Quritish jarayonini tashkil etish usullari


Download 1.74 Mb.
bet8/9
Sana20.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1630520
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Quritish jarayonini tashkil etish usullari (1)

Purkovchi quritkichlar eritma, suspenziya va pastasimon materiallarni quritish uchun qo’llaniladi. Purkab quritish usulida sut kukuni, sut-sabzavot konstentratlari, xamirturish, tuxum kukuni va boshqa mahsulotlar olinadi.
Bunday quritkichlarda material maxsus moslamalarda purkaladi va issiqlik eltkich oqimida quritiladi (5.117-rasm). Materialning quritish zonasida bo’lish vaqti juda qisqa, lekin yuqori darajada maydalanganligi va namlikning bug`lanish tezligi kattaligi, uning tez qurishiga olib keladi. Shuning uchun, purkovchi quritkichlarda yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni qo’llash mumkin.

Quritish natijasida olingan mahsulot bir xil dispers tarkibli, sochiluvchan va mayda dispers bo’ladi.
Purkovchi quritkichlar kamchiliklari: gabarit o’lchamlari va energiya sarfi katta.
Materialni purkash mexanik yoki pnevmatik purkagichlar yordamida, hamda aylanish chastotasi 4000...20000 min-1 bo’lgan markazdan qochma diskda amalga oshiriladi. Quritkichda materialning bo’lish vaqti 50 s dan ortmaydi. Shu qisqa vaqt ichida issiqlik va massa almashinish jarayoni yuz beradi. Purkovchi quritkichlarda fazalar parallel va qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanishi mumkin. Bunday quritkichlar afzalliklari: yuqori temperaturali issiqlik eltkichlarni ham qo’llash mumkin.
Kamchiliklari: issiqlik eltkich sarfi katta bo’lgani uchun energiya va metall sarfi ham nisbatan yuqori; solishtirma namlik olish ko’rsatkichi juda past, ya’ni 20 kg/m3; material quritkich devorlariga yopishib qoladi; issiqlik eltkich tezligi nisbatan kichik, chunki katta tezliklarda mayda zarrachalar uchib ketadi.
Sublimatsiyali quritkichlar. Turli materiallardagi muz agregat holatidagi namligini vakuum ostida bug`ga (suyuqagregat holatidan sakrab) aylantirib suvsizlantirish jarayoni sublimatsiyali quritish deb nomlanadi. Sublimatsiyali quritish yuqori vakuum, qoldiqbosim 133,3...13,3 Pa (1,0...0,1 mm sim.ust.) bo’lgan oralik va past temperaturalarda o’tkaziladi.
Sublimatsiya quritish jarayonida material yuzasidan namlikning bug` agregat holatida tarqalish mexanizmi o’ziga xos effuziya usulida boradi. Effuziya usulida bug` molekulalarining erkin harakati davrida molekulalar bir-biri bilan o’zaro to’qnashmaydi.
Sublimatsiyali quritkich quritish kamerasi, kondensator-muzlatgich va vakuum nasosdan tarkib topgan (5.118-rasm.)
P lita ichida issiqsuv nasos yordamida stirkulyastiyali harakat qiladi. Quritilayotgan material tunuka tovalarda plita ustiga joylashtiriladi. Plita va tovalar orasida ma’lum havoli bo’shliqbo’ladi. Plitalardan tovalarga issiqlik nurlanish usuli (radiatsiya) hisobiga o’tadi.
Sublimatorda hosil bo’lgan suv bug`i va havo aralashmasi kondensator - muzlatkichga o’tadi. Bug`-havoli aralashma qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasining trubalar bo’shlig`ida, trubalararo bo’shliqda esa - ammiak stirkulyastiyali harakat qiladi. Qurilma trubalarida suv bug`lari avval kondensastiyalanadi, undan so’ng esa - muzlaydi. Sublimatsiyali quritkichlarda 2 ta kondensator-muzlatkich bo’ladi. Ular navbatma-navbat ishlaydi, ya’ni bittasida kondensastiya va muzlatish sodir bo’lsa, ikkinchisida hosil bo’lgan muz eritib yo’qotiladi.
Materialdan namlikni chiqarib yuborish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
1) quritish kamerasida bosim pasayishi bilan namlik o’z - o’zidan muzlaydi va materialdan chiqqan issiqligi hisobiga muzdan bug`ga aylanadi. Bu bosqichda 15% namlik yo’qotiladi;
2) namlikning asosiy qismi sublimatsiya yo’li bilan quritish jarayonining o’zgarmas tezlik davrida yo’qotiladi;
3) qoldiqnamlik materialdan issiqlik yordamida yo’qotiladi.
Sublimatsiyali quritish oz miqdorda past temperaturali (40...50S) issiqlik eltkich sarflanadi. Lekin, umumiy energiya va ekspluatastion sarflar boshqa quritish (dielektrik quritishdan tashqari) usullariga qaraganda yuqori.
Shuning uchun, bu quritish usuli qimmatbaho moddalar, yuqori temperaturaga chidamsiz va biologik xossalari uzoqmuddat davomida saqlanib turishi kerak bo’lgan materiallarni (go’sht, meva, sabzavot, medistina va farmastevtika mahsulotlari) quritish uchun ishlatiladi.
Energiya sarfi bo’yicha sublimatsiyali quritish, atmosfera bosimida quritishga yaqinroqturadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling