Quyida to’g’ri to’rtburchak ta teng bo’lakka bo’lingan. Agar bo’yalgan qism yuzi 36 ???????? bo’lsa, bo’yalmagan qism yuzini toping
Download 25.8 Kb. Pdf ko'rish
|
Offlayn saralash test
1. Quyida to’g’ri to’rtburchak 6 ta teng bo’lakka bo’lingan. Agar bo’yalgan qism yuzi 36 𝑐𝑚 2 bo’lsa, bo’yalmagan qism yuzini toping(𝑐𝑚 2 ). A) 9 B) 18 C) 12 D) 54 2. Nodir rasmda berilgan shaklning 1/2 qismi, Kamron esa boshqa 1/8 qismini bo’yadi. Shundan keyin bo’yalmay qolgan qismning yuzi 36 𝑐𝑚 2 bo’lsa, Kamron bo’yagan qism yuzini toping(𝑐𝑚 2 ). A) 24 B) 18 C) 12 D) 48 3. Yo’lovchi yo’lning 1/4 qismini birinchi kuni, 1/3 qismini ikkinchi kuni bosib o’tdi. Agar manzilga yetish uchun yana 35 km masofa qolgan bo’lsa, umumiy yo’l uzunligini toping. A) 84 B) 105 C) 420 D) 140 4. Yerto‘ladan 30 tonna kartoshka olib chiqildi. Olib chiqilgan kartoshka yerto‘ladagi kartoshkaning 3/5 qismini tashkil qiladi. Dastlab yerto‘lada qancha kartoshka bor edi? A) 50 B) 100 C) 150 D) 60 5. Asror matematika kitobidagi masalalarning 1/2 qismini yechdi. Abror masalalarning boshqa 1/3 qismini yechdi. Shundan so‘ng kitobda ular yechmagan 12 ta masala qoldi. Ushbu kitobda dastlab nechta masala bo’lgan? A) 72 B) 24 C) 30 D) 36 6. 1 kg yangi uzilgan nokdan 20 foiz quritilgan nok olinadi. 40 kg quritilgan nok olish uchun necha kg yangi uzilgan nok kerak? A) 8 B) 200 C) 50 D) 80 7. Sayyohlar 300 km masofani uch kunda bosib o‘tdilar. Sayyohlar birinchi kuni butun yo’lning 60%ini poyezdda, ikkinchi kuni esa qolgan yo’lning 75%ini mashinada bosib o’tdilar. Uchinchi kuni esa qolgan barcha yo’lning hammasini velosipedda bosib o’tdilar. Ular velosipedda qancha masofa bosib o‘tgan? A) 45 km B) 30 km C) 10 km D) 20 km 8. Kompyuter ishlab chiqarilgan paytda uning narxi 800$ edi. Birinchi oyda kompyuter narxi 50% ga qimmatlashdi. Ikkinchi oyda esa kopyuterning yangi narxi 40% ga arzonlashdi. Kompyuterning oxirgi narxini toping. A) 720$ B) 288$ C) 672$ D) 800$ 9. Mirzabekning 150000 so’m pul bor edi. U Nozimga hamma pulining 40%iga shaxmat doskasini, Sardorga esa qolgan pulining 50%iga kubik-rubik o’yinchog’ini sotib oldi. Hamma sovg’alarni sotib olgandan keyin Mirzabekning qancha puli qoldi? A) 15000 so’m B) 45000 so’m C) 60000 so’m D) 30000 so’m 10. Uchta guldonda hammasi bo’lib 100 ta gul bor. Ikkinchi guldonda birinchi guldondagidan 2 marta ko’p, uchinchi guldonda ikkinchi guldondagidan 15 ta ko’p gul bor. Ikkinchi guldonda nechta gul bor ? A) 17 B) 34 C) 32 D) 25 11. Ikki sonning yig’indisi 69 ga teng. Agar birinchi son ikkinchi sondan 7 ga katta bo’lsa, bu sonlarning kattasini toping. A) 38 B) 31 C) 32 D) 39 12. Ikkita shkafda jami 78 ta daftar bor. Birinchi shkafdan 7 ta daftar olib ikkinchi shkafga qo’yilsa, u holda birinchi shkafdagi daftarlar soni ikkinchi shkafdagidan 5 marta kam bo’lib qoladi. Dastlab birinchi shkafda nechta kitob bo’lgan? A) 58 B) 6 C) 27 D) 20 13. Anvar 6 ta non olsa 3000 so‘m ortib qoladi, 14 ta non olsa 21000 so‘m yetmaydi. Bitta non narxi necha so’m? A) 2000 B) 3000 C) 2500 D) 3500 14. Sinfda Azizning o‘g‘il bola do‘stlari soni 13 ta. Sinfdagi qizlar o‘g‘il bolalardan ikki marta ko‘p. Sinfdagi Sevaraning qiz bola dugonalari nechta? A) 25 B) 26 C) 27 D) 28 15. Ahmadda 25 tiyinlik 50 ta tanga, Suxrobda esa 50 tiyinlik 30 ta tanga bor. Har kuni ular o‘zlarining tangalaridan birini hayvonlarga yordam berish uchun fondga berishadi. Ahmadning puli necha kundan keyin Suxrobning puliga teng bo‘ladi? A) 10 B) 11 C) 8 D) 9 16. Ali va Vali birgalikda 82 kg olma terishdi. Agar Ali 5 marta ko‘p, Vali esa 3 marta ko‘p olma terganida edi, ularning tergan olmalari birgalikda 338 kg bo‘lar edi. Ali necha kg olma tergan? A) 36 B) 46 C) 42 D) 40 17. Ikki sonning yig‘indisi 1878 ga teng. Agar birinchi sonni 5 marta, ikkinchi sonni 2 marta orttirib, yig‘indi hisoblansa 5403 ga teng bo‘ladi. Sonlarning kichigini toping. A) 1329 B) 549 C) 721 D) 415 18. Anor va apelsin narxlari birgalikda 31000 so‘m, apelsin va olma narxlari esa birgalikda 17000 so‘m, Anor va olma narxlari esa birgalikda 23000 so‘m. Anorning narxini toping. A) 4500 B) 12500 C) 31000 D) 18500 19. Kamila maktabga borish uchun 2 marta avtobusdan va 1 marta metrodan foydalanib, jami 7$ pul sarflaydi. Uyiga qaytishda esa 1 marta avtobusdan va 2 marta metrodan foydalanib, jami 8$ pul sarflaydi. Avtobusdan foydalanish narxini toping. A) 2$ B) $3 C) 1$ D) 50 sent 20. Alining yechgan masalalarining soni 16 ta va ular uchun jamg‘argan bali esa 98. Agar masalalar qiyinlik darajasiga ko‘ra 5 ball va 8 ball bilan baholansa, Ali nechta 8 ballik masala yechgan? A) 10 B) 12 C) 4 D) 6 Download 25.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling