosimda muayyan erish haroratiga ega bo‘ladi. Kristall 
panjarani neytral atomlar, ionlar va molekulalar hosil qiladi. Murakkab kristallar 
(kalsit, dala shpati) kovalent va ion bog‘lanishlarda bo‘lganliklari sababli ularning 
xossalari turlichadir. 
Qurilish materiallarining asosiy jins hosil qiluvchi minerallari – silikatlar 
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tetraedrlardan tuzilgan va hajmiy panjara tuzilishiga 
ega. Shu sababli silikatlar noorganik polimerlar deyilishi ham mumkin. 
Nazorat savollari 
1. 
Xalq xo’jaligida quriliSh materiallarining mohiyati. 
2. 
QuriliSh materiallarining tasniflaniShi. 
3. 
QuriliSh materiallarining tarkibi va xossalari.

Download 367.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling