Qurilishda mahsulot sifati va sifatni boshqarish
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURILISHDA MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH Durdimurodova Go’zal
ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Special issue | 2022 “Raqamlashtirish davrida mediata’lim va mediakompetensiya” Analytical Journal of Education and Development 43 QURILISHDA MAHSULOT SIFATI VA SIFATNI BOSHQARISH Durdimurodova Go’zal Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti talabasi Qurilish davomida mahsulotning sifati muhim ahamiyatga ega. Sifatni tekshirish orqali qurilayotgan binolarning sifati kafolatlanadi. Mahsulotni sifatini nazorat qilish quyidagi turlardan iborat bo’ladi: 1. Texnologik jarayon nazorat qilishni o`tkazish joyi, vaqtiga qarab quyidagi (nazorat qilish bosqich)lariga bo`linadi: Dastlabki nazorat – keladigan ashyolar, buyumlar, qurilmalar, grunt va boshqalarni, shuningdek texnikaviy hujjatlarni nazorat qilish. Nazorat qilish ko`pincha ro`yxatga olish usuli bilan (sertifikatlar bo`yicha), kerak bo`lgan hollarda esa o`lchash usuli bilan amalga oshiriladi; Operatsiyaviy nazorat- ishlarni amalga oshirish jarayonida yoki ishlar bevosita tugatilgandan so`ng, bajariladigan nazorat daftarlarida va ushbu tashkilotda ishlatayotgan sifatni boshqarish tizimi ko`zda tutgan hujjatlarda qayd qilinadi; Qabul qilish nazorati – ob’yekt qurilishining yoki ob’yekt qurilishi bosqichlarining, yopiq ishlarining va boshqa nazorat ob’yektlarining tugallanishi bo`yicha nazorat ob’yektining ishlatishga yoki keyingi ishlarni bajarishga yaroqliligi haqida hujjatlashtirilgan xulosa qabul qilinadi. 2. Nazorat qilinadigan ko`rsatkichlarning qamroviga qarab quyidagilar (nazorat hajmlar)ga bo`linadi: Yaxlit nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotlarning barcha miqdori (barcha choklar, barcha qoziqlar, barcha qurilmalar, zaminning barcha sirtlari va b.) tekshiriladi; Tanlama nazorat – bunda nazorat qilinadigan mahsulotning qandaydir miqdori (tanlamasi) tekshiriladi. Tanlash hajmi qurilish me'yorlari va qoidalarida, loyihada va boshqa hujjatlarda belgilanadi. Agar qurilish me'yorlarida nazorat qilish nuqtalari tasodifan joylashishi talab etilsa, tanlash "sochma" usulda, nazorat qilishga ko`rsatilgan mahsulotlar uchun GOST 18321-73 bo`yicha belgilanadi. 3. Nazorat qilishning davriyligiga qarab quyidagi(nazorat qilish davriyligi)larga bo`linadi: Uzluksiz nazorat – texnologik jarayonning nazorat qilinadigan ko`rsatkichi haqida axborot uzluksiz keladi; Davriy nazorat – nazorat qilinadigan ko`rsatkich haqida axborot ma'lum vaqt oralig`ida keladi; Bir lahzali nazorat – asrash, buzilishdan saqlash, ko`pincha yaxlit, tanlama yoki davriy nazoratlarni qo`llash maqsadga muvofiq bo`lmaganda tasodif vaqtida (epizodik) bajariladi (masalan, xandakni ko`mish vaqtida gruntning zichligini nazorat qilish). 4. Maxsus nazorat qilish vositalaridan foydalanishiga qarab quyidagi (nazorat usul) larga bo`linadi: o`lchash nazorati, o`lchash nazoratlarini ishlatib, shu jumladan laboratoriya jihozlaridan foydalanib bajariladi; Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling