Qurish va tarmoq taqdim etadigan xizmat turlari


Download 440.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi440.65 Kb.
#1788656
  1   2   3
Bog'liq
15-MA\'RUZA (1)



1
5-MA’RUZA. 4G TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARMOQLARNI
QURISH VA TARMOQ TAQDIM ETADIGAN XIZMAT TURLARI 
4G (WiMAX va LTE). V mobilnix4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100 
Mbit/sek. dan ortiq tezlikda ma‟lumotlarni uzatishga imkon beradigan 
texnologiyalarni kiritish ko„zda tutilgan. Keng ma‟noda 4G - bu yana ma‟lumot 
uzatuvchi umumiy ulanish tarmoqlariga (masalan, Internetga), shuningdek Wi-Fi 
(uning yangi standartlari) va WiMAX (nazariy jihatdan bu standartda tezlik 1 Gbit/
sek. dan ortishi mumkin) tarmoqlariga simsiz keng polosali ulanish texnologiyalaridir. 
Qiyoslab ko„rilsa, hozirgi kunda dunyoda keng tarqalgan GSM/EDGE (2G/
2,5G) sotali aloqa standartida ma‟lumotlarni uzatish tezligi 384 kbit/sek. ni tashkil 
etadi. Asosan Yevropa, AQSH va Osiyoning bir necha mamlakatlarida (Yaponiya, 
Tayvan, Singapur) keng tarqalgan 3,5G avlod tarmoqlarida tezlik 7-14,4 Mbit/sek. 
gacha yetib boradi (16.5-rasm). 
19.1-rasm. Mobil aloqa texnologiyalarida ma‟lumot uzatish tezliklarining 
evolyutsiyasi. 
To„rtinchi avlod tizimlarini avvalgi 3G tizimlaridan asosiy farqi shundaki, 
bu texnologiyalar ma‟lumotlarni to„liq paketli uzatish protokollariga asoslangan
3G tizimlari esa o„zida ham nutq, ham paket trafigini uzatish protokollarini 
birlashtirgan edi. XTI 4G tizimlarini uzatuvchi va qabul qiluvchi o„rtasidagi 
ma‟lumot almashish tezligini to„liq harakat sharoitida 100 Mbit/sek. gacha, 
cheklangan harakat sharoitida esa (uzatuvchi yoki qabul qiluvchi tarafidan) 1 
Gbit/sek. gacha tezlikka erishish imkonini beradigan simsiz aloqa texnologiyalari 
deb hisoblaydi. 4G tizimlarida ma‟lumot uzatish IPv6 (IP protokolining 6-
versiyasi) protokoli asosida amalga oshiriladi va bu tarmoqlarning o„zaro 
ishlashini, ayniqsa, agar ular turli texnologiyalarga mansub bo„lganda, sezilarli 
ravishda osonlashtiradi. Istiqbolda yuqorida ko„rsatilgan ma‟lumot uzatish 
tezliklarini ta‟minlash uchun 40 va 60 GGs diapazonlardagi yuqori chastotalardan 
foydalanish ko„zda tutiladi. Ammo yaqin kelajakda 4G tarmoqlari ko„proq 10 GGs 
dan pastki diapazondan foydalanadi. 
WiMAX texnologiyasi.Bugungi kunda Internetga ulanish uchun simsiz 
texnologiyaga o„tish kerak. Buning uchun ikki sabab mavjud. Birinchidan, agar 
Internetga simli ulanish mavjud bo„lmasa yoki qimmat bo„lganda odamlar uyidan 
yoki ofisdan (turg„un) Internetga ulanishni hohlaydi. Ikkinchidan, ular o„z sotali 
telefonlarini (mobil telefonlar) ishlatganda Internetga ulanish imkoniyati mavjud 
bo„lishi kerak. Bu ilovalar turiga mikroto„lqinli ulanish uchun global moslashuv 
(WiMAX - Worldwide Interoperability for Microwave Access) ishlab chiqilgan. U 
«oxirgi milya» simsiz keng polosali ulanishni ta‟minlaydi. 
IEEE 802.16 loyihasi. 2002 yilda simsiz keng polosali tizimni 
standartlashtirish uchun mo„ljallangan IEEE 802.16 loyihasi natijasi bo„lib 
`ˆÌi`Ê܈̅Ê̅iÊ`i“œÊÛiÀȜ˜ÊœvÊ
˜vˆÝÊ*ÀœÊ* Ê `ˆÌœÀÊ
/œÊÀi“œÛiÊ̅ˆÃʘœÌˆVi]ÊۈÈÌ\Ê
ÜÜÜ°ˆVi˜ˆ°Vœ“É՘œVŽ°…Ì“


WiMAX hisoblanadi. Ba‟zan bu standartni simsiz lokal tugun (wirelesslocalloop) 
deb atashadi. Keling, endi 802.16 va 802.11 loyihalarini taqqoslaylik. Birinchidan, 
802.11 standarti simsiz lokal tarmoqlar uchun mo„ljallangan bo„lsa, ikkinchidan, 
802.16 standarti simsiz WAN (yoki MAN) uchun mo„ljallangan. Birinchi holatda 
tayanch stansiya va xost orasidagi masofa juda cheklangan. Ikkinchi holatda esa, 
tayanch stansiya va abonent stansiyasi bir nechta kilometrlar uzoqligida bo„lishi 
mumkin. Eng oxirgi IEEE 802.16 versiyasi IEEE 802.16d va IEEE 802.16e deb 
ataluvchi ikki yangi standartni yaratdi. IEEE 802.16d turg„un WiMAX uchun 
mo„ljallangan va IEEE 802.16e mobil WiMAXni belgilaydi. Bu ikki yangi standart 
original 802.16 asosiy g„oyasini o„zgartirmaydi, ammo ikki xizmat xarakteriga 
yo„naltirilgan. 
Xizmatlar.WiMAX abonentlarga ikki turdagi xizmatlarni taqdim etadi: 
turg„un (fixed) va mobil (mobile). Turg„un WiMAX (FixedWiMAX). 19.2-rasmda 
turg„un xizmat g„oyasi ko„rsatilgan. Tayanch stansiya unumdorlikni optimallash 
uchun har turdagi antennalarni (umumiy yo„naltirilgan, sektorli yoki panelli) 
ishlatishi mumkin. WiMAXnurli adaptiv antenna tizimini (AAS - Adaptive 
Antenna System) ishlatadi. Uzatishda u o„z energiyasini abonent tomonga 
yo„naltirishi mumkin. Qabul qilishda esa u abonent tomonidan uzatilayotgan 
maksimal energiyani olish uchun abonent stansiyasi yo„nalishiga fokuslanishi 
mumkin. Turg„un xizmatni simli ulanishni ishlatadigan telefon yoki tarmoq 
kompaniyalari taqdim etadigan xizmatlari bilan taqqoslash mumkin. WiMAX 
yanada bir vaqtda uzatish va qabul qilishni ta‟minlovchi MIMO antenna tizimini 
ishlatadi. 
19.2-rasm. Turg‟un WiMAX. 

Download 440.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling