Qushlar sistematikasi tip. Xordalilar – (Chordata)

Download 19.54 Kb.
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1523320
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QUSHLAR

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universiteti

MAVZU: QUSHLAR sinfi- Aves. Qushlarning uchishga moslanish belgilari, turli tumanligi. Kaptarning ichki va tashqi tuzilishi, qon aylanish va nafas olish tizimlari. Skeleti va pat tuzilishi. Pteriliy va apteriliylar.

QUSHLAR SISTEMATIKASI

Tip. Xordalilar – (Chordata).

Kenja tip. Boshskeletlilar (Craniata) yoki umurtqalilar (Vertebrata)

Katta sinf. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar yoki To`rtoyoqlilar-(Tetrapoda).

Sinf. Qushlar sinfi- (Aves).

Tur. Kòk kaptar- ( Columbiadae)

Gavda shakli. Qushlarning tanasi zich va asosan yumaloq shaklda bo`ladi. Boshi unchalik katta emas, bo`yni uzun va harakatchan. Oldingi oyoqlari, ya`ni qanotlari tinch turganda tanasi yoniga yigilgan bo`ladi. Qushlarning pat va parlari gavdasiga suyri shaklini beradi.Qushlarning oldingi oyoqlari shaklan o`zgarib, qanotga aylangan. Aorta yoyi bitta bo`lib, o`ng tomonga burilgan. Bosh miya yarimsharlari tubi oldingi miya, o`rta miya va miyacha hisobiga progressiv taraqqiy etgan. Qushlarning tashqi va ichki tuzilishi kaptar misolida o`rganiladi Kaptarning gavdasi ham boshqa qushlarnikiga o`xshab pat va parlar bilan qoplangan. Tanasi tuxumsimon shaklda, boshi kichkina va yumaloq. Boshining oldingi tomonida tumshugi bor, tumshugi ikki qismdan, ya`ni yuqorigisi - tumshuq usti va pastkisi - tumshuq ostidan iborat.Tumshugi shox parda bilan qoplangan suyak jaglaridan tuzilgan. Hozirgi yashab turgan qushlarda tishlari bo`lmaydi. Bu esa ularning uchishi uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan tana massasini yengillashtiradi.Qushlar tumshugi yordamida ozuqa yigadi, ko`pchiligi ozuqani tumshugi bilan maydalaydi, uya quradi, dushmanlardan o`zlarini himoya qiladi. Umuman, qushlar tumshugining kattaligi va shakli oziq turiga qarab turli qushlarda har xil bo`ladi

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling