Qurilishni boshqarish fakulteti «Uy-joy kommunal xo’jaligi» fanidan Mustaqil ishi Mavzu


Download 210 Kb.
bet4/8
Sana04.05.2023
Hajmi210 Kb.
#1425280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Baratov Shahobiddin 18.04.23

Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi


  • XV asr. 1103 yilda G‘ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va sofiylik tariqati shayxi Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlari sharafiga bag‘ishlab 1433 yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida,hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan. Hazrat xalq orasida "Xojayi jahon" nomi bilan mashhur tasavvufga oid bir qancha asarlar muallifidir. 

Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi


  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan buyuk alloma Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileyi o‘tkazilishi munosabati bilan 2003 yilda G‘ijduvon shahri markazi xamda Abduxoliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi qayta ta’mirlandi va atrof hududlari obodonlashtirildi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa ta’mirdan chiqdi. Ansambl atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, G‘ijduvon shahrinig markazida go‘zal xiyobon tashkil etilgan.

Bahouddin Naqshbandiy maqbarasi


  • Bahouddin majmuasi - shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira — ansambl (Buxoro viloyati, 16-a.). Mozor Abdulazizxon buyrugʻi bilan tartibga solinib, hazira barpo etilgan va 1544 — 45 y.larda majmuaning eng katta binosi — xonaqoh qurilgan. B. m. daxmalar (Daxmai shohon va Baho-uddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, saqoxona, hovuz, quduq, minora, Madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan ibo-rat. Majmua kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan oʻtgach, oʻngda kichkina masjid, chap to-monda ziyoratchilar uchun turli binolar boʻlganligi maʼlum. Yoʻl davomida chapda xonlar mozori — Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, bal. 2.5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda marmar oʻymakorligi, xattotlik saiʼ-atining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar, sharafalar, sarv surati va b. bezaklar oʻyilgan; naqshlar baʼzida yozuvlar bilan aralash uchraydi. 

Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling