Qur’on Sura Oyat


Download 40.18 Kb.
Sana16.10.2023
Hajmi40.18 Kb.
#1704602
Bog'liq
Qur’on, sura va oyatlari ma’nosini hozirgi voqeligiga bog’lab es


Mavzu: “Qur’on, sura va oyatlari ma’nosini hozirgi voqeligiga bog’lab ess yozish”


Reja:

  1. Qur’on

  2. Sura

  3. Oyat



Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlar-ning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Qurʼoni Karim maʼlumotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Arab tilida

  • Muhammad alayhisalomga va butun insoniyatga tushirilgan

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi milodiy 610-yil boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta „Iqroʻ“ („Oʻqi“) deb boshlanuvchi „Alaq“ surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi.
Nozil boʻlish sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.
Qurʼonning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qurʼonning boʻlimlari sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism (arabcha: juz, forscha: pora)ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „Fotiha“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-Baqara surasi 286 oyatdan, eng qisqa Kavsar surasi 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 286-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 86 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 28 sura) ga ajratiladi.
Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan.
Musulmonlarning munosabati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muhammad alayhissalom Qurʼon oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaʼb xurmoning poʻstlogʻi, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga oʻxshash narsalarga Qurʼonni yozib borganlar. Paygʻambar hayotlik chogʻida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qurʼon jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Paygʻambarning vafotidan keyin Qurʼon kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi.
Kitob holatida jamlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Qurʼonni toʻliq yod olgan koʻplab qorilar halok boʻlib, Qurʼonning kelajak avlodga saqlanmay yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Qurʼonni kitob holiga keltirib, jamlab qoʻyish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Paygʻambar bilan koʻp vaqt birga yurgan sahoba, Qurʼonni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqalar Qurʼoni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli boʻlishiga harakat qilib, masjidda: „Kimning qoʻlida yozilgan Qurʼon boʻlsa va uni Paygʻambardan tinglaganiga ikkita guvohi boʻlsa, bizga olib kelsin, Qurʼonni jam qilishga xalifaning buyrugʻi boʻldi“, deb eʼlon qildilar. Ular masjidda oʻtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Qurʼon sahifalarini jamladilar. Soʻng koʻpchilikka koʻrsatdilar, hamma rozi boʻldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Qurʼonni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qoʻydilar. U olamdan oʻtgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan soʻng esa, qizi — Paygʻambarning xotini Hafsa binti Umar huzurida qoldi.
Usmon musʼhafi[tahrir manbasini tahrirlash]

Qur’on, IX asr
Vaqt oʻtishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Koʻplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni koʻpaygandan soʻng Qurʼonni oʻqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Qurʼonning „etti harf“ (lahja)da nozil boʻlgani ham sabab boʻldi. Hadisda taʼkidlanishicha, Jabroil Qurʼon oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli boʻlishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim soʻzlar boshqacha shaklda yozilishi va oʻqilishiga toʻgʻri kelgan. Bu holatni koʻrgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni soʻrab olib, undan bir necha nusxa koʻchirishga buyruq berdi. Qurʼon qiroatida farqli boʻlgan soʻzlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi.
Nusxalar tayyor boʻlgandan soʻng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga qori qoʻshib joʻnatildi, hammaga faqat shu nusxadan Qurʼonni koʻchirish va shu qoridan qiroat oʻrganishga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn Soibni, Shomga Mugʻiyra ibn Shihobni, Kufaga Abdurahmon Sulamiyni, Basraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan musʼhaf berdi. Madinada qolgan musʼhafdan odamlarga qiroat taʼlimi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa musʼhaf qoldi. Keyinchalik nusxa koʻchirish yoʻlga qoʻyilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy boʻldi. Pirovardida har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida „bu nusxa Usmon musʼhafiga muvofiqdir“, deb yozib qoʻyiladigan boʻldi. Qurʼon harflarini yozish uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Qurʼon harflariga biror nuqtachalik ham oʻzgarish kirmasin, degan maqsadda ulamolar musʼhaf ichiga hatto gul, daraxt bargi va shunga oʻxshash boshqa narsalarni mutlaqo qoʻyib boʻlmaydi, aks holda, oʻsha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo boʻlishi mumkin, deb fatvo chiqardilar.
Sura (arabcha: سورة — tizma, qator, qoʻrgʻon, manzil va sharaf maʼnosida) — faqat Qurʻonga xos tushuncha, uning boʻlimlari Sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Islom Ulamolari istilohida esa, Sura — Qurʼon oyatlarining boshlanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha qilib aytganda, Qurʼon oyatlarining qoʻrgʻon ila oʻralgandek bir toifasiga sura, deyiladi. Qurʼon suralardan iboratdir, sura Qurʼonning bir boʻlagi boʻlib, uch yoki undan koʻp oyatni oʻz ichiga oladi.
Qurʻonda 114 ta sura boʻlib, ulardan har birining oʻz nomi bor. Baʼzi suralarning ismi suraning avvalidagi soʻzdan olingan. Baʼzilariniki esa, oʻsha surada zikri koʻproq kelgan narsalarning nomiga qoʻyilgan. Qurʻoni karimdagi eng qisqa Sura Kavsar surasi boʻlib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi boʻlib, 286 oyatdan iboratdir. Qurʻon suralari ikki qismga boʻlinadi:
1. Hijratdan oldin tushgan suralar — „Makka suralari“ ((yoki Makkiy suralar) Makkada tushgan) deyiladi.
2. Hijratdan keyin tushgan suralar — „Madina suralari“ ((yoki Madaniy suralar) Madinada tushgan) deyiladi.
Oyat (arab. — ilohiy belgi, moʻʼjiza) — Qurʼon suralarining bandi. Islomga koʻra, O. Allohning oʻz elchisi Muhammadga vahiy qilib, bandalarga qoʻllanma sifatida yuborgan farmoyishi, moʻʼjizasi. Qurʼonning 7-asrga oid ilk nusxalaridayoq suralar O. larga boʻlingan va har sura doirasida tartib bilan raqamlangan. O.larning ayrimlari qisqa iboradan, baʼzilari bir necha jumladan tashkil topgan. Qurʼon O.larining soni 6236 ta ekani koʻproq manbalarda qayd etilgan. Ayrim O.lardan masjidlar, islom mamlakatlaridagi rasmiy idoralar va xususiy uylarning ichki va tashqi bezagi sifatida foydalaniladi. Qabrtoshlarga ham O. yozish uchrab turadi. Bir kancha O.lar va ularning qismlariga moʻʼjizakor, sexrli kuch sifatida qaralib, ulardan tumor qilingan; bunday O.lar oyat-ul hafz (himoyalovchi O.), oyat-ush shifo (shifo O.) deb ataladi.[1]
Download 40.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling