Quvur transportida tashiladigan hom ashyolar va statistikasi
Download 0.57 Mb.
|
Artur
Neft va tabiiy gazni quvurlarda tashish shimoldagi mamlakatlarda birmuncha qimmatga, janubdagi davlatlarda ancha arzonga tushadi.Sababi neft bilan tabiiy gaz sovuqda quyuqlashadi va quvurlardan o`tishi sekinlashadi.Buning chorasi sifatida quvurlar ma`lum oraliqda maxsus pechlar yordamida isitib turiladi.Quvurlar transportini o`tkazilishida va unda mahsulot tashilishida murakkab relef shakllari (tog`lar,jarlar,daryolar,dengizlar) sezilarli ta`sir ko`rsatadi,ayniqsa,neftь tashishda.
Jahonda quvur transportining umumiy uzunligi 1960000km (2006 y) dan ortiq.Jahonda tashiladigan barcha yukning 11%i quvur transportiga to`g`ri keladi.Lekin bu ko`rsatkich Rossiyada 27,5%, AQSHda 16,5%, Fransiyada 5,2%, Yaponiyada 0,2%ni tashkil qiladi.
MDHda quvurlar orqali neftning 60%, tabiiy gazning deyarli hammasi tashiladi.Jahonda esa tashiladigan barcha yukning 17%i quvur transporti hissasiga to`g`ri keladi.”Do`stlik” (Drujba) neft quvur magistrali “Shimol yog`dusi” (Siyanie Severa) va “Ittifoq” (Soyuz) tabiiy gaz quvurlari MDHdagina emas, balki jahondagi eng yirik magistrallar hisoblanadi.Mazkur magistrallar orqali MDHdan Bolgariya, sobiq Yugoslaviya, Vengriya, Chexiya va Slovakiya, Polsha, Fransiya va GFR kabi davlatlarga neft va tabiiy gaz eksport qilinadi.Mazkur mamlakatlarning neft-ximiya sanoati tarmoqlarining asosiy qismi mazkur magistrallar atroflarida joylashgan.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling