Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish


Quyidagilar me’yoriy baza bo‘lib xizmat qilishi mumkin


Download 218.13 Kb.
bet3/4
Sana27.01.2023
Hajmi218.13 Kb.
#1130156
1   2   3   4
Bog'liq
QURILISHDA KALENDAR REJALSHTIRISH( davomi)

Quyidagilar me’yoriy baza bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
• me’yorlar va narxlar;
• kalkulyatsiyalar;
• smeta tuzishga ishlatiladigan me’yorlar (QMQ, ERER);
• yiriklashtirilgan kompleks me’yorlar (UKN);
• bajariladigan ishlar bo‘yicha o‘lchov birliklari: tabiiy (m3/kishi-kun va h.k.),
qiymatli (so‘m/kishi-kun va h.k.) yoki hajmiy-konstruktiv (kishi-kun/qavat, kishikun/
kvartira va h.k.) bo‘lishi mumkin.
Ish muddati. TRni tuzishdan avval ishlarni amalga oshirish uslub (qo‘lda, kichik mexanizatsiya vositalari yordamida, kompleks mexanizatsiyalash; ketma-ket, parallel, oqim va sh.o‘.) va usullari (muayyan ashyo, buyum, konstruksiya, brigada tarkibi, qo‘llaniladigan texnik vositalar majmui) aniqlanib, mashina va mexanizmlar tanlangan bo‘lishi kerak. Taqvimiy grafikni tuzish jarayonida asosiy mashinalarni 2...3 smena (smena - ishchilarning bir sutkada mehnat qilish, ularni ish joyida boshqa ishchilar bilan almashinish muddati) davomida tanaffussiz ishlatish yo‘li bilan ulardan samarali foydalanish sharoitlarini ta’minlash talab etiladi.
Mexanizatsiyalangan ishlar muddati faqat mashinalar samaradorligidan kelib chiqib belgilanishi shart. Shu sababli avval ish maromi butun grafik qurilishiga asos bo‘ladigan mexanizatsiyalangan ishlar muddati, undan keyin qo‘lda bajariladigan ishlar muddati hisoblab aniqlanadi.
Mexanizatsiyalangan ishlar bajarilish muddati Tmex (kun) quyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi
Tmex=N/mash-sm (nmashm)
bu yerda: Nmash-sm – mashina-smenalarning kerakli miqdori ;
nmash – mashinalar soni;
m – bir sutkada ish smenalari soni (8 gr.).
Mashinalarning kerakli miqdori QMI hajmi va turi, hamda belgilab berilgan bajarilish muddatlariga bog‘liq.
Qo‘lda bajariladigan ishlar muddati, Tq (kun) ishlar mehnat sarfini Qkishi-kun (kishikun) zaxvatka xududini egallash mumkin bo‘lgan ishchilar soniga nk bo‘lish yo‘li bilan hisoblab topiladi
Tq=Qkishi-kun/nk
Zaxvatkada ishlashi mumkin bo‘lgan ishchilarning eng ko‘p miqdorini ishlarni bo‘lmalar (ishchilar zvenosi yoki alohida ishchi ishlaydigan joy soni)ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin bo‘lib, bunday bo‘lmalar o‘lchami zveno yoki alohida ishchining bir smenada bajaradigan ish miqdori (ish unumdorligi)ga teng bo‘lishi kerak. Bo‘lmalar sonini zvenolar tarkibiga ko‘paytirish mazkur zaxvatkada brigadadagi ishchilarning maksimal sonini beradi.
Ish muddatini qisqartirish quyidagi uchta cheklov ko‘rinishidagi chegaralarga
ega:
a) ishlar ko‘lami kattaligi;
b) ish kuchining yetarliligi;
v) ishlarning texnologiyasi.
Alohida ishlarning minimal muddati ularni bajarish texnologiyasi bilan
belgilanadi. Masalan, “nam” jarayonlarga ega bo‘lgan betonlash, suvoqlash va
bo‘yash kabi ishlar.
Brigada tarkibining hisobi muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Brigadaga yuklatilgan ishlar majmui belgilab olinadi (1 gr. bo‘yicha).
2. Majmuaga kirgan ishlarning mehnat sarfi hisoblab aniqlanadi (4 gr.).
3. Mehnat sarfi kalkulyatsiyadan ishchi kasblari va razryadlari bo‘yicha tanlab
olinadi.
4. Kasblarning ratsional o‘rindoshligi bo‘yicha tavsiyalar belgilanadi.
5. Bajariladigan ishni amalga oshirish uchun tanlangan yetakchi mashinaga zarur bo‘lgan vaqt asosida, 1 formulasi bo‘yicha yetakchi jarayon muddati aniqlanadi.
6. Zveno va brigadalarning miqdor tarkibi hisoblab aniqlanadi.
7. Brigadaning kasbiy-malaka tarkibi belgilanadi.
Brigadaning miqdor tarkibi yetakchi mashina unumdorligiga muvofiq bo‘lishi uchun hisob-kitob asosiga mashina ishining hisobiy vaqtidan kelib chiqib aniqlanadigan ishlar muddatini qabul qilish zarur.
Har bir zvenoning miqdor tarkibi nzv zvenoga ajratilgan ishlarning mehnat sarfi Qkishi-kun (kishi-kun) va yetakchi jarayon Tmex (kun) bajarilishining muddati asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.

Download 218.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling