3-mashq. Quyida Kaykovusning “Qobusnoma” asaridan keltirilgan matnni o'z fikrlaringiz bilan davom ettiring va mazmunini izohlab bering.
Ey farzand, demak, yolg‘on va behuda so'z aytmak devonalikning bir qismidir. Har kishiga so'z aytur bo'lsang, qarag‘il, ul sening so'zingga haridormu yoki haridor emasmu?...
Gar haridor bo‘lmasa gapirgandan ko‘ra sukut qilganing durustroqdur. Zero ilmning avvali sukutdir va sukutda naf ko‘pdir.
Agarchi tinglaguvchi aytar so‘zingga haridor bo‘lsa avval o‘ylab foydali so‘zlardan gapir. Gaplaring o‘zgalarga naf keltirsin. Inson o‘ziga yangi bir yaxshilik kashf qilsin. Va yana suchuk va shirin til birla so‘zlagin. Illo
Suchuk tildir ajab ganji muazzam,
Ato qilgan bilan hech bo‘lmagay kam.
5-topshiriq.Tushunchalar tahlili metodi jadvalini to‘ldiring.
Tushunchalar
|
Tushunchalar tahlili
|
Konspekt
|
Konspekt. Konspekt bayonning ko‘rinishlaridan biridir. Konspekt uch xil bo‘ladi: to‘liq konspekt, qisqa konspekt, tezisli konspekt.
Biror asarni konspektlashtirilganda quyidagi tartibda ish ko‘riladi: avval asar sinchiklab o‘qib chiqiladi, mazmun anglab olinadi va ko‘chirma qilish mo‘ljallangan parchalarga belgilar qo‘yib chiqiladi (tagi chiziladi yoki boshqa bir belgi qo‘yiladi).
|
Biografiya
|
Kishilarning hayoti va faoliyati haqida ma'lumot beruvchi bayon biografiya (avtobiografiya) deyiladi. Biografiyada bayon kishining tutilgan joyi va yilidan boshlanadi.
|
Intervyu
|
Matbuotda e'lon qilish, radioeshittirish yoki televideniyeda foydalanish uchun muxbirning biror kishi bilan o‘tkazgan suhbati, shu suhbatning matbuotda e'lon qilingan matni intervyu deyiladi.
Intervyu (suhbat) jamiyatimizdagi istalgan kishi bilan o‘tkazilishi mumkin.
|
Hisobot
|
Hisobot xizmatga doir ma'lumot va mulohazalardan iborat hujjat bo‘lib, unda biror yumush, biror soha bo‘yicha qilingan ishlar haqida xabar beriladi.
|
Siqiq xulosa (rezyume)
|
Siqiq xulosa (rezyume).
Siqiq xulosa ma'ruza yoki boshqa asarlarda keng va atroflicha dalillar bilan bayon etilgan fikrlarning 3-4 gapli yakunidir.
Muallif rezyumeda kuzatish va mushohadalaridan yuzaga kelgan to‘xtamlarning eng zarurlarini ko‘rsatadi.
|
Referat
|
Referat. Biror ilmiy, metodik, pedagogik mavzudagi asarning qisqacha mazmuni haqidagi bayon (yozma ma'ruza) referat hisoblanadi.
Referat muallifning o‘z asari haqida bo‘lsa avtoreferat deyiladi. Avtoreferatda asarning qisqacha mazmuni, yangiliklari, metodik usullari, ilmiy qurilishi, foydalanilgan adabiyotlari ustida fikr yuritiladi. Amalda ilmiy va obzor referatlari ko‘proq uchraydi. Ilmiy referatlarga fanda, metodikaga, tarbiyaga va texnikaga oid ishlarning qayerda amaliyotda sinab ko‘rilganligi haqida ham xabar beriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |