Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish


Qurilishda ishlab chiqarishni tåxnologik loyihalash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana20.02.2020
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

1.3. Qurilishda ishlab chiqarishni tåxnologik loyihalash. 
Tåxnologik loyihalashni maqsad va mazmuni. Qurilish 
jarayonlarini tåxnologik loyihalashdagi asosiy hujjatlar. 
Qurilish jarayonlarini tannarx ko`rsatkichlari va bajarish muddati 
bo`yicha variantli loyihalash. Qurilish jarayonlari tåxnologiyasini 
asosiy hujjati – tåxnologik xarita.Tåxnologik xarita turlari. 
Tåxnologik xaritani qurish va tuzilishi. 
 
Qurilish jarayonlarini tåxnologik loyihalash tayyorgarlik davrida 
amalga oshiriladi. Alohida,murakkab ko`rinishdagi, qurilish-montaj 
ishlariga, qurilish jarayonlarini tåxnologik loyihalari ishlab chiqiladi. 
QJTL – bu majmuali hujjatlar, unda murakkab qurilish 
jarayonini tashkil etish va tåxnologik masalalari ishlab chiqiladi. 
QJTL ishlab chiqishdan maqsad - qurilish ishchilarini tåxnik-
iqtisodiy asoslangan hujjatlar, qurilish jarayonlarini tåxnologiyalash 
va tashkil etishni råglamåntga solish. Måhnat unumdorligini 
oshirishga yo`naltirish, moddiy boyliklarni iqtisodlash, qurilish 
mahsuloti sifatini oshirish, QJTL - qurilish jarayonlarini ildam 
boshqarish va nazoratlash bålgilangan. 
QJTL mazmuni. QJTL tushuntirish xatini va chizma qismini o`z 
ichiga oladi. QJTL ishchi chizmalari asosida va bino yoki inshootlarni 
ko`rish småtasi asosida ishlab chiqiladi. 
QJTL tarkibi: 
1. 
Kamchiliklarini aniqlash maqsadida, uni (QJTL) loyiha-
småta hujjatlarini tahlil qilish. 
2.Ish hajmini va jarayonlar tarkibini aniqlash. 
3.Ishlab chiqarish vositalari va usullarini tanlash va asoslash. 
4.Måhnat sarfi va ishlarini bajarish qiymatini aniqlash. 
5.Qurilish jarayonlari grafigini chizish. 
6.Ashyo va tåxnik moddiy boyliklarga bo`lgan talabni aniqlash 
(ashyo, yarimfabrikat, mahsulot, qurilma, asbob-uskuna va 
moslamalar).  
7.Ishlarni bajarishda tåxnika xavfsizligi, måhnat va atrof-
muhitni muhofaza qilish bo`yicha ko`rsatmalar tuzish, shu bilan birga 
sifatni nazoratlash.  
8.QJTL tåxnik iqtisodiy ko`rsatkichlarini aniqlash. 
9.Qurilish jarayonlarini tåxnologik xaritasini tuzish.   
QJTL variantli loyihalash. QJTL loyihalash quyidagi kåtma-
kåtlikda amalga oshiriladi.  
Avval qurilish-montaj ishlari ro`yxati va hajmi aniqlanadi. 
Undan kåyin 2-3 ta variant tanlanadi va asoslanadi. Ikkinchi 
bosqichda variantlarni tåxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari aniqlanadi 
(måhnat sarfi, tannarxi, ishlarni bajarish vaqti) ularni taqqoslab eng 

 
15
manfaatli variant tanlab olinadi. QJTL amalda ishlatiladigan asosiy 
hujjat bo`lib tåxnologik
 xarita 
hisoblanadi. 
Tåxnologik xarita quyidagi 4 bo`limdan tashkil topgan: 
Ishlatish o`rni – konstruktiv elåmånt va ularni qismi to`g`risida 
qisqacha ma'lumot båradi;  
bajarishga tuzilgan xarita uchun, ishlarni nomånklaturasi; tabiiy 
iqlimi, gåologik, gidrogåologik va boshqa shartlar va ishlarni 
bajarishni o`zga xosligi va sharoiti, hamda smånaligi.  
Qurilish jarayonlari tåxnologiyasi va tashkil etish quyidagi 
talablar bo`yicha ishlab chiqilgan:  
Tåxnologik xaritada bålgilangan masalalar, quyidagilar 
hisobiga, yuqori va barqaror tåxnik iqtisodiy ko`rsatkichlarni 
ta'minlashi, ishlarni sifatli bajarilishini va ishchilarni xavfsizligi 
ta'minlanishi kårak: 
-talab qilingan darajada qurilish mahsuloti sifatini 
ta'minlaydigan, tåxnologik jarayonlarni tadbiq etish; 
-ishni, matåriallarni, qurilmalar va boshqa matårial-tåxnik va 
enårgåtik moddiy boyliklar bilan majmuali va o`z vaqtida ta'minlash. 
-ish frontidan to`la qonli foydalanish va turli qurilish 
jarayonlarini birga olib borish; 
-zarur sanitar-maishiy va måhnat xavfsizlik sharoitni yaratish.   
Tåxnik iqtisodiy ko`rsatkichlar- unda måhnat sarfi bir-
birlikka va butun ish hajmiga qabul qilingan; butun ish hajmiga 
Mash-soat sarfi; bir smånadagi bir ishchi ishlab chiqargan mahsulot  
miqdori, jismoniy ifodada. Qurilish montaj ishlari tannarxi. 
Tåxnik-matårial manbalar - qurilish qurilmalari, qismlar, 
matåriallar, jihozlar soni va nomånklaturasi kåltirilgan mashinalar xili 
va soni, asbob-uskunalar, moslamalar,foydalaniladigan matåriallarga 
ehtiyoj to`g`risidagi ma'lumotlar jadval ko`rinishda kåltiriladi.  
Tåxnologik xaritalar loyiha va loyiha tåxnik va qurilish 
tashkilotlarni o`zida tuziladi.  
Tåxnologik xaritada quyidagilar kåltiriladi:  
-
qurilish maydonini tayyorlash to`g`risidagi qo`llanma va 
navbatdagi ishni bajarishga tayyorgarlik to`g`risidagi talab; xaritada 
nazarda tutilgan qurilish jarayonlarini bajarish uchun åtarli ish fronti 
bilan ta'minlash zarur; 
-inshootni kostruktiv qismlarini, ish bajaradigan joylarni 
eskizlari; qurilish maydonining tashkil qilish sxåmalari, shu ishlarni 
bajarish  uchun ishchi zonalar; unda asosiy o`lchamlar va ortib 
tushiradigan mashina måxanizmlar, asosiy matårial, mahsulot va 
qurilmalarni zahiralarda joylanishi ko`rsatilgan bo`lishi kårak; 
-qurilma zahirasi va saqlash muddatlari bo`yicha qo`llanma; 
-ishlarni bajarish kåtma-kåtligi, imoratni qamrov, uchastka va 
yaruslarga bo`lish, matåriallarni va qurilmalarni ish joyga tashib 

 
16
kålish, ishlatilayotgan havoza, so`rilar, moslama va yig`uvchi jihozlar 
xili; 
-zvånoni va ishchi brigadani kasbi va malakaviy tarkibi, 
kasblarni qo`shib olib borish hisobi bilan; 
-ishlarni bajarish grafigi va måhnat sarfi kalkulyatsiyasi; 
-måhnat jarayonlari xaritasi; oqilona tashkil etishni ko`zda 
tutish xaritada nazarda tutilgan majmuali qurilish jarayonlariga 
kiradigan va alohida ishchi jarayon va opåratsiyalarni bajarish 
bo`yicha ish usullarini qabul qilish; 
-ish  sifatini  baholash  va  nazoratni  amalga  oshirish  bo`yicha 
qo`llanma; shu bilan birga må'yor qoida va ishchi chizmalar bo`yicha 
qo`llanma, sifatni opåratsion nazorat sxåmalari; bårkitib yuboriladigan  
ishlarga aktlar ro`yxati talab qilinadi; 
-måhnatni muhofaza qilish, tåxnika xavfsizligi, shu bilan 
yong`in, portlash xavfsizligi; atrof-muhitni himoyalash bo`yicha 
qo`llanma. 
 
Nazorat savollari. 
 
1. 
Tåxnologik xarita nimani ifodalaydi? 
 
a)ishchi chizmalarni va småta. 
b)tåxnologik xarita. 
v)murakkab qurilish jarayonlari tåxnologiyasi va tashkil etish 
savollari ishlab chiqilgan majmuali loyiha hujjatlari. 
g)tushuntirish xati va chizmalar. 
d)qurilish jarayonlarini tåxnologik loyihalash. 
 
2. 
Qurilish jarayonlarini tåxnologik loyihalash tarkibi. 
 
a)tushuntirish xati va chizmalar. 
b)tåxnologik hisob-kitoblar va grafik qism. 
v)bajariladigan ishlarni ro`yxati va hajmini aniqlash va usullarni 
bajarish vositalarini tanlash, måhnat sarfini va qiymatini aniqlash; 
zarur matårial-tåxnik råsurslar; tåxnologik xarita tuzish. 
g)ishlarni hajmi, måhnat sarfi, ishlarni bajarish grafigi 
d)tåxnologik xarita va qurilish jarayonlari grafigini tuzish. 
 
3. Variantli 
loyihalash. 
 
a)Loyihani bir nåcha variantini tuzish 
b)2-3 variantda tåxnologik xarita ishlab chiqish  

 
17
v)oldindan ishlarni bajarish usullarini 2-3 variantini tanlash, ularni 
tåxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini aniqlash va eng iqtisodiy variantini 
tanlash. 
g)iqtisodiy variantini tanlash. 
d)tåxnologik variantlarni solishtirish. 
 
4. 
Tåxnologik xarita nima va uning tarkibi. 
 
a)qurilish jarayonlarini tåxnologik loyihalash. 
b)qurilish jarayonlarini grafik tasvirlash. 
v)qurilish jarayoni tåxnologiyasini loyiha chiqadigan hujjati tarkibi: 
qo`llash o`rni qurilish jarayonlari tåxnologiyasi va tashkil etish 
(taqvimda va qirqimda); grafika va måhnat sarfi kalkulyatsiyasi, zarur 
matåriallar jadvali; ishlarni bajarish bo`yicha ko`rsatma tåxnik 
xavfsizligi, måhnatni va atrof-muhitni himoya qilish; sifatni 
nazoratlash. 
g)hisob-kitob grafik-hujjat 
d)tåxnologik  loyiha  va  murakkab  tåxnologik jarayonlarni tashkil 
etish.        
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
18
2. Gruntni qayta ishlashdagi jarayonlar, gruntlar va ularni 
tåxnologik xususiyati. 
2.1.Tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar. Gruntlarni qayta ishlash 
qiyinligi bo`yicha turkumlash. Sizot suvlar sathini pasaytirish. 
O`yilgan joy dåvorlarini mustahkamlash.Gruntlarni sun'iy 
mustahkamlash usullari. 
 
Hozirgi zamon qurilishida år ishlarini bajarmasdan, birorta bino 
yoki inshootni barpo etish mumkin emas. År ishlari asos va bino, 
inshootlarni år osti qismini, asbob-uskunalar asosini, turli xil år osti 
kommunikatsiyalarini barpo etishda bajariladi. Ishlarni bajarishda, u 
yoki bu usulni, vositani tanlashga, gruntni xususiyati ta'sir qiladi. 
Gruntlar va ularni xususiyati. Grunt dåb år qatlamini eng 
yuqori qismida yotuvchi jinsga aytiladi. gruntni asosiy xususiyatlari: 
o`rtacha zichlik, namlik, ulanishi, yumshatilishi, tabiiy qiyalik 
burchagi. 
Tarkibiga qarab gruntlar quyidagilarga ajratiladi: qumlar, loy-
qumli, loylar, lyosslar, shagal tosh, chaqiq tosh, qiya toshli gruntlar. 
Qum-loyli yoki chang qumli oqava gruntlar , suvga to`yingan, 
tarkibida ko`p tuz bo`lgan tuzli gruntlar uchrab turadi. Tabiiy 
holatdagi gruntlar qazilgandan so`ng, govaklashadi. Bunda o`rtacha 
zichlik kamayadi, hajmi esa oshadi. Buni dastlabki govaklanish 
dåyiladi va govaklanish koeffitsiånti bilan tariflanadi. 
Kz – turli gruntlar uchun turli, masalan qumlilar uchun 1.08-
1.17, loy-qumlilar uchun 1,24-1,28, loylilar uchun 1.24-1.3 ga 
tång. 
Qoldiqli govaklanish – tabiiy holda zichlangan grunt hajmini 
– sun'iy holatda zichlangan grunt hajmiga nisbati - qoldiq 
govaklanishdir va QF qoldiq govaklanish koeffitsiånti bilan 
tariflanadi. 
Kqz - qumli gruntlar uchun 1.01-1.025, loy qumlilar uchun 
1.015-1.05 va loylilar uchun 1.04-1.09 ga tång. 
Namlik – gruntdagi bo`shliqlarni suvga to`yinganlik 
darajasidir, u ishlarni bajarish vositalarini tanlashga va gruntlarni 
zichlash darajasiga ta'sir qiladi. 
Cho`kuvchanlik – suv bilan namlanganda (dåformatsiyalanish) 
shakl o`zgarish qobiliyati, u gruntlarni zichlashda katta ahamiyatga 
ega bo`ladi. 
Yuvilish – suv oqimi tåzligi bilan uning zarrachalarini oqib 
kåtishi xaraktårlanadi. Uni mustahkamligi gruntning turi va 
namligiga bogliq. Shuning uchun år inshootlarini mustahkamligini 
ta'minlash uchun qiyalik bilan barpo etiladi. Qiyalik – balandlikni 
asosga nisbati. 
 

 
19
Ishlash qiyinligi bo`yicha gruntlarni turkumlash  
 
Bir cho`michli ekskavatorlar uchun ishlash qiyinligi bo`yicha 
gruntlar oltiga, ko`p cho`michli va skråpårlar uchun 2 ga, buldozår va 
gråydårlar uchun 3 guruhga bo`linadi. Gruntlar qo`lda qayta 
ishlanganda 7 guruhga bo`linadi. 
Gruntlarni qayta ishlash qiyinligi bo`yicha, ko`rinishiga qarab, 
ma'lum guruhlarga kiritilgan, ular ma'lumotnoma adabiyotida 
kåltirilgan va ishlab chiqarish vosimtalarini tanlashda qo`llaniladi. 
År ishlarini tarkibiga tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar, 
gruntlarni qayta ishlash va tashish kiradi. 
 
Tayyorgarlik jarayonlari 
 
Tayyorgarlik jarayonlariga quyidagilar kiradi: qurilish 
maydonini daraxtlardan, shox-shabbalardan, mavjud qurilmalardan 
tozalash, år osti kommunikatsiyalarini ko`chirish, maydonni tåkislash, 
unumdorni qatlamni kåsib olish, sizot suvlar sathini pasaytirish, 
gruntlarni sun'iy mahkamlash, muzlagan gruntlarni eritish, gruntlarni 
muzlashini oldini olish, zovur, chuqur,xandak dåvorlarini 
mahkamlash. 
 
Sizot suvlar sathini pasaytirish 
 
Sizot suvlar sathini pasaytirish usullariga-suvni boshqa yoqqa 
oqizish, oqava ariq, ochiq holda suvni oqizib yuborish, år osti drånaji 
va sizot suvlar sathini sun'iy pasaytirish. 
-suvni boshqa yoqqa oqizish - qor, yomg`ir suvlarini, qurilish 
maydonini yuqori qismi chågarasi bo`ylab barpo etiladigan, tog` oldi 
kanallari orqali tabiiy hovuz yoki suv omborlariga oqiziladi; 
Ochiq holda suvni oqizib yuborish – suv sathini 
pasaytirishning eng arzon va sodda usulidir. Bunda suv chuqurdan 
to`g`ridan-to`g`ri nasos bilan chiqarib tashlanadi. Suvni yig`ish uchun 
xandak asosida suv to`planuvchi chuqurga qaziladi, uni dåvorlari 
agarda zarur bo`lsa taxtalar bilan mahkamlanadi. Nasosni ishlatish 
mumkin bo`lishi uchun, suv yig`iladigan chuqurdagi suvni chuqurligi  
0,7 m dan kam bo`lmasligi kårak. Chuqurga suv oqib kålishi 
uchun, handak asosiga ma'lum nishab båriladi yoki ochiq suv 
uzatuvchi kanallar quriladi. 
Suvlarni chiqarish uchun markazdan qochirma o`zi so`radigan 
va diafragmali nasoslar qabul qilinadi. 
År osti drånaji-qurilish maydonining alohida uchastkalarida år 
osti suv sathini pasaytirish yoki uzoq vaqt suvni pasaytirib turish 

 
20
uchun va mavjud va yangidan qurilayotgan hududlarni suv bosishiga 
qarshi kurashdir. 
Zovurni quyidagi xillari qo`llaniladi: 
-enlama (ochiq va yopiq), bo`ylama, aralash va maxsus. 
Enlama ochiq zovur odatda shahar tashqarisida 1,5 m 
chuqurlikda, dåvor qiyaligi 1:2 va suvni oqishi uchun zarur bo`lgan 
nishab qilib kavlanadi. 
Yopiq enlama drånaj odatda trubalardan qilinadi. Ko`p 
holatlarda asbåst quvurlar qo`llaniladi, agråssiv sizot suvlarida – 
sopol quvurlar ishlatiladi. Sizot suvlarni qabul qilish uchun, quvurlar 
arralab qo`yiladi yoki tåshiladi. O`rnatish chuqurligi, quvur diamåtri 
va nishabi, loyihada bålgilanadi. Drånaj trubalar ustiga har qaysisini 
qalinligi 15 sm dan kam bo`lmagan matåriallar ikki qatlam sizot 
suvlarni o`tkazuvchi matåriallar to`kiladi. 
Tashqi qatlam uchun odatdagi qum, ichki qatlam uchun tosh va 
chaqiq tosh ishlatiladi.  
Tik drånaj – bu filtrli quvur yordamida quduq tubidan nasos 
yordamida sizot suvlar chiqarib tashlanadi. Quvurli quduq barpo 
etish uchun, gruntda quduq burg`ilanadi, cho`ktiriladigan quvur bilan 
mahkamlanadi. 
Quvurli quduq tubida, suv yig`iladigan qatlamda tåshikchali,  
turli va boshqa sizib o`tuvchi tosh-qum to`kib qatlam barpo qilinadi. 
Quvurli quduqlarni qator yoki kontur bo`yicha joylashtiriladi, 
markaziy nasos stantsiyasi xizmat qiladi. 
Sizot suvlar sathini tabiiy pasaytirish, hozirgi zamon qurilishida, 
asosan, uch usulda bajariladi: ångil ignafiltlar yordamida, ejåktorli 
ignafiltr moslamada va shaxsiy nasoslar bilan jihozlangan 
burg`ulangan quduqlar yordamida. Shu moslamalarni qaysi biri 
qo`llansa ham, suv handak yoki zovur konturi bo`yicha qator 
joylashtirilgan siståma orqali nasos bilan chiqarib tashlanadi. Ångil 
ignafiltrli moslama sizot suvlar sathini 5-6 m pasayishini ta'minlaydi. 
U so`rib olinadigan ignali filtr, kollåktor va nasos agrågatidan tashkil 
topgan. 
 
Handak va zovur tik dåvorlarini vaqtincha mustahkamlash 
usullari va qurilmalari 
 
Ular quyidagilarga bo`linadi: tirgakli, ankårli, taxtali va tåmirli 
to`siq. 
Gruntni mustahkamligini tabiiy mustahkamlash yo`li bilan 
ta'minlanadi. 
Gruntni tabiiy usullarda – såmåntlab, loylab, bitumlab, 
sålikatlab va yuqori harorat bilan mustahkamlanadi. 

 
21
Suvga to`yingan gruntlar muzlatiladi, bunda bug`urlangan 
quduqda har 1-3 m 150-300 mm muzlatadigan quvur tushiriladi. 
Bu quvurlar orqali sovitilgan tuzli suv CaClNaCl
2
C0 q-20-25 
0

aylanadi. 
Qish sharoitida muzlash chuqurligi 0,7 m oshsa, gruntlar 
quyidagi usullar bilan eritiladi:olovli, elåktr, bug`, suv yoki kuzda 
muzlashdan saqlash ishlari bajariladi: qorni ushlab qolish, issiqni 
saqlab qoluvchi matåriallar bilan chuqur haydab va boronalab. 
 
Nazorat savollari: 
 
1. 
Gruntlarni asosiy xususiyati va år ishlarini bajarishga 
ularning ta'siri. 
 
a)Ishlash qiyinligi va namligi. 
b)cho`kishligi va yuvilishi. 
v)o`rtacha zichlik, namlik, jipslashuvi, yumshalishi, tabiiy og`ish 
burchagi. År ishlarini bajarish qiyinligi, namligi, cho`kishligi. 
g)dastlabki va qoldiqli yumshatilishi 
d)namlik cho`kuvchanlik, yuvilishlik. 
 
2. Ishlash qiyinligi bo`yicha gruntlar qaysi guruhlarga bo`linadi. 
 
a)år ishlari qo`lda bajarilganda, gruntlar 7 guruhga bo`linadi. 
b)bir cho`mich ekskavatorlar uchun gruntlar 6 guruhga bo`linadi. 
v)ishlash qiyinligi bo`yicha gruntlar quyidagilarga bo`linadi: bir 
cho`michli ekskavatorlar uchun 6 guruhga; ko`p chumichlilar va 
skråpårlar uchun – 2; buldozårlar uchun –3 va qo`lda bajarish 
uchun – 7 guruhga; 
g)ko`p chumichli ekskavator va skråpår uchun –2 guruhga 
d)buldozår uchun – 3 guruhga. 
 
3. Sizot suvlar sathini pasaytirish usullari. 
 
a)ochiq va yopiq, år osti drånaji. 
b)ochiq va yopiq holda suvni oqizib yuborish. 
v)suvni boshqa tomonga burish, ochiq holda suvni boshqa tomonga 
burish, år osti drånaji, sizot suvlar sathini tabiiy pasaytirish. 
g)chuqur va yuzaki pasaytirish. 
d)yog`ingarchilik suvlarini boshqa tomonga burish. 
 
4. Handak va zovur dåvorlarini mahkamlash usullari
 
a)qiyalik hosil qilib. 

 
22
b)dåvorni zichlab. 
v)vaqtinchalik moslamalar: tirgak, ankår, taxta to`siqli. 
g)tsåmåntlash, smolalash. 
d)bitumlash, sålikatlash.  
  
 
 
2.2.Gruntlarni måxanizmlar bilan kavlash va tashish usullari. 
Gruntlarni buldozårlar, skråpårlar va ekskavatorlar bilan 
kavlash.Gruntlarni måxanizmlar bilan qayta ishlash. 
 
Hozirgi zamon qurilishida år ishlari  år qaziydigan va qazib 
tashiydigan måxanizmlarda bilan bajariladi. 
År qaziydiganlarga bir cho`michli va ko`p cho`michli 
ekskavatorlar kiradi. Bir cho`michli ekskavatorlar to`g`ri cho`michli, 
tåskari cho`michlilar bilan jihozlangan. Ekskavator cho`michini hajmi 
– 0,5; 0,65 va 1.0 m
3

Bir cho`michli ekskavatorlar qanotli ilgak bilan jihozlangan 
bo`lishi mumkin, u gruntni zichlashda, muzlagan gruntni 
yumshatishda, daraxt ildizlarini qo`porishda, qoziq oyoqlarni 
qoqishda kång qo`llaniladi. Ekskavatorning ishlayotgan joyini zaboy, 
qazib o`tgan joyni – proxodka dåyiladi.  
Ekskavatorni ish davri gruntni cho`michga yig`ish, burilish, 
cho`michdan gruntni to`kish va zaboyga qaytish jarayonlar 
yig`indisidan tashkil topadi. 
Qazish jarayonida handak asosidagi gruntni yaxlitligini buzilish 
oldini olish maqsadida ekskavator asosni but qilib qoldiradi, to`g`ri 
cho`michli, tåskari cho`michli va draglayn uchun handak tubidan 
loyiha nishonigacha 10,15 va 20 sm qoldiriladi. 
Gruntlarni kavlash usullari – halqa, moksimonxalqa va burilib 
Zaboy xillari: påshona, yonlama. 
Ekskavatorlarni qo`llash. Ekskavatorlar ularni jihoziga qarab 
qo`llaniladi. 
To`g`ri cho`michli êavlash usullari – påshona yoki 
yonlama,uzunasiga, parallål yoki ko`ndalangiga o`tishi V eniga 
bog`liq: 
agarda V – 1,5 R
kås 
gacha – o`zi to`kar mashina bir tarafdan 
joylashadi, påshona usul bilan kavlab o`tiladi; 
agarda V – 2 dan – 2,5 R
kås
 gacha -kång påshona kavlab 
o`tiladi, ekskavator siniq chiziq bo`ylab harakatlanadi. 
agarda V – 2,5 dan – 3,6 R
kås
 gacha – ekskavator handakni 
ko`ndalang harakatda kavlaydi. 
agarda V – 3,5 R
kås
 ekskavator avval påshona, kåyin yonlama 
kavlab o`tadi. 

 
23
Draglayn va tåskari cho`michli ekskavator handakni yon 
tomonlama va yonlama kavlab o`tadi. 
Agarda V – 1,3 R
kås
 – o`zi to`kar mashinalar bir tomonga 
joylashadi. 
agarda V – 1.6   1.7  R
kås
 – o`zi to`kar mashinalar ikki 
tomonga joylashadi. 
To`g`ri kavlab o`tishdan tashqari ko`ndalang – moksimon va 
bo`ylama – moksimon sxåmalaridan foydalanish mumkin, 
ko`ndalang – maksimal o`yma tubida joylashgan o`zi to`kar 
mashinani har bir tarafidan navbatma-navbat grunt yig`ib oladi. 
Bo`ylama – moksimon sxåmasida draglayn, båvosita o`zi to`kar 
mashinani orqa dåvorida joylashgan gruntni qazib olib va cho`michni 
ko`tarib kuzovga ag`daradi. 
 
Buldozår bilan år ishlarini bajarish 
 
Buldozår – davriy harakat qiluvchi, qazib tashiydigan mashina, 
quyidagi opåratsiyalarni bajarishga mo`ljallangan: gruntlarni kåsish, 
surish, to`kish va joylash. 
Buldozårdan unumli foydalaniladigan joylar:balandligi 2 m 
gacha bo`lgan tukma barpo etish;handak, o`yma va zovur kavlash;år 
osti boyliklarini ochish;tog` yon bag`ridagi gruntlarni surish;unumdor 
qatlamni surish;handak va zovur chåtlarini qayta to`ldirish;o`ymalarga 
chiqish, handaklarga tushish yo`lini barpo qilish;maydonni 
loyihalashtirish;gruntni tåkislash; 
Buldozårni to`liq ish davri:gruntni surish;to`kish;zaboyga 
qaytish; 
Maydon va uzun inshootlar qurilishida buldozårlar tayyorgarlik 
va yordamchi ishlarni bajarishda qo`llanadi; 
-daraxtlarni ag`darishda, shox-shabbalarni kåsishda, ildizlarni 
olib tashlashda; 
-vaqtinchalik tuproq yo`llarni o`tar qismini tåkislashda, 
qiyaliklarni tåkislashda, muzlagan gruntlarni yumshatishda. 
 
 
Buldozårlar tasnifi 
 
Surguchlarni o`rnatilishi bo`yicha buldozårlar: buralmaydigan va 
buraladiganlarga bo`linadi. 
Surguchni boshqarish bo`yicha 2 guruhga ajraladi: yo`g`on 
arqon-blokli va gidravlik. 
Bajariladigan ishlarni ko`rinishiga qarab buldozårlarni mustaqil 
ravishda, xuddi asosiy mashinaday va yordamchi mashina sifatida 
ishlatish mumkin. 

 
24
Gruntni surish masofasi, traktorni turiga va uni dvigatålini 
quvvatiga qarab 50-150 m ga tång. 
Buldozårni to`liq ish davri. 
Gruntni qirqib olish quyidagi sxåmalar bo`yicha bajariladi: 
-to`g`ri burchakli; 
-ponasimon; 
-pog`onasimon; 
Gruntlarni o`ymadan uyumga surish tavsiya etiladi: agarda 
surish masofasi 50 m gacha bo`lsa –zovur sxåmasida, oraliq uyumsiz; 
Agarda surish masofasi 50 dan 100 m bo`lsa zovur sxåmasi 
bo`yicha, surgichni oraliq to`kmalarda to`ldirish bilan; 
Gruntlarni qazishda eng kång tarqalgan usul – mok sxåmasi, 
bu usulda qazishda gruntni to`g`ri, qiyshiq; ilonizi bo`yicha surish 
mumkin. 
Surganda yig`iladigan gruntni hajmini oshirish uchun va surish 
jarayonida gruntni to`kilishini kamaytirish uchun, quyidagilar tavsiya 
etiladi: 
-surguchni kångaytiruvchi moslama qo`llash. 
-surguchni yuqori qismiga to`siq yoki maxsus soyabon 
o`rnatish; 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling