Quruqlikning zoogeografik jihаtdаn bo’linish Reja: Quruqlikning zoogeografik jihаtdаn bo’linishi tarixi


Download 0.65 Mb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1206903
1   2   3   4
Bog'liq
Quruqlikning zoogeografik jihаtdаn bo’linish

Madagaskar oblasti
Mazkur oblast hududiga Madagaskar oroli, Hind okeanidagi bir qator arxipelaglar hamda Komor, Seyshel, Maskaren va boshqa kichik orollar kiradi. Madagaskar oroli 587 ming kv.km maydonni egallaydi. Uning tabiiy sharoiti ham xilma-xildir. Markaziy qismda tog’liklar, sohil qismlarida esa tekisliklar joylashgan. Orolning markaziy qismida balandligi 1000-1500 m bo’lgan yassi tog’liklar joylashgan bo’lsada (ayrim cho’qqilarning balandligi 2600 m), o’rmonlari mavjud emas. Sharqiy qismida qalin tropik o’rmonlar mavjud. Orolning janubiy qismida sahrolar mavjud. Mozambik bo’g’ozi (kengligi 420 km) Madagaskar orolini Afrikadan, Hind okeani esa Hind-Malayya oblastidan (oraliq masofa 3700 km) ajratib turadi. Madagaskar florasi juda boy bo’lib, o’simliklarning 6000 turi aniqlangan. Bular jumlasiga palmalar, bambuklar, orxideyalardan tashqari endemik hisoblangan sayyohlar daraxti ham o’sadi.
Madagaskar oroli faunasi ma’lum miqdorda endemiklarga ega tipik orol bo’lib, Efiopiya faunasidan yaqqol ajralib turadi. Fitofaglar orasida daraxtlarda yashovchi mevax’orlar ko’pchilikni tashkil qiladi. O’txo’rlar deyarli uchramaydi, yirik yirtqichlar ham, o’laksaxo’r tasqaralar ham umuman yo’q.
Oblastning aborigen hayvon turlari 4 turkumga mansub bo’lib, barcha ularning turlari endemikdir. Ushbu oblastda hasharotxo’rlardan tenreklar (Tenrecidae) ning 13 urug’ga mansub 30 turi yashaydi. Ekologik moslashishiga ko’ra ularning tipratikan, krot, yerqazir, suvsar tipidagi turlari ham bor.
Madagaskarda primatlar turkumining haqiqiy lemurlar (Lemuridae), indrilar (Indridae), ay-aylar (Daubentoniidae) kabi 3 ta oilasiga mansub turlari hayot kechiradi. Haqiqiy lemurlar 6 urug’ga kiruvchi 15 turdan iborat. Ularning eng kattasi vari va kattadir. Indrilar oilasiga 4 tur, ay-aylar oilasiga esa 1 tur- qiloyoq yoki rukonojka kiradi. Madagaskarning pleystotsen davriga oid qatlamlaridan lemur va indrilarning suyak qoldiqlari topilgan.
Kemiruvchilardan endemik hisoblangan Mesomyinae kenja oilasining 12 turi yashaydi.
Yirtqich hayvonlari Vivarralar oilasiga taalluqli 7 ta endemik urug’ga kiruvchi turlardan iborat. Tipik vakili – fossa hisoblanadi. Ayrim hayvonlar tasodifan yoki odamlar bilan kelgan. Bular kalamushlar, sichqonlar, cho’tkaqanotli cho’chqalardir. Ayniqsa, ko’rshapalaklarning juda ko’p turlari bor. Pleystotsen davriga oid qatlamlaridan begemotlarning suyak qoldiqlari topilgan. Madagaskarda fillar, karkidonlar, mushuklar, itlar, sirtlonlar, naytishlilar, antilopalar uchramaydi.
Madagaskar qushlarining 50% endemikdir. Qolganlari asosn Efiopiya oblastidan (bolg’aboshli qush, bulduruq, drongo, to’qimachi, nektarchi qushlar) va Hind-Malayya oblasti (oqko’z, salangan) qushlaridan iborat. Ayrim qushlar: tuyaqushlar, kotib qushlar, turako, karkidonqushlar, asalko’rsatkichlar –medoukazchiklar umuman uchramaydi. Madagaskarning tipik qushlaridan 3 ta endemik oilasi – Madagaskar pittalari (Philepittidae), suvmoshaksimon kakliklar (Mesoenatidae), vangilar (Vangidae – 9 urug’ga mansub 11 turi bor) ni misol qilish mumkin. Pleystotsenda yashagan va qirilib ketgan gigant uchmaydigan epiornis va dodo ham oblastning endemik qushlari hisoblanadi. Kosmopolit turlar esa – qo’ng’irlar, qoravoylar, qarchig’aylar, ko’ktarg’oqlar, laylaklar, qarqaralar, kaptarlar, yapaloqqushlar, kakkular, qaldirg’ochlar yashaydi.
Madagaskar reptiliyalari faunasi – xameleonlar, gekkonlar, toshbaqalar (quruqlik va yon bo’yinli) ning juda ko’p turlari, Nil timsohlari (Komor va Seyshel orollarida ham uchraydi) tarqalgan. Haqiqiy kaltakesaklar, zaharli ilonlar, asl bo’gma ilonlar Constrictor, pitonlar uchramaydi. Boidae bo’gma ilonlaridan faqat Madagaskar bo’g’ma ilonlari (Sanciinae) endemiklar hisoblanadi. Bu kenja oilaning 4 urug’i mavjud bo’lib, 2 tasi Madagaskarda, qolgan urug’lari Reyunon va Mavrikiy yaqinidagi Raund orolida yashaydi.
Madagaskarda amfibiyalar kam sonli bo’lib, ularning barchasi baqalar hisoblanadi, ularning bu oblastda 150 turi qayd qilingan. Ko’pchilik turlari esa endemik bo’lib, ulardan eshkakoyoqli baqalar yoki rakoforidlar, burchaktishlilar (Brevicipitadae) misol bo’ladi.
Mazkur oblastda haqiqiy chuchuk suv baliqlari yo’q, xromis va karptishlilarning bir necha turlari hayot kechiradi.
Madagaskar oblastidagi umurtqasiz hayvonlarning ko’pchiligi Efiopiya oblastidan kelib qolgan, salpuglar uchramaydi. Chayonlarning Grosphus, Heteroscorpius urug’lari ham endemik hisoblanadi.
Madagaskar entomofaunasini Hindo-Malayya oblasti bilan faunistik aloqada ekanligini ko’rish mumkin. Ulardan Brancsikia aeroplana beshiktebratarining oldingi yelka qismi bargga o’xshab kengaygan. Yer yuzidagi tovusko’z kapalaklarning eng yirigi – to’q sariq tovusko’z Argema mittrei kapalagi (kattaligi 26 sm) ham shu yerda tarqalgan. Maskaren orollari vulkan natijasida paydo bo’lgan bo’lib, ilgarilari o’rmon bilan qoplangan. Maskaren orollarida quruqlikda yashovchi sutemizuvchilardan faqat ko’rshapalaklar mavjud. Amfibiyalar va asl chuchuk suv baliqlari uchramaydi. Bu orollarda tarixiy davrlarda gigant toshbaqalar yashagan, keyinchalik ular inson tomonidan butunlay qirib yuborilgan. Bo’g’ma ilonlarning Madagaskar kenja oilasiga mansub Casarea va Bolyeria kabi endemik urug’lariga kiruvchi turlari, stsinklar, gekkonlar yashaydi.
Darlington fikriga ko’ra, Yer yuzining biron bir qismida Maskaren orollari faunasiga teng keladigan yoki o’xshash bo’lgan ornitofauna yo’q. Shu bilan birga Yer yuzining biron bir qismida mahalliy qushlar Maskaren orollari qushlariga o’xshab, inson tomonidan tez va qisqa fursat ichida batamom qirib yuborilgan emas. Bular Mavrikiy orollarida yashagan dodo, Reyunon orolida yashagan pustinnik, Rodriges orolida yashagan oq dodo, Mavrikiy, Burbon, Rodriges orollarida yashagan dront qushlarini misol qilib olish mumkin. Hozirgi kunda Maskaren orollarida ayrim suv qushlari, yirtqich qushlar, yapaloqqushlar, kaptarlar, to’tiqushlarning bir necha turi, chumchuqlarni uchratish mumkin.
Seyshel orollari faunasini amfibiyalarning qadimgi guruhiga mansub bir nacha turi tashkil qiladi. Uchmaydigan qushlar, quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar umuman uchramaydi. Hasharotlar faunasi jihatidan Hindiston formalarini eslatadi, Seyshel orollari qushlarini Efiopiya bilan yoki Hind-Malayya oblasti bilan faunustik jihatdan aloqadorligi ko’zga tashlanadi, ko’rshapalaklari esa Hind-Malayya oblastidan kelib chiqqan. Seyshel orollari faunasining Efiopiya bilan aloqasi Madagaskar bilan aloqasiga nisbatan yaqqol ko’zga tashlanadi. Buning sababi, Seyshel orollari qadimgi davrlarda Afrika va Hindistonning birlashtirib turgan katta arxipelag qoldiqlaridir deb taxmin qilinadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling