Qurilishda mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Roziqberdiyev M. “Qurilish konstruksiyalari” 2. Abduxalil Qayumov “Landshaftli qurilish”
ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Special issue | 2022 “Raqamlashtirish davrida mediata’lim va mediakompetensiya” Analytical Journal of Education and Development 44 qarab tekshirish nazorati: texnikaviy ko`zdan kechirish; Mahsulot sifatining ko`rsatkichi deb, mahsulot sifatiga kiruvchi bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilishi va ishlatilishi yoki iste'molidagi muayyan sharoitlarga qo`llanilishini qurilishiga aytiladi. Sifat ko`rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim: turg`unligi; rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi; fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi; muayyan vazifasiga ko`ra ma'lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi. Mahsulot sifatining darajasini baholash uchun mahsulotlar ikkita turkumga bo`linadi: 1. turkum. Foydalanishda sarflanadigan mahsulot. 2. turkum. O`z resursini sarflaydigan mahsulot. 1-turkum mahsulotlari vazifasi bo`yicha foydalanish jarayonida sarflanadi. Odatda, qayta ishlash qaytmas jarayon hisoblanadi;(xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar), yoqilg`ining yonishi, oziq-ovqat mahsulotlarini o`zlashtirilishi, ayrim vaqtda ko`tariluvchi jarayon ham bo`lishi mumkin (masalan, erituvchilarni reko`peratsiya va regeneratsiyasi). Vazifasi bo`yicha 2-turkum mahsulotlaridan foydalanishda, uning resursi sarflanadi. Bu holda mahsulot texnikaviy va ma'naviy eskirishi hisobiga foydalaniladi. Mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi omillarni to`rt toifaga bo`lish mumkin: texnikaviy; tashkiliy; iqtisodiy; Ijtimoiy. Texnikaviy omillarga uskunalarning jihozlanish, asboblarning hamda nazorat vositalarining, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, yarim fabrikalarning sifati va shunga o`xshashlar kiradi. Tashkiliy omillarga rejali, bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta'mirlash; materiallar, komplektlanuvchi buyumlar, jihozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta'minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish; ovqatlanish, ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. Iqtisodiy omillarga mehnatga haq to`lash shakllari, oylik maoshning miqdori; yuqori sifatli mahsulotni va ishni moddiy raqobatlantirish, mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish, uning sifat darajasi, tannarxi, mahsulotning bahosi va shunga o`xshashlar kiradi. Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish, malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy- texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o`zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi. Mahsulot sifatini tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida- tadqiqot va loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda, muomalada, iste'molda yoki ishlatishida namoyon bo`ladi. ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Special issue | 2022 “Raqamlashtirish davrida mediata’lim va mediakompetensiya” Analytical Journal of Education and Development 45 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Roziqberdiyev M. “Qurilish konstruksiyalari” 2. Abduxalil Qayumov “Landshaftli qurilish” 3. M. Miralimov “Arxitektura” 4. I.E.Ro’ziyev “Arxitektura-qurilish chizmachiligi” Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling