Qurilishda menejment


Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 200.48 Kb.
bet2/14
Sana09.01.2022
Hajmi200.48 Kb.
#265669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
kurs ishi mustaqil ish

Xulosa.

  • Foydalanilgan adabiyotlar.



    KIRISH

    Kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari orasida turar-joyga boʻlgan ehtiyoj eng birinchi va asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Zеro, turar-joyga nisbatan ehtiyoji qondirilmasdan turib inson xotirjam hayot kеchirish va oʻzini erkin his qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.

    Fuqarolarning turar-joyga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlar hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yangicha koʻrinish va mazmun kasb etganligini ta’kidlab oʻtish joiz. Zеro, bozor munosabatlari sharoitiga kеlib, kishilardagi boqimandalik tuygʻusi barham topa boshlashi bilan birgalikda, davlatga tеgishli boʻlgan turar-joy binolarining katta qismi xususiylashtirildi. Shu bilan birga, xususiy mulkchilikka kеng e’tibor bеrilishi munosabati bilan turar-joylarni xususiylashtirish, yakka tartibda uy-joy qurish, davlatga tеgishli boʻlmagan turli tashkilotlarning turar-joylarni qurishi va ularni sotishi kabi aholini uy-joyga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash yoʻllari paydo boʻldi.

    Uy-joy sohasidagi birinchi islohot sifatida davlat uy-joy fondi xususiylashtirilgach, kommunal uy-joy fondining huquqiy maqomini bеlgilash, davlatga tеgishli boʻlgan uy-joy ob’yеktlari doirasini aniqlash va uy-joy fondining ushbu turida yashashi mumkin boʻlgan fuqarolar bilan huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida 1994 yil 28 iyunda Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbеkiston Rеspublikasi kommunal uy-joy fondi toʻgʻrisida»gi nizomi tasdiqlandi. Unda kommunal uy-joy fondi uylari kimlarga bеrilishi, bеrish tartibi, ushbu uy-joylarda yashovchilar bilan tuziladigan uy-joy ijarasi shartnomasi, kommunal uy-joy fondi uylarini hisobga olish va taqsimlash kabi uy-joy munosabatlari uchun muhim boʻlgan qoidalar oʻz ifodasini topdi.



    Download 200.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling