Quruqlik biomlarining asosiy turlari Reja
Download 17.72 Kb.
|
Yer shari quruqliklari biomlarining asosiy tiplari
Quruqlik biomlarining asosiy turlari Reja: Biosenozlarni yer sharida tarqalishini muhim faktorlariga bog`liqligi. O’simlik va hayvonlarning fiziologik o’xshashligi va hayot formalarini bir xilligi asosida ma’lum gruppalarga birlashtirilishi va ularni birlashtiradigan taksonomik birliklar. Zonal, introzonal va ekstrozonal. Biosenozlarni tarqalishi muhit faktorlariga bog`liqdir. Qkruqlik biosenozlarini tarqalishi eng avvalo yer sharining turli oblastlarida, temperatura va yog`inning taqsimlanishiga suv biosenozlarini tarqalishi esa, temperatura va sho’rlikni rejimiga bog`liqdir. Ma’lumki turli kontinentlarda, turli xil floristik va faunistik oblastlarda turli gruppa o’simliklar va hayvonlar yashaydi. Bundan, turli kontinentlarda o’xshash biosenozlarni tarkibi bir xil emas degan xulosa chiqarish mumkin. Ammo biosenoz tarkibiga kiradigan o’simliklar va hayvonlarning fizilolgig o’xshashligi, hayot formatlarini bir xilligi, ulrni ma’lum gruppalarga birlashtirishga imkon beradi. Biosenozlarni qanaqa taksonomik gruppalarga birlashtirish mumkin degan savol tug`iladi. Biosenozlarni stuktura asosini ko’pincha o’simliklar tashkil qilgani uchun, turli xil kattalikdagi taksonomik birliklar sifatida fitosenologiyada mavjud bo’lgan birliklardan foydalanish mumkin. Bu birliklar qatori qo’yidagilardir: assosiasiya, assosiasiya gruppasi, formasiya, formasiya gruppasi, formasiya sinfi, biosenoz tipi. Assosiasiya biosenozni eng kichik tipologig birligi hisoblanadi. U unga kiradigan biosenozlarni tur tarkibini bir xilligi, strukturasini bir xilligi va muhim faktorlarini bir xilligi bilan xarakterlanadi. Buni ma’nosi shuki biz bitta assosiasiyaga hayvonot va o’simliklarini tur tarkibi bir xil bo’lgan (bunday tarkib u yoki bu biosenozda faqatgina qisman birgina turni bo’lmasligi bilan farq kilishi mumkin) yaruslarini to’plami konsorsiyasi va sinuziyaisi bir xil bo’lgan biosenozlarni kiritamiz. Bundan tashqari bu biosenozlar, bir xil sharoitdagi yashash joyiga joylashgan bo’lishlari kerak. Assosiasiyalar assosiasiya gruppalariga birlashadilar. Bitta assosiasiya gruppasiga bitta yarusdan tashqari qolgan hamma yaruslarini tarkibi bir xil bo’lgan biosenozlar kiradi. Bitta assosiasiya gruppasiga yana hamma o’simlik yaruslari o’xshash bo’lganligi bilan bir vaqtda, hayvonot dunyosining biron gruppasiga ma’lum farq kuzatiladigan (masalan qush koloniyalarini borligi yoki yo’qligi) assosiasiyalarni ham kirgizish mumkin. Bunday holatda yarusdagi farq biosenoz edifikotorlari hukumron bo’lgan asosiy yarusni o’z ichiga olmasligi kerak. Assosiasiya gruppalari formasiyaga birlashtiriladi. Bitta formasiyaga edifikatori umumiy bo’lgan assosiasiyalar kiradi. Formasiyalari formasiya gruppalariga birlashtiriladi. Bitta formasiya gruppasiga edifikatorlari bir xil hayotiy formani tashkil qiladigan formasiyalar kiradi. Formasiya gruppalari, formasiya sinflariga birlashtiriladi. Bitta formasiya sinfiga edifikatorlari yaqin hayotiy formalardan tashkil togan formasiya gruppalari kiradi. Nihoyat formasiya sinflari biosenoz tiplriga birlashtiriladi. Bitta biosenoz tipiga ekologik o’xshashlikni umumiy belgilariga ega bo’lgan formasiya sinflari kiradi. Bu biosenozlar birlashmasining eng katta kategoriyasidir. Biosenologiyani turli kattalikdagi taksonomik birliklariga misollar keltirish mumkin. Masalan chernikali zelenomoshnik yel urmoni, yoki brusnikali zelenomoshnik yel o’rmoni, yoki kislisali zelenomoshnik yel o’rmoni, yoki lishaynikli yel o’rmoni assosiasiyalar hisoblanadi. Birinchi uch assosiasiya, yel o’rmonlari zelenomoshniklarni assosiasiya gruppasini tashkil qiladi. Yel o’rmonlari zelenomoshniklari, lishaynikli yel o’rmonlari bilan birgalikda, yoki ulikqoplamli yel o’rmonlari bilan birgalikda va hokazolar bilan yel o’rmonlari formasiyasini hosil qiladilar. Yel o’rmonlari yelli-pixtali va pixtali o’rmonlar bilan va Amerika yeli va pixtasi zotlaridan tashkil topgan o’rmonlar bilan qora ninabargli o’rmon formasiyasi gruppasini (tayga) tashkil qiladi. Qora ninabargli o’rmonlar formasiyasi gruppasi, yoruq ninabargli o’rmonlar formasiyasi gruppasi (bunga qarag`ay va tilog`ochli o’rmonlar kiradi) bilan birgalikda ninabargli o’rmonlarni formasiyalari sinfiga kiradi. Ninabargli o’rmonlar formasiyalari sinfi o’rmon biosenozlari tipini tashkil qiladi. O’simliklar qoplami va hayvonot dunyosining xilma-xil to’planishlari, boshqacha aytgandi biosenozlarning to’planishlari, Yerning geografik qobig`ini morfologik taqsimlanishiga to’g`ri keladi. Assosiasiyaning uchastkasi landshaftning fasiyasini egallaydi. Birinchi navbatdagi kompleks ya’ni alohida assosiasiyalar yig`indisi landshaftni oddiy urochiщasini tashkil kiladi. Ikkinchi navbatdagi kompleks ya’ni komplekslarga kirmaydigan ba’zi biosenozlarni ham o’z ichiga oladigan irinchi navbat komplekslarini yig`indisi landshaftning murakkab urochiщasiga to’g`ri keladi va hoqazo. Biosenozlarni va ularni komplekslarini yana ham kattaroq yig`indisi (to’plami) landshaftlarga hamda ularning birlashmalariga-okruglariga, provinsiyalariga, ulkalariga, podzonalariga va zonalariga to’g`ri keladi. Harbiy geografik zona doirasida o’sha zonaning biosenozlri o’rtasilda joylanishga qarab uch gruppa biosenozlar: zonal, introzonal va ekstrozonal biosenlzlar ajratilgan. Biz zonal biosenozlar deb o’sha zona uchun ko’proq tipik bo’lgan uchastkalarni ya’ni geomorfologlar tomonidan plakor uchastkalar deb ataydigan suvayirtg`ichli tekis past-tekis fozoni egallagan biosenozlarga aytamiz. Shu bilan birga (bizning fikrimizcha) zonal biosenozlar, tuprog`i gilli va suglinkali (ammo qumoq yoki qumloqlida emas) plakor uchastkalarda joylashgan. A.G. Voronov zonal sifatida biz atayin plakor uchastkalar biosenozlarini tanlab olamiz, chunki, biz shu bilan birga g`ayri iqlimiy bo’lgan bir qator faktorlar ta’sirini chiqarib tashlashga intilamiz (relyefni salbiy elementlarga suvni to’planib qolishi, daryo suvlari bosishi va hokazo) va shu yerda plakorlarda hamma g`ayri iqlimiy faktorlarni ta’siri eng kam bo’ladi, deb yozgan. (A.G. Voronov 1963. 290 b) Introzonal biosenoz (yoki aniqrog`i biosenozlarni introzonal formasiyalari) deb biz hyech qayerda o’z zonasini hosil qilmaydigan (boshqacha aytganda biron bir zona uchun zonal hisoblanmaydigan) ammo bir necha qo’shni zonallarda va hatto yer sharining hamma zonalarida ishtirok etadigan biosenozlar yoki formachiyalarni aytamiz. Introzonal formasiyalarga suv bosadigan o’tloqlar, botqoqlar, sho’rxoqlar va boshqk formasiyalari misol bo’la oldi. Shu bilan bir qatorda introzonal formasiyalar tomonidan hyech qanday ta’sir sezmaydi, ya’ni birinchi navbatda bu formasiyalar joylashgan zonani iqlimiy ta’sirini boshidan kechirmaydi deb aytish mumkin emas. Hyech qanday shubhasiz tayga zonasi botqoqliklarini biosenozi va dasht zonasining botqoqliklarini biosenozi bir-biridan o’simliklarini xususiyatlari bilan va bu yerda o’ya qo’yib yashaydigan va ovqatlanadigan qushlari bilan va boshqa bir qator belgilari bilan keskin farq qiladi, ammo ular qaysi zonada joylashgan bo’lmasin ularni ba’zi bir umumiy belgilari bo’ladi. Shu zonada joylashgan introzonal biosenozlarni, boshqa zonada joylashgan introzonal biosenozlari bilan o’xshash belgilari, shu zona intozonal biosenozlarini shu zonani zonal biosenozlari bilan o’xshash belgilariga nisbattan ancha ko’proqdir. Masalan Pechora va Volgani suv bosadigan o’tloqlari o’rtasidagi o’xshashlik. Pechorani suv bosadigan o’tloqlari va tayga biosenozlari o’rtasidagi yoki Volgani suv bosadigan o’tloqlari va keng bargi o’rmonlar yoki dashtlar biosenozlari o’rtasidagi o’xshashlikka nisbattan ko’pdir. Ekstrozonal biosenoz deb, shu terminni ishlab chiqqan I.K. Pachosskiy (1915), o’z zonasi doirasidan chiqib ketgan zonal biosenozni hisoblar edi. Buning ma’nosi shuki, Pachosskiy bo’yicha ekstrozonal o’simliklar o’z plakor yashash joyi uchun xarakterli bo’lgan zonadan shimolda va janubda zonal bo’lmagan holatni egallaydi. Ekstrozonal o’simliklar to’g`risidagi bu tushunchalarni biz to ekstrozonal biosenozlari to’g`risidagi tushunchalargacha kengaytiramiz. Ekstrozonal biosenozlarga dasht zonasining balkalarida joylaщgan bayrach o’rmonlari deb ataladigan biosenozlar misol bo’la oladi. Dasht zonasidan shimolda keng bargli o’rmonlar zonal hisoblanadilar - ular plakor sharoitda joylashadilar. Ekstrozonal biosenozlarni ikkinchi misoli-tayga zonasidagi dasht biosenozidir. Bu yerda ular quyosh nuri bilan ko’proq isitiladigan janubiy yonbag`irlarda yoki tarkibida kalsiy bo’lgan jinslar angidrid, gips va ohaktosh chiqib turgan joylarda joylashgandir. Janubroqda dasht zonasida bu biosenozlar plakor sharoitda kuzatiladi va bu yerda bu bisenozlar zonal hisoblanadi. Shunday qilib har bir zonada relyefning turli xil elementlari bo’ylab va turli xil tub jinslar bo’ylab joylashgan zonal, introzonal va ekstrozonal biosenozlarni butun to’plami mavjud. Odatda maydonning ko’p qismida zonal formasiyalar hukumronlik qiladi. Download 17.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling