Qurilish muhandisligi


Burg’ulash ishlarini olib borishda texnik xavfsizligi qoidalari


Download 401.17 Kb.
bet15/16
Sana16.06.2023
Hajmi401.17 Kb.
#1500609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ADHAM

8.3.Burg’ulash ishlarini olib borishda texnik xavfsizligi qoidalari
Burg’ilash ishlari texnik hujjatlarga (loyihalarga, burg’ilash-portlatish ishlari pasportlarga) muvofiq, quduqlarni burg’ulash esa har bir burg’ilash usuli uchun namunaviy yo’riqnomalar asosida korxona tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomalarga muvofiq ravishda bajarilishi kerak.Burg’ulash stanogi pog’onaning qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga o’rnatilishi, quduqlarni birinchi qatorini burg’ulashda esa uning zanjiri pog’onani yuqori chetidan kami bilan ikki metr masofada va chetga perpendikulyar holga keltirilib joylashtirilishi kerak.Yig’ishtirilmagan portlatilgan kon massalaridan iborat tirkama devor bilan ishlar bajarishda pog’onani yuqori chetidan burg’ulash stanogigacha bo’lgan masofa chegaralanmaydi.Tirkama devorsiz ish bajarishda quduqlarni birinchi qatori uchun burg’usi sharoshkali bo’lgan burg’ulash stanogini o’rnatish masofadan amalga oshirilishi kerak. Stanok domkratining tagiga ma’dan va jinslar bo’laklarini qo’yish taqiqlanadi.Burg’ulash stanogini elektr simlarining ostidan va o’tish joylaridan harakatlantirishda machtasi tushirilgan, burg’ulash asbobi echilgan yoki ishonchli mahkamlangan bo’lishi kerak.
Yong’in va zaharli modda chiqarishga moyil kon jinslarida termik burg’ulash stanogi bilan quduqlar burg’ulash taqiqlanadi. Burg’ulangan quduqlar uchastkalarining odamlar o’tadigan va avtotransport yuradigan tomoniga ogohlantirish belgilarini qo’yish kerak. Bunday uchastkalarni to’siqlar bilan o’rash tartibi karer bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.
8.4. Portlatish ishlarini olib borishda texnik xavfsizligi qoidalari
Portlatish ishlari karerlarda me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga rioya qilingan holda bajarilishi kerak.Portlatish ishlarini olib boruvchi korxonalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizastiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2004 yil 5 mart, 109–sonli qaroriga muvofiq portlovchi va zaharli modda, materiallar, ular qo’llanilgan mahsulotlar, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, tashish, saqlash va sotish bo’yicha faoliyat uchun listenziyaga ega bo’lishi kerak.Yoppasiga portlatish O’zbekiston Respublikasi «Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi tomonidan tasdiqlangan va u bilan kelishilgan yo’riqnomalar talablariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. Yoppasiga portlatishni qo’llash bilan portlatish ishlarini olib boruvchi har bir korxona aniq sharoitlarda yoppasiga portlatish loyihalari va pasportlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanuvchi Namunaviy burg’ulash-portlatish ishlari loyihasi ega bo’lishi va portlatish ishlarini bajaruvchi xodimlar unga imzo chekib tanishishlari kerak.Portlatish ishlarini olib borishda portlovchi moddalar, portlatish ishlari mexanizastiya vositalari, jihoz, qurilma, asbob va apparaturalaridan faqat standartlar (texnik shartlari) ega bo’lgan va Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi ruxsatnomasiga boriga ruxsat etiladi.Portlatish ishlari yozma topshiriq (naryad) va tegishli yozma topshiriq (naryad)-yo’l varag’i bo’yicha muhandis-texnik xodim rahbarligida portlatuvchilar tomonidan bajarilishi va faqat ishlar xavfsizligi bo’yicha qoidalar va yo’riqnomalar talablariga javob beradigan joylarda o’tkazilishi kerak.Portlovchi moddalarni omborlardan karerdagi ish joyiga etkazish, korxona rahbari (portlatish ishlari rahbari) tomonidan belgilangan yo’nalish bo’yicha bajarilishi kerak.Xavfli hudud ishga tushirilishidan oldin, uni chegaralariga qo’riqlashni ta’minlaydigan postlar qo’yilishi, zaryadlash va portlatish tarmog’ini montaj qilish bilan band bo’lmagan kishilar xavfli joydan texnik nazorat shaxsi tomonidan chiqarilishi kerak.Portlatish ishlarini olib borishda odamlarni ogohlantirish uchun tovushli, bundan tashqari qorong’i paytlarda nurli signalni ham berish zarur.



Download 401.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling