Quvvat va elektr energiyani oʻlchovchi asboblar va ulardan foydalanish Reja: Elektr o’lchov asboblari


Elektr bilan yoritish, yorug’lik kattaliklari va ularni o’lchaydigan birliklar


Download 154.12 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi154.12 Kb.
#1586225
1   2   3   4   5
Bog'liq
elektrotexnika007

Elektr bilan yoritish, yorug’lik kattaliklari va ularni o’lchaydigan birliklar
Eletr bilan maqsadida elektr lampalari ishlatiladi. Elektr lampalari bir necha xil bo’ladi: cho’g’lanish, lyuminessent, gaz bilan yoritiladigan va maxsus lampalar.
Elektr lampalarida xosil bo’ladigan issiqlik energiyasi yorug’lik energiyasiga aylanib, yorug’lik oqimini hosil qiladi. Yorug’lik oqimining o’lchov birligi – lyumen (qisqacha lm) deb ataladi.
Lyumen miqdorini quydagi misollardan tasavvur qilish mumkin: yozda yer satxining xar bir kvadrat metriga quyoshdan tushadigan yorug’lik oqimi 10000 lm ga teng bo’ladi: 220 v kuchlanishli va quvvati 100 vt ga teng bo’lgan cho’g’lanish lampasi 1000 lm yorug’lik oqimi hosil qiladi.
Elektr lampalarning yorug’lik oqimi har tarafga tarqalishi mumkin. Elektr lampalari yoritish armaturasining ichiga o’rnatilsa, lampaning yorug’lik oqimini kerak bo’lgan tamonga yo’naltirish mumkin.
Yorug’lik oqimining zichligi yorug’likning kuchi deb ataladi. Yorug’likning kuchi qancha ko’p bo’lsa nur tushayotgan joy shuncha ko’p yoritiladi. Yorug’likning kuchi svera sv (sham) bilan o’lchanadi.
Bir kvadrat metr joyga tushayotgan yorug’lik oqimining miqdori lyuks deb ataladi va shu joyning yoritilish darajasini belgilaydi.
Elektr lampa hosil qilayotgan yorug’lik oqimining shu lampa ista’mol qilayotgan elektr quvvatiga bo’lgan nisbati lampaning yorug’lik berish darajasi deb ataladi va lm/vt bilan o’lchanadi.
Elektr lampalar. Elektr lampalar 110, 127 va 220 v kuchlanishga mo’ljallab yasaladi va quvvati 10 vt dan 1000 vt gacha bo’ladi. Lampalarning quvvati va nominal kuchlanishi ularning sokoli yoki shisha baloniga yoziladi.
Lampalar elektr tarmog’iga doimo parallel qilib ulanadi. Lampa qanday kuchlanishga belgilangan bo’lsa , faqat shunday kuchlanishli tarmoqqa ulanishi kerak. Aks holda lampa kuyadi yoki yaxshi yoritmaydi. Lampa ulangan tarmoqning kuchlanishi qisman o’zgarib tursa, lampaning ko’rsatgichlari ham sezilarli darajada o’zgaradi.
Kuchlanishning o’zgarishi natijasida cho’g’lanish lampalarida ro’y beradigan o’zgarishlar

Kuchlanish (nominalga nisbatan % hisobida)

Tok (% hisobida)

Quvvat (% hisobida)

Yorug’lik oqimi (% hisobida)

Yorug’lik berish darajasi (% hisobida)

Lampaning ishlash muddati (% hisobida)

100

100

100

100

100

100

95

97,7

92,5

83,5

90,5

250

90

95

85

70

82

500

105

102,5

108,5

118,5

109

40

110

106

117

137

117

10




Download 154.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling