Qushlar sinifini urganishning zamonaviy usulari. Reja


Download 37.11 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi37.11 Kb.
#1292411
1   2   3   4
Bog'liq
Qushlar sinifini urganishning zamonaviy usulari

Kaltakesak dumlilar – yura davrida yashagan, dumi uzun, oldingi oyoqlarida erkin barmoqlari bo’lib, tirnoqlari bilan daraxtga chirmashib chiqib, daraxtda yashashga moslashgan, ucha olmagan sudralib yuruvchilarga o’xshash qushlar bo’lgan. Hozir yashab turgan barcha qushlar, shuningdek uchlamchi bo’r davrlarda topilgan qazilma qushlarning barchasi yelpig’ich dumlilar kenja sinfiga kiradi. Ularda katta to’sh suyagi borligi, oldingi oyoqlarida erkin barmoqlar yo’qligi, dumi qisqa bo’lib, unda dum patlari yelpig’ichdek joylashganligi bilan xarakterlanadi. Xozirgi zamonda yashab turgan barch qushlar yelpig’ich dumlilar yoki chin qushlar kenja sinifiga kiritiladi. Xozirgi davrda yashovchi tipik qushlar kenja sinfiga 8600 tur kiradi. Xaqiqiy qushlar kenja sinfi – Neornithes. Pingivinlar katta turkumi – Impennes. Bu katta turkumga faqat bitta pingivinlar turkumi kiradi. Pingvinlar uchmaydigan, lekin yaxshi suzadigan va sho’ng’iydigan qushlardir. Shu sababli oldingi oyoqlari o’zgarib, suzish organi kurakka aylangan, suyaklari ichida havo bo’lmaydi. Patlari yassi, pat gavdasini zich va bir tekis qoplab turadi. Oyoqlari gavdaning keyingi tomoniga joylashgan, shu sababli yurganda gavdasini vertikal tutadi. Pingvinlar asosan Antarktidada tarqalgan bo’lib ba’zan Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning Janubiy qirg’oqlariga suzib boradi. Koloniya bo’lib yashaydi. Yer kovaklariga toshchalardan qilingan uyalarga bir ikkita tuxum qo’yadi. Ba’zilari tuxumni qorinlaridagi teri xaltasida olib yuradi. Ko’kraktojsizlar katta turkumi – Ratitae. Bu katta turkumga kiruvchi qushlarning hammasi uchish qobiliyatiga ega emas. Chunki terilarida apteriya yo’q. Patlari grupalarga aniq ajaralmagan, yelpig’ichlarida ilmoqchalar bo’lmaydi. To’sh suyagi kichik va yassi bo’lib, unda ko’kraktoj suyagi rivojlanmagan, kurak va korokoid suyaklari bir-biriga qo’shilib ketgan. Dum bezi yo’q. Oyog’ida iktta yoki uchta barmog’i bo’ladi. Erkaklarida kopulyativ organ bo’ladi. Xozirgi zamonda yashayotgan ko’kraktojsiz qushlar janubiy yarim sharda tarqalgan bo’lib, to’rtta turkumga bo’linadi. Afrika tuyaqushlari turkumi – Struthioniformes. Bu turkumga faqat bitta tur Afrika tuyaqushi kiradi va xozirgi zamon qushlari o’rtasida eng kattasi hisoblanadi. Erkaklarining balandligi 260-275 sm. og’irligi 50-90 kg yetadi. Uchish qobiliyatini butunlay yo’qotgan, lekin tez yuguradi. Oyog’ida faqat ikkita barmog’i bo’ladi. Terisida apteriyasi bo’lmaydi. Patlarida ilmoqchalari yo’q. Afrika va Arabistonning cho’l dashtlarida tarqalgan. Asosan o’simliklar bilan ovqatlanadi. Bitta erkagi 2-5 ta urg’ochisi bilan gala bo’lib yashaydi. Umumiy uyaga urg’ochilarining xar biri 7-9 tadan tuxum qo’yadi. Har bir tuxumning og’irligi 1,5 kg keladi. Bitta uyada 15-20 ta, xatto 50-60 tacha tuxum bo’lib, tuxumlarini kechasi erkagi, kunduzi urg’ochilari navbatlashib 42 kun davomida bosadi. Erkaklarining rul va qanot patlari bezatish uchun ishlatilsa go’shti va tuxumi ozuqa sifatida ishlatiladi.
Amerika tuyaqushlar turkumi – Rheiformes. Bu turkumning ikkita turi Janubiy Amerikaning cho’l va savannalarida tarqalgan. Oyog’idagi barmoqlari uchta. Bo’yining balandligi 150 sm, og’irligi 30 kg keladi. 1 ta erkagi 5-7 urg’ochisi bilan gala bo’lib yashaydi. Urg’ochilarning har biri 5-6 tuxumni erkagi kovlagan umumiy uyaga qo’yadi. Tuxumlarni erkagi 42 davomida bosadi va tuxumdan chiqqan jo’jalarni boqadi. Amerika nandulari tuxumi va go’shti uchun ovlanadi. Avstraliya tuyaqushlar turkumi – Cazuariformes. Bu turkumga kazuarlar va emular kiradi. Emu qoramtir kulrang, qo’ng’ir rangda bo’lib, og’irligi 40-55 kg keladi va Avstraliyaning dasht va cho’llari tarqalgan. Avstraliyaning shimoliy sharqiy qismida va yangi Gvineya o’rmonlarida kazuarlar tarqalgan. Kazuarlarning og’irligi 70-90 kg keladi, tanasi qora, bo’yin va boshi patsiz. Peshonasida o’tkir shox o’simtasi bor. Avstraliya tuyaqushlari o’simliklarning vegetativ qismi bilan ovqatlanadi. Bular ham gala bo’lib yashaydi. Tuxumlarining inkubatsiya davri 52 kun davom etadi. Nasl uchun qayg’urish Amerika tuyaqushlaridagidek faqat ekaklari zimmasiga yuklatilgan. Qanotsizlar yoki kivilar turkumi – Apterigiformes. Ko’kraktojsiz qushlarning ichida eng kichigi bo’lib og’irligi 2-3 kg keladi. Uchta turi faqat Yangi Zellandiya o’rmonlarida tarqalagan. Qanot skleti va yelka kamari kuchli reduktsiyalangan oyog’ida to’rtta barmog’i bor. Burun teshiklari uzun tumshug’ining ichida joylashgan. Ko’zlari nisbatan kichik. Tunda hayot kechiradi. Hasharotlar bilan ovqatlanadi. Urg’ochilari 1-2 ta nisbatan yirik tuxum qo’yadi. Inkubatsiya davri 6-7 xafta davom etadi. Ko’krak tojlilar katta turkumi – Carinatae. Ko’kraktojli qushlarning aksariyat ko’pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to’sh suyagida ko’kraktoj suyagi taraqqiy etgan, yelpig’ich patlarida ilmoqlari bor, terisida apteriya bo’ladi, suyaklari pnevmatik. Ko’kraktojli qushlar yer yuzida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo’linadi. 1. Nay burunlilar turkumi – Procellariformes. Bu turkumga tashqi ko’rinishi baliqchilarga o’xshaydigan, juda yaxshi uchadigan, ochiq suv, dengiz va okeanlarda yashaydigan qushlar kiradi. Nay burunlilarning qanotlari uzun va o’tkir barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Burun teshiklarining kalta naychalar uchiga o’rnashganligi bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Bu turkumning tipik vakillari bo’ronqushlar bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda yashaydigan odatdagi albatrosning bo’yi 1m.ga, yozilgan qanotining uzunligi 3,5m.ga boradi. Rossiyaning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi. Uzoq sharqda kachurkalar bor. 2. Kurak oyoqlilar yoki pelikansimonlar turkumi – Steganopodes. Kurak oyoqlilarga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. Bularning xarakterli belgisi bo’lib to’rtala barmog’ining umumiy suzgich parda bilan bir-biriga qo’shilganligi va pastki jag’ining ostida xar-xil darajada takomillashgan teri xaltachasi borligi hisoblanadi. Yer yuzida keng tarqalgan, dengiz ko’l va daryolarning kuyi oqimlarida yashaydi. Rossiyaning Janubiy rayonlarida (Kavkaz, O’rta Osiyoda) sakoqush va qoravaylar yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan ovqatlanadi. Qaravaylar baliqlarni katta chuqurliklarga, sho’ng’ib ushlasa, sakoqushlar suvning sayoz joylaridan tutadi. 3. Laylaksimonlar turkumi – Ciconiformes. Bu turkumga laylaklar, ibislar, qarqralar va oq qo’tonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo’yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun bo’lib, suv bo’ylarida va botqoqlik joylarda yashaydi. Yer yuzida kutblardan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Ba’zilari kaloniya bo’lib , daraxtlarda uya qursa, ko’tonlar boshqalari yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ikkalasi ham “qizil kitob”ga kiritilgan. Kaspiy dengizi bo’ylarida o’ziga xos tumshug’i bo’lgan qizil gaz ham shu turkumga kiritiladi. 4. G’ozsimonlar turkumi – Anseriformes. G’ozsimonlar suvda yashovchi qushlardir. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor, dum bezlari yaxshi rivojlangan. Tumshuqlari yassi bo’lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq tirnoqchasi bor, tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalari yoki tishchalari bo’ladi. Bu turkumga g’ozlar, oqqushlar, o’rdaklar kiradi. Bularning hammasi ovlanadigan qushlardir. Bular yer yuzida keng tarqalgan, suv qirg’oqlarida, yerda, daraxt kovaklarida uya quradi. Bu qushlarning biologik xususiyatlaridan biri tullashi hisoblanadi. Jo’jalari katta bo’lgach, pana joylarga borib tullaydi. Qanot va rul patlari birdan tushib butunlay uchish qobiliyatini yo’qotadi. Natijada yirtqichlar va brokonerlar bularni osongina tutadi. SHu sababli g’ozsimonlarni tullash joylarini qo’riqlash kerak. 5. Lochinsimonlar (kunduzgi yirtqichlar) turkumi – Falconiformes. Bu turkumga o’rta va katta o’lchamdagi qushlar kiradi. Ustki tumshug’ida yumshoq teri voskovitsasi bo’lib, burun teshiklari shu voskovitsaga ochiladi. Ustki tumshug’ining uchi va tirnoqlari egilib , ilmoq xosil qiladi. Qizilo’ngachida jig’ildon bo’ladi. Kunduzgi yirtqich qushlar yer yuzining deyarli hamma qismida keng tarqalgan. Bular odatda juft bo’lib yashaydi va yerga, daraxtlarga, qoyalarga beo’xshov uyalarni quradi. Yirik turlari 1-3 ta kichik turlari esa 4-7 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarni erkaklari va urg’ochilari navbatlashib bosadi. Tuxumdan ochib chiqqan jo’jalarini ko’zi ochiq, lekin nimjon bo’ladi, terisi yumshoq pat bilan qoplangan bo’ladi. Bu qushlar faqat hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga o’limtik bilan ovqatlanadigan Amerika tasqaralarini va bizda tog’li rayonlarda yashaydigan odatdagi tasqaralarni, afrikada yashaydigan mirzoqush, qarchig’ay, burgutlar, kalxatlar, bo’ktarg’ilar hamda lochinlarning turlari vakil bo’ladi. Ko’pchilik kunduzgi yirtqich qushlar xashorat va kemiruvchilarni qirib foyda keltirsa, tasqaralar o’limtiklar bilan ovqatlanib tabiat sanitari vazifasini bajaradi. Yirik yirtqich qushlar foydali hayvonlarga xujum qilsalarda, ular kasal va nimjonlarni tutib olib, tabiiy tanlashga yordam beradi. Ba’zi joylarda yirik lochinlar, sport va xatto sanoat ovida ushlovchi tutuvchi qush sifatida foydaniladi.
6. Tovuqsimonlar turkumi – Galliformes. Bu turkumga kiradigan qushlar gavdasining pishshiqligi, oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni kovlashga moslashganligi, qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Erkagi, urg’ochisiga nisbatan katta va tiniq rangda bo’lishligi bilan ajralib turgan. Tovuqsimonlarda nasl uchun qayg’urish faqat urg’ochilari zimmasida bo’ladi. O’z uyalarini odatda yerga qo’yadi va uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo’ladi. Bu turkumga Avstraliya va Tinch okeanining ba’zi orollarida yashovchi g’alati xastovuqlar (o’z tuxumlarini qumga yoki to’planib yotgan barg va cho’p-xaslarga qo’yadi), qirg’ovullar oilasiga kiradigan Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka. Afrika tsesarkasi, Hindiston tovusi, bankiv tovug’i, qirg’ovullar kakliklar, bedanalar; qursimonlar oilasiga kiradigan qur, qarqur, quropatka va boshqa bir qancha turlar kiradi. Tovuqsimonlarning deyarli hammasi ovchilik ob’kti hisoblanadi. 7. Turnasimonlar turkumi – Gruiformes. O’lchami tashqi qiyofasi va ekologik xususiyatlari xar-xil bo’lgan turnasimonlar 190 ga yaqin turni o’z ichiga oladi va Rossiyada asosan turnalar, suvmashoqlari va tuvaloqlar oilalarining turlari tarqalgan. Turnalarning oyog’i va bo’yni uzun bo’ladi. Botqoqlik va quruq joylarga uya quradi. Bizda oq turna va bo’z turnalari yashaydi. Suvmashoqlarga suv bo’yidagi changalzorlarda, botqoqliklarda va o’tloqlarda yashaydigan qashqaldoq, tartar, g’ozqanjirlar kiradi. Tuvaloqlar odatda cho’l, saxrolarda yashaydigan qush bo’lib, bo’yinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarida faqat uchta barmog’i bor. Dum usti bezi rivojlanmagan. Bu oilaga og’irligi 16 kg. gacha keladigan dudak yoki yo’rg’a tuvaloq, bizg’aldoqlar vakil bo’ladi. Go’shti uchun ovlanadi. Bularning soni keskin kamayib ketganligi sababli “qizil kitob”ga kiritilgan. 8. Baliqchisimonlar turkumi – Lariformes. Baliqchilar mayda va o’rta kttalikdagi qushlar bo’lib, gavdasi cho’ziq, qanotlari uzun va o’tkirdir. Oyoqlarida to’rtadan barmog’i bor, oldingi uchta barmog’i suzgich parda bilan o’zaro qo’shilgan. Tumshug’i katta va to’g’ri bo’lib, biroz yon tomonga qisilgan. Baliqchilarning hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi, suvda yaxshi suzadi, lekin sho’ng’iy olmaydi. Odatda uyalarni yerga qo’yadi va uyasida 2-3 ta tuxum bo’ladi. Tuxumlarini erkagi va urg’ochisi navbatlashib bosadi. Baliqchi qushlar suvda baliqlar bilan va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga tipik vakil qilib, daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisini olish mumkin. Bu turkumga yana chigirtchilar ham kiradi. Bularning ustki tumshuqlarini uchi baliqchilarniki singari pastga bukilmagan va baliqchilarga nisbatan kichik bo’ladi. 9. Kaptarsimonlar turkumi – Columbiformes. O’rtacha kattalikdagi qushlardir. Jig’ildoni yaxshi rivojlangan. Qanoti uzun va o’tkirlashgan. Bu turkumga tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshash, lekin biologiyasi bilan farq qiluvchi kaptarlar va bulduruqlar kiradi. Kaptarlarning ustki tumshug’i asosida yumshoq terili voskovitsasi bo’ladi. Yovvoyi ko’k kaptar, g’ov kaptar va xar-xil musichalar shu turkumning tipik vakilidir. Bulduruqlar asosan cho’l va saxrolarda yashaydi. Tumshug’ida voskovitsasi yo’q. Erkaklari urg’ochisiga nisbatan ochiq rangda bo’ladi. Yerdagi uyalariga uchta tuxum qo’yadi. Ko’payish vaqtida jig’ildoni kaptarlardagi singari “sut” ishlab chiqarmaydi. Suv ichish uchun uyasidan uzoq masofaga muntazam uchib boradi. 10. To’tisimonlar turkumi – Psittaciformes. Yer sharining tropik va subtropik o’rmonlarida yashovchi mevaxo’r qushlardir. Ustki jag’i bosh skeleti bilan xarakatchan qo’shilgan, pastki jag’i esa yuqori va pastki hamda yon tomonga qarab xarakat qiladi. Tushug’i katta bo’lib, uchi ilmoq xosil qiladi, voskovitsasi bor. Ikkita barmog’i oldinga, ikkita orqa tomonga qaratilgan, jig’ildoni bor. To’ti qushlarning tipik vakillariga Amerika ara to’tisi, kafasda boqiladigan ko’k to’ti, Avstraliya kokildor kakadu to’tisi Afrika jakosi. Yangi Zerlandiya nestori va boshqalar kiradi. 11. Kakkusimonlar turkumi – Cuculiformes. Daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqa tomonga qaratilgan. Asosan xashoratlar bilan ovqatlanadi. Kakkularning 70% ga yaqini uya paraziti hisoblanadi, ya’ni o’zlari uya qurmasdan tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolasi uya egasini tuxumini yoki bolalarini uyadan chiqarib tashlaydi.Shu turkumga tipik vakil qilib odatdagi kakkuni olamiz. 12. Yapaloqqushlar turkumi – Strigiformes. Tumshuqlari va tirnoqlarining uchi egilib, xuddi kunduzgi yirtqich qushlar singari ilmoq xosil qiladi. Tumshug’ida voskovitsasi bor. Ko’zlari katta bo’lib, boshining oldingi tomoniga qaratilgan, eshitish organi yaxshi rivojlangan bo’lib, tashqi eshitish yo’lining chetida teri burmasi bor. Bu ovoz to’plash vazifasini bajaradi. Patlari juda mayin va uchgan vaqtda shovqin chiqarmaydi. Yapaloqqushlar yer yuzida keng tarqalgan va kechasi aktiv hayot kechiradi. Daraxt kovaklariga, qoyalarga, yer kovaklariga uya quradi. Kemiruvchilar va xashoratlar bilan ovqatlanadi va qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Shimoliy kenglikda tarqalgan yapaloqqushlar, o’rta va janubiy mintaqalarda yashaydigan ukki, boyo’g’li, punqush, sorlar, quloqdor yapaloqqushlar bu turkumning tipik vakilidir. 13. Uzunqanotlar turkumi – Apodiformes. Bu turkum bir-biridan yaxshi ajralib turadigan jarqaldirg’ochlar va kolibrlarni o’z ichiga oladi. Jarqaldirg’ochlar kichik qushlardir, tumshuqlari kichik qanoti uzun va o’tkir qilichsimon. Og’iz kesimi juda katta oyoqlari kalta, to’rtala barmog’i ham oldinga qaratilgan. Asosiy vaqtini havoda o’tkazadi. Ovqatlari mayda hasharotlarni havoda uchib yurib ushlaydi, xatto havoda suv ichadi. Tarixiy yodgorliklar kovaklariga, uy shiplariga tog’ qoyalariga uya quradi. Bizda oq qorinli va qora jarqaldirg’oqlar yashaydi. Osiyoning janubiy sharqiy tomonida salanga jarqaldirg’ochi yashaydi, bu qush so’lak bezlaridan chiqadigan yopishqoq moddadan uya quradi. Bu uyani odamlar ovqatga ishlatadilar.
Kolibrlar eng mayda qushlar xisoblanadi. Og’irligi 1,5g. keladi, Janubiy va SHimoliy amerikada tarqalgan.Tumshug’i ingichka va uzun. Rangi odatda, yaltiroq (katta tezlik bilan uchadi). Kattaligi 20g. gacha. Kattalari kichik qaldirg’ochdek , qanotini bir sekuntda 20-25 xatto 50 martagacha qoqadi. Kechasi gavda temperaturasi 17-21 S gacha tushadi. O’rmonlarda yashab gul nektari va guldagi mayda xashorotlar bilan ovqatlanadi. 14 Rakshasimonlar turkumi – Coraciformes. Tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi qushlar gruppasi xisoblanadi. Yopiq uya quradi. Bu turkumga yashil xavo rangli ko’k qarg’a, sariq targ’il, kokildor sasiqpopishak, ariq va xovuz bo’ylarida yashovchi xavo rang ko’ktarg’oq, asalarilarni kiradigan karqo’noqlar kiradi. 15. Qizilishtonlar turkumi – Piciformes. Daraxtda yashashga moslashgan kichik va o’rta kattalikdagi qushlar xisoblanadi. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqaga qaratilgan. Dum patlari prujina ro’lini o’ynaydigan elastik patlardan tashkil topgan. Tumshug’i qattiq va to’g’ri, tili uzayadi va uning yordamida daraxt po’sti ostidan xasharotlarning lichinkalarini ushlab oladi. Qora olaqanotli qizilishtonlar va burma bo’yin bu turkumning tipik vakillaridir. 16. Chumchuqsimonlar turkumi – Passeriformes. Eng ko’p ya’ni 500ga yaqin turni o’z ichiga oladigan turkumdir. Xozirgi zamonda yashovchi qushlarning 60 % ni tashkil qiladi. Tashqi ko’rinishi va o’lchami nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Bular yer sharining deyarli hamma qismida tarqalgan. Juda ham pishiq yasalgan uyalari turli joylarga qo’yiladi. Chumchuqsimonlar oilasiga qarg’alar zarg’aldoqlar shaqshaqlar moyqutlar jiblajibonlar qaldirg’ochlar to’rag’aylar chittaklar dexqonchumchuqlar kabi bir qancha oilalarning vakilari kiradi. Aksariyat ko’pchiligi xashoratxo’r qushlar bo’lib qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. Qushlarning kelib chiqishi. Qushlarning qadimgi sudralib yuruvchi hayvonlardan kelib chiqqanligi shubxasizdir.Qushlarni bevosita ajdodlari bo’lib, dinazavrlarni, timsoxlarni va boshqa sudralib yuruvchilarning bergan psevdozuxiylar hisoblanadi. O’tgan asrda yura qatlamlarida yashagan hayvon qoldiqlari topildi. Bu hayvonlar o’z tuzilishlariga ko’ra sudralib yuruvchilar bilan qushlar o’rtasidagi oraliq o’rinni egallagan. Bularga arxeopteriks deb nom berilgan. Arxeopteriksning patlar bilan qoplangan oldingi oyoqlari qanotga aylangan, ko’krak suyagi qilichsimon, o’mrov suyaklari qo’shilib ayri suyak xosil qilgan, chanog’i va ayniqsa, orqa oyoqlari qushlarnikiga o’xshash bo’lib, tsevkasi tutashib ketgan va to’rt barmoqli bo’lgan. Gavdasi pat bilan qoplanganligi gavda temperaturasini doimiy bo’lganligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, arxeopterikslarda sudralib yuruvchi hayvonlarga xos belgilari ham saqlangan, ya’ni shox tumshuqlari bo’lmagan jag’larida tishlari bo’lgan, uzun dum umurtqalari bo’lib, ko’krak toj suyagi taraqqiy etmagan, oldingi oyoqning barmoqlari yaxshi rivojlanmagan, murakkab dumg’aza xosil bo’lmagan.
Arxeopteristik tuzilishi shuni ko’rsatadiki, bular daraxtda yashovchi hayvonlar bo’lib, shoxdan-shaxga patillab uchib o’tgan va parvoz qilgan. Arxeopteristiklarning xozirgi zamon qushlari bilan bog’lovchi guruppasi topilmagan. Bo’r davrida o’ziga xos ikkita qushlar guruppasi ma’lum: ixtiornislar va gesperornislar. Bular tipik qushlar hisoblanadi. Shunday bo’lsada bu qushlarning jag’larida tishlari bo’lgan. Ixtiornis yaxshi uchadigan qush bo’lgan, chunki uning uzun qanotlari va baland toj suyaga yaxshi rivojlangan. Gesperonisda toj suyagi va qanoti yo’q, qanotda faqat yelka suyagining rudimenti saqlanib qolgan, suvda suzib hayot kechirgan. Uchlamchi davrda tipik qushlar paydo bo’ladi va bular xozirgi zamon qushlarigi juda yaqin bo’lgan. chunki bu davrda urug’lik o’simliklar va hasharotlar juda ko’payadi bu esa hasharotxo’r, mevaxo’r va donxo’r qushlarning nixoyatda ko’payishigi sabab bo’lgan.

Download 37.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling