Quvurlar va quvurlarni tayorlashda qoʻllaniladigan materiallar Quvur
Download 19.87 Kb.
|
Dilmurod Yuldoshev 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magniy qotishmalari
Alyuminiy qotishmalari—Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan brikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi. Alyuminiy qotishmalarining puxtaligi, texnologik xossalarining yaxshiligi, korroziyabardoshligi, termik ishlovlarga beriluvchanligi kabi o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra ular radiotexnikada, kabel sanoatida, aviasozlikda keng qo'llaniladi. Alyuminiy qotishmalarining texnologik ko'rsatkichlariga ko'ra, ularning bosim bilan ishlovlariga beriladigan qotishmalari yuqori plastiklikka (40% gacha) ega bo'ladi. Bu qotishmalarga, masalan, AMs, AMg2, AMg5 markalari kiradi. Alyuminiyning magniy qotishamlarida magniy miqdori 6% dan oshmaydi. Bu qotishmalar termik ishlovlar bilan puxtalanmaydi, termik ishlovlar natijasida puxtalanadiganlariga duralyuminiy hamda aviallarni ko'rsatish mumkin. Quyma qotishmalarining GOST 2685-75 bo'yicha AL1, AL2, AL3 va boshqa markalari bo'lib, ulardan turli shaklli quymalar olinadi. Quymalar olishda keng ko'lamda foydalaniladigan qotishmasi evtektik qotishma bo'lib, unga silumin deyiladi.Alyuminiy qotishmalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Alyuminiyning kremniyli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida kremniyning miqdori 4-13% gacha bo'lib, undan tashqari ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo'ladi. Bu guruhga kiruvchi qotishmalar quyilish xossalarining yuqoriligi, oson kesib ishlanishi, payvandlanishi, qoniqarli mexanik xossalari bilan xarakterlidir. Masalan, dvigatel silindr bloklaii, karterlari, kompressor koipuslari va boshqalai' bu qotishmalardan tayyorlanadi. Alyuminiyning quyma qotishmalarining 37 ta markasi bo'lib, ular xaqida ma’lumotlar tegishli GOSTlarda berilgan. 2. Alyuminiyning misli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida misning miqdori 4-5% bo'lib, qolgan qismi boshqa elementlardan iborat bo'ladi. Bu qotishmalarni quyilish xossalari pastroq bo'lib, darzlar hosil qilishga moyilroqdir. Shu sababli bu qotishmalardan (AL7 va AL9) unchalik katta bo'lmagan oddiy shaklli quymalar (armaturalar, kronshteynlar) olishda foydalaniladi. 3. Alyuminiyning mis, kremniyli qotishnmlari. (AL3, AL5, AL6) bu qotishmalaming xossasi I va П gumh qotishmalariga yaqinroq bo'ladi. 4. Alyuminiyning magniyli qotishmalari. Bu qotishmalarda magniyning miqdori 12%gacha bo'lib, qisman boshqa elementlar ham bo'ladi. Bu qotishmalarning ham quyilish xossalari pastroq bo'ladi. Lekin korroziyabardoshligi, mexanik xossalari va kesib ishlanilishi yaxshi bo'lib, nam atmosfera sharoitida ishlaydigan quymalar olishda foydalaniladi. 5. Alyuminiyning murakkab tartibli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo'lib, ular yuqoridagi qotishmalardan puxtaligi, o'tga chidamligi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Masalan, bu guruh qotishmalarining AL1 markasidan porshenlar, silindr kabi detallar zagotovkalarni quyish yo'li bilan tayyorlanadi. Shuni ham qayd etish lozimki, ba'zan kukun metallurgiya yo'li bilan olinadigan alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Bunday qotishmalarni olish uchun Al asosida olingan kukunlarga zarur elementlar qo'shib, ulaidan olingan yarim mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi. Masalan, A09-2, A020-1. AN-2,5 markalari nisbatan yuqori temperaturagacha chidamligi, antifriksionligi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi. Magniy qotishmalari — Magniyni Al, Mn, Zn, Si va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga magniy qotishmalari deyiladi. Bu qotishmalarning texnologik xossalari, korroziyabardoshligi, kesib ishlanishi yaxshiligl, solishtirma puxtaligining yuqoriligi sababli samolyotsozlikda va asbobsozlikda foydalaniladi.Magniy qotishmalari ikki guruhga ajratiladi: Deformatsiyalanuvchi qotishmalar. Bu qotishmalarning MAI, MA2, MA8 va boshqa markalari bo'lib, ulardan murakkab shaklli turli xil mahsulotlar olinadi. Qo'yma qotishmalar. Bu qotishmalarning ML1, ML3, ML5 va boshqa markalari bo'lib, ulardan murakkab shaklli qo'ymalar olinadi. Download 19.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling