Quvurlarni hisoblash 15 Asosiy qoidalar


Download 87.31 Kb.
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi87.31 Kb.
#1770339
  1   2   3
Bog'liq
15-mavzu (1)


. Quvurlarni hisoblash


15.1. Asosiy qoidalar


Suv o‘tkazuvchi quvurlarning hisobi gidravlik va statik hisoblardan iboratdir. Gidravlik hisob quvurning teshigi, uning kirish va chiqish qismidagi suv oqimining tezligi va chuqurligi, o‘zanni mustahkamlash turi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshqin suvlarini xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun kerakli boshqa xarakteristikalarni aniqlashdan iborat. Bu hisoblar “Gidravlika” kursida bayon etilgan uslublar bo‘yicha tipovoy quvurlarning gidrotexnik xarakteristikalari keltirilgan jadval va grafiklardan, shuningdek zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanib amalga oshiriladi.
Quvurlar toshqinlarning maksimal sarfini o‘tkazishga hisoblanadi. Bunda yo‘lning turi va kategoriyasiga bog‘liq holda ShNQ da belgilab qo‘yilgan oshib ketishi ehtimoli albatta hisobga olinadi. Bundan tashqari, temir yo‘llarning umumiy tizimida quvurlar eng katta toshqinlarning maksimal sarfiga ham hisoblanadi. Jala oqimiga hisoblanganda quvurning oldida suv to‘planishi hisobga olinadi. Bunda suv sarfining kamayishini 3 martadan katta olishga ruxsat etilmaydi. Abadiy muzlagan gruntlar bor yerlarda quvurning oldida suv to‘planishiga ruxsat etilmaydi.
Suv o‘tkazuvchi quvurlar odatda bosimsiz rejim uchun loyihalanadi. Yаrim bosimli va bosimli rejimlar temir yo‘llarning umumiy tizimida faqat eng katta suv sarfini, qolgan boshqa yo‘llarda esa suvning hisobiy sarfini o‘tkazish uchun ruxsat etiladi. Quvurlar teshigining o‘lchamlari suv oqimining hisobiy sarfi va quvurning kirish va chiqish qismidagi grunt va o‘zanni musaxkamlash turiga qarab suvning ruxsat etilgan o‘rtacha tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Quvur teshiklarini tozalash va ko‘rikdan o‘tkazishning qulayligi uchun quvur uzunligi 20 metrgacha bo‘lganda ularning teshiklari kengligi eng kamida 1 metr, 20 metr va undan katta bo‘lganda 1,25 metr bo‘lishi kerak. Havoning o‘rtacha harorati minus 400 C dan past bo‘lgan hududlarda quvurning uzunligi qancha bo‘lsa ham uning teshigining kengligi 1,5 metr bo‘lishi talab etiladi.
Suvning maksimal sarfida va bosimsiz rejimda, quvurning har qanday kesimida, uning ichki yuzasining eng baland nuqtasi va suv yuzasi orasidagi sof masofa balandligi 3 metrgacha bo‘lgan dumaloq va gumbazli quvurlarda quvur balandligining 1/4 qismidan, 3 metrdan katta bo‘lganlarda 0,75 metrdan, balandligi 3 metrgacha bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakli quvurlarda quvur balandligining 1/4 qismidan, 3 metrdan katta bo‘lganlarida 0,5 metrdan kam bo‘lishi kerak emas (14.6-rasm).
Quvurlarning ko‘tarib turuvchi konstruksiyalari va zaminlari hisobi chegaraviy holatlar uslubi bo‘yicha konstruksiyalarning o‘z og‘irligidan va ko‘tarma gruntidan tushgan yuk, vaqtinchalik vertikal harakatlanuvchi yuk, qurilish va seysmik yuklar ta’sirlariga kombinatsiyalar va yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlarini hisobga olib amalga oshiriladi.
O‘z og‘irligidan tushayotgan normativ vertikal yuk konstruksiya elementlari va qismlarining loyihaviy hajmi va materiallarning normativ solishtirma og‘irligi bo‘yicha aniqlanadi. Quvurlarning yupqa devorli temirbeton, metall va yog‘och zvenolarini hisoblashda bu yukni inobatga olmaslikka ruxsat etiladi.
Quvur zvenolariga gruntning (ko‘tarma og‘irligidan) normativ bosimi quyidagi formulalardan aniqlanadi:

  1. vertikal bosim

; (15.1)

  1. gorizontal bosim

, (15.2)
bu yerda Сv - grunt vertikal bosimining koeffitsienti; n - ko‘tarma gruntining normativ solishtirma og‘irligi; h - rels osti sathi va quvur zvenosi usti orasidagi grunt qalinligi; hx - rels osti sathi va hisobiy sath orasidagi grunt qalinligi; n - gruntning yon bosimi normativ koeffitsienti
(15.3)
bu yerda n - gruntning ichki ishqalanish normativ burchagi.
Quvurlarni tipovoy loyihalashda zvenolar uchun n = 17,7 kN/m3; n = 30° va kallaklar uchun n = 25° qabul qilinadi.
Quvur yonidagi ko‘tarma cho‘kishida gruntning ishqalanish kuchlarini hisobga oladigan koeffitsient Sv quyidagicha aniqlanadi. Quvur ustidagi grunt ustuni bilan chegaralangan tekislikning 1 metr uzunligiga tushayotgan gruntning aktiv gorizontal bosimi (12.1,a-rasm) teng
. (15.4)

15.1-rasm. Quvurga tushayotgan yuklarning sxemasi: a - ko‘tarma gruntining o‘z
og‘irligidan tushayotgan bosim; b - harakatlanuvchi vaqtinchalik yuk bosimi


Ikki tekislik bo‘yicha ishqalanish kuchining kengligi d bo‘lgan quvur gorizontal proyeksiyasining 1 m2 ga nisbati (15.1,a-rasm)
(15.5)
Uncha baland bo‘lmagan ko‘tarma uchun Sv koeffitsienti
(15.6)

Ko‘tarma baland bo‘lgan hollarda quvur ustidagi va yonidagi gruntning cho‘kishi ma’lum bir balandlikda tenglashsa, quvurlar zaminlarining bikirligini inobatga olgan holda, temirbeton va beton zvenolarning hisobi uchun Сv koeffitsienti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


(15.7)
Bu yerda d - zvenoning tashqi diametri (kengligi), m; a-ko‘tarma ostidan quvur zvenosining ustigacha bo‘lgan masofa, m; s - qoyali zaminlar va qoziqoyoq ustunlar uchun 1,2 ga, kam cho‘kadigan va osma qoziqoyoqlar uchun 1,1 ga, tuproqli zamin uchun 1,0 ga teng qabul qilinadigan, quvur zaminining bikirligini hisobga oladigan koeffitsient. Agar bo‘lsa, ga teng deb qabul qilinadi.
Quvurlarning egiluvchan zvenolarini (masalan, gofrlangan po‘latdan bo‘lgan) hisoblaganda Сv koeffitsienti 1,0 teng bo‘ladi.
Ko‘tarma ustidagi harakatchan temir yo‘l sostavidan xosil bo‘ladigan gruntning me’yoriy bosimini vaqtinchalik yukning gruntda tarqalishini (15.1,v-rasm) hisobga olib quyidagi formulalar orqali aniqlanadi:
a) vertikal bosim
(15.8)
b) gorizontal bosim
(15.9)
bu yerda: v - temir yo‘l harakatchan tarkibdan tushayotgan vertikal yukning jadalligi (intensivnost). ShN dan yuklash uzunligi va ta’sir chizig‘i uchining vaziyatiga qarab olinadi, lekin 19,6 kN/m dan katta bo‘lmaydi.
Montaj paytida qurilish mashinalari, gruntning bosimi va boshqalar, shuningdek quvur elementlarini tayyorlash va ularni transportirovka qilish paytidagi quvur konstruksiyasiga tushayotgan qurilish yuklari miqdori qurilish ishlarini bajarish sharoitlaridan kelib chiqib qabul qilinadi.
Seysmik yuklar 6 ball va undan yuqori zilzila bo‘lishi mumkin bo‘lgan xududlarda joylashgan quvurlar uchun hisobga olinadi.
Hisoblarda yuklar va ta’sirlar quvurlarning qurilishi va ekspluatatsiyasi davrida bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng xavfli vaziyatlarda va kombinatsiyalarda qabul qilinadi. Quvurlarning o‘rta seksiyalari odatda ko‘tarma grunti og‘irligidan tushgan vertikal va gorizontal bosim va harakatlanuvchi vaqtinchalik yuk ta’siriga hisoblanadi. Chetki seksiyalar esa faqatgina ko‘tarma grunti og‘irligidan tushgan bosimga hisoblanadi (15.1,b-rasm). Ba’zi hollarda, masalan, ko‘tarma balandligi kichik bo‘lganda quvurlar harakatlanuvchi vaqtinchalik yukdan tushayotgan bir tomonlama gorizontal bosimga hisoblanadi.



Download 87.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling