Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari bob. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari


Download 1.4 Mb.
bet168/305
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1475289
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   305
Bog'liq
Бошка тармокларда бухгалтерия хисоби (1)

Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining vazifalari

Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari buxgalteriya hisobining obyektlari bo‘lib asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlari, ularni tashkil qiluvchijarayon vaoperatsiyalar, faoliyat turlarining olib borilishini ta’minlovchi aktivlar.aktivlarni tashkil topish manbalari. shuningdek erishilgan moliyaviy natijalar hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining ushbu obyektlari avtotransport korxonalarida, bir tomondan, o‘ziga xos xususiyatlarga, ikkinchi tomondan esa, barcha korxonalardagi umumiy j ihatlarga ega.
Avtotransport korxonalari asosiy faoliyatini bevosita avtotransport vositalari bilan bog‘liqligi buxgalteriya hisobidan avvalambor ushbu vositalarning mavjud holati va harakati, ular yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar, olingan daromad va qilingan xarajatlar, avtotransport xizmatidan erishilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamiash kabi funksiyalarni bajarishni taqozo etadi. Bundan tashqari hisob xodimlari avtotransport vositalari ish faoliyatini soniy vasifatjihatdan ifodalovchi ko‘rsatkichlarni doimiy nazorat vatahlil qilish, nazorat vatahlil natijalarini tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida rahbariyatga hamda boshqa foydalanuvchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish kabi funksiyalarni ham bajarishlari lozim.
Avtotransport tomonidan bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar naqd hamda naqdsiz pulga amalga oshiriladi. Avtotransport korxonalari tomonidan naqd pulga ko‘rsatilgan xizmatlar aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlarning muhim turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu pullik xizmatlarning hajmi avtotransport korxonalarining kassasiga topshirilgan pul miqdori bilan, shuningdek sotilgan yo‘l chiptalari, talonlar hamda haydovchilar tomonidan yo‘ Ida yoqilg‘i sotib olish uchun sarflangan yo‘l puli miqdoridan iborat bo‘ladi. Naqdsiz pulga avtotransport xizmatlari tuzilgan shartnomalar asosida ko‘rsatiladi. Ushbu xizmatlar hajmi buyurtmachilarga taqdim etilgan va ular tomonidan to‘lov uchun qabul qilingan schot-fakturalar asosida aniqlanadi. Ushbu xususiyatlar avtoxo‘jaliklarda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmini hisob-kitob va to‘lov turlari bo‘yicha alohida-alohida hisobga olish zarurati borligidan darak beradi.
Avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larni qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ga tortishda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Chunonchi, birgina avtotransport yordamida yo‘lovchi tashishda shahar ichi marshrutlaridan tushgan tushumlar QQSga tortilmaydi. Shaharlararo va shahar hududidan 10 kilometrdan ortiq masofadagi manzillarga yo‘ lovchi tashishdan tushgan tushumlar QQSga tortiladi. Yuk tashishdan tushumlar ularning shahar ichi yoki shaharlararo qatnovidan qat’i nazar QQS to‘lovchi avtotransport korxonalarida QQSga tortiladi. Avtotransport tomonidan bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)larni QQSga tortishdagi ushbu xususiyatlar buxgalteriya hisobi oldiga avtotransport korxonalarida QQSga tortiladigan hamda unga tortilmaydigan daromadlarni alohida hisobga olish talabini qo‘yadi.
Avtotransport korxonalari faoliyatida transport vositalarining muhim ahamiyatga molikligi haydovchilar hamda boshqa texnik xodimlar mehnati va ular mehnatiga haq to‘lashni tashkil qilishda o‘ziga xos yondashishni talab qiladi. Chunonchi, avtotransport vositalarini ekspluatasiya qilish hamda ular butligini vaishga loyiqligini ta’minlash zarurati, avtotransportning turlari, markalari, ularning yuk tashish imkoniyatlari, boshqarish daraj asining murakkabligi, maxsus razryadlarni talab qilishligi yoki qilmasligi, ishlash rej imlari va shu kabi boshqa omillar avtoxo‘jaliklarda mehnatni tashkil qilishning mos ravishda moddiy javobgarlikning yakka hamda brigada shakllaridan keng foydalanishni, shuningdek mehnatga haq to‘lashning ishbay va vaqtbay turlarini keng qo‘llashni taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar avtoxo‘jaliklarda mehnat va mehnatga haq to‘ lash hisobini tashkil qilishda maxsus yondashishni zarurat qilib qo‘yadi.
Avtotransport vositalarining ish faoliyati ularni harakatga keltiruvchi yoqilg‘i, yog‘lash materiallari, ehtiyot qismlar va shu kabi boshqa moddiy boyliklarning tegishli miqdorda mavjudligiga, ularning butligi, sifati va boshqa jihatlariga bogliq. Shu bois ham ushbu aktivlar hisobini to‘g‘ri tashkil qilish avtoxo‘jaliklar faoliyati iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobi oldida turgan asosiy vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • avtotransport vositalari holati hamda harakatini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish, ular asosida transport vositalarining tahliliy va sintetik hisobini yuritish;

  • avtotransport vositalarining ish faoliyati, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lardan olingan daromadlarni hisobot davrlari bo‘yicha hisobga olish, ularni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish;

  • avtotransport vositalarini ekspluatasiya qilishga doir xarajatlarning tizimli hisobini yuritish, hisob ma’lumotlari asosida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larning haqiqiy tannarxini aniqlash;

  • avtotransport vositalari faoliyatini uzluksizligini ta’ minlash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish zaxiralari (yoqilg‘i, yog‘lash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqalar) holati hamda harakatiga doir boshlang‘ich hujjatlar, moddiy hisobotlar, shuningdek hisob registrlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tuzilishini ta’minlash;

  • avtotransport yordamida naqdsiz pulga bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar bo‘yicha hisob-kitoblarni barcha buyurtmachilar bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘g‘ri olib borish;

  • ko‘rsatilgan avtotransport xizmatlaridan olingan naqd pul tushum!arini korxona kassasiga kirim qilinishini, naqd pul hisobidan haydovchilar tomonidan avtomobil yoqilg‘ ilarining xarid qilinishi, pul mablag4 larining bankmuassasasigatopshirishini to‘g‘ri vao‘z vaqtida hujjatlashtirish;

  • avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilganxizmat)lardan erishilgan moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri shakllantirish, ularni buxgalteriya schotlari va hisobot shakllarida to‘g‘ri aks ettirish;


  • Download 1.4 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling