Qurilishda mexnat muxofazasining o’rni


Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish loyixasini tuzish


Download 49.14 Kb.
bet6/6
Sana10.12.2021
Hajmi49.14 Kb.
#179744
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurilishda mexnat muxofazasining o

Obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish loyixasini tuzish
Shaharni obodonlashtirish bir qator tadbirlarni o’z ichiga oladi:

- yashash joylarida sanitariya-gigiena sharoitini yaxshilash

- jihozlar bilan taminlash

- ko’kalamzorlashtirish yordamida shahar muhitini sog’lomlashtirish.

Shaharni obodonlashtirish masalalari sog’lom, maqsadli va shahar aholisini yashash sharoitini yaxshilashdan iborat. Bu masalalarni echishda shahar ichki ko’rinishini obodonlashtirish ishlari funktsional - kenglik tuzulishi va ochiq maydonlarni predmetlar bilan jihozlash Landshaft dizaynida katta ahamiyat kasb etadi. Ekologik toza shaharni barpo etish xalqning merosi bo’lmish madaniy va tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish borgan sari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda.

Shaharni obodonlashtirish shahar qurilishi bilan uzviy bog’langan – shahar rejalashtirish nazariy va amaliy tuzilishi uning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Shahar qurilishining maqsadi hayotning ko’p jihatlariga qamrab oladi, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-qurilish, madaniy arxitektura, sanitariya-gigiena talablariga javob berishi, xalq xo’jaligini turli jabhalarida fan va texnikaning ohirgi yutuqlaridan foydalanishni o’z ichiga oladi. Shuning uchun shahar qurilishi jarayoni shaharning iqtisodiy va madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq.

Zamonaviy shahar ko’rinishi rivojlanishining asosiy yo’nalishlaridan biri – o’rab turgan shahar muhitini sog’lomlashtirish va saqlash yo’llarini izlab topishdir. Shahar sog’ lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida ikki ko’rinishni obodonlashtirish bilan bir qatorda ko’kalamzorlashtirishda ham katta e’tibor qaratilmoqda.

Yashil ko’chatlarning shahar qurilishidagi ahamiyati turlichadir. Bu yashil daraxt-ko’chatlar shahar bosim tartibining kuchli boshqaruv vositasi bo’lib xizmat qiladi; shahar shovqini bilan kurashishda foyda berishi mumkin, shaharning ayrim qismlari, hatto butun shahar manzarasining o’ziga jalb qilish barpo qiladi; insoning ahvoliga gigienik hamda psixalogig ta’sirini o’tkazadi. O’simliklar o’zining rangi, shakli, fakturasining rangbarangligi bilan arxitektura ansambllari atrofini bezab turadi, hamda xiyobonlar va itsirohat bog’lari memorchiligida muhim rol o’ynaydi.

Shaharning ko’kalamzorlashtirishni loyihalashrishda katta-katta massivlar barpo etib ularning sun’iy suv havzalari bilan birga qurish va sport qurilmalari barpo etishga harakat qilish kerak.

Bunday yashil ko’mplaekslar usullari yashil bog’lar alleyalar, hiyobonlar bilan to’ldirilishi kerak.

O’z vazifasiga ko’ra shaxarda ekiladigan yashil daraxt-ko’chatlar 3 toifa bo’yicha klassifikatsiya qilinadi.

1 - toifa – umumiy foydalaniladigan daraxt-ko’chatlar. Bu guruhga barcha shaharliklar foydalanadigan erdagi yashil yashil daraxt-ko’chatlar, madaniy va istirohat bog’laridagi, markaziy va hududiy hiyobonlardagi, qo’riqhonalardagi, shahar bog’lar, hiyobonlaridagi, ko’chalardagi ithonalar atrofidagi yashil ko’chatlar. Bu umumiy foydalanish uchun mo’ljalangan yashil ko’chatlar shahar iqlimini shovqindan, chang-to’zondan, ortiqcha quyosh radiaktsiyasidan asrab, ularning dam olishlari uchun sharoit yaratib beradi va madaniy ,siyosiy, ko’ngil ochar tadbirlar, fizkiltura mashg’ulotlari va sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etishga yordam beradi.

2 - toifa – chegaralangan xolda foydalaniladigan yashil daraxt-ko’chatlari. Bu toifani ishxona mamuriy binolar atrofidagi yashil ko’chatlar tashkil etib, bular jumlasiga o’quv dargohlari, ilmiy tadqiqot muassasalari, bolalar muassasalari, kasalxonalar, davlat-prafilaktika muassasalari atrofidagi yashil zonalar kiradi. Bu toifa ko’kalamzorlar ochiq havoda fizkultura bilan shug’ulanishga, bolalar o’yinlari tashkil etishga, mahsus ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga, odamlarning ishdan bo’sh vaqtlarida dam olishlari uchun mo’ljalangan.

3 – toifa: mahsus foydalanishga mo’ljalanganyashil ko’chatlar. Bu toifadagi ko’chatlar qatoriga sanoat korhonalar atrofida ximoya zonalarini,ko’cha bo’ylab ekinlar ko’chatlarni, avtomobil yo’lari, qabristonlardagi, botanika va zoologiya bog’laridan, gulchilik ho’jaliklaridagi ko’kalamzorlar kiradi va tashkil etadi. Ko’chatlarning qaerga o’tkazilishiga qarab daraxtlar navlari va ko’chatlar navlari ajratiladi. Bu mahsus yashil ko’chatlar sanoat korhonalarining nohush ta’sirlarini kamaytiradi, transport vositalarining zararli islaridan himoyalaydi, shamoldan,chang-to’zondan,qor bo’ronlaridan, sel toshqinlaridan asrab,landshaft barpo etadi.

Umumiy foydalanish uchun mo’ljalangan ko’chatlar shaharni ko’kalamzorlashtirishning muhim daraja ko’rsatkichi hisoblanadi. Juda yahshi ko’kalamzorlashtirilgan shahar deb,har bir aholiga 20-30 m umumiy foydalanishga mo’ljalangan ko’kalamzor zonasi bor shahar ataladi. Istirohat bog’lari, hiyobonlar, bog’lar aholining dam olishi uchun mo’ljalanadi. Odatda istirohat bog’lari hududida daraxtlar, suv havzasi bor bo’lgan, barcha aholi uchun borishga qulay bo’lgan erlarda tashkil etiladi. Istirohat bog’lari orasida bolalar bog’lari, umumiy foydalanishga mo’ljalangansport sport hiyobonlari uchraydi. Shu bilan bir qatorda yana boshqa hil bog’lar, yashil batanika bog’i, hayvonot bog’i, oymomo bog’, tarixiy bog’lar, ko’rgazma bog’lar mavjudir. Bunday bog’larning borligi shahar axolisining yurmosh jihatlari, tabbiy sharoiti, uning nima uchun mo’ljalanganligi haqida darak beradi.

Turar joy rayonlarida, mikrohududlarda barpo etilgan bog’lar axolining kunda dam olishlariga mo’ljalangan. Ularning ko’p qismi turli o’yin va dam olish uchun mo’ljalangan ko’kalamzor bo’lishi kerak.




Download 49.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling