Quyidagi 13-jadvalda ayrim konlarda olinadigan diatomit va trepellarining kimyoviy tarkibi keltirilgan


Download 30.7 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi30.7 Kb.
#159175
Bog'liq
Keramik issiqlik izolatsiya mahsulotlari xomashyo


Keramik issiqlik izolatsiya mahsulotlari xomashyo materiallari Issiqlik izolatsiya keramik mahsulotlarini ishlab chiqarishda asosiy xomashyo turi bo‘lib, cho‘kma qumtuproq jinslami o‘zida aks ettiruvchi diatomit va trepellar xizmat qiladi.

Diatomit va trepellar orasida kimyoviy tarkibi bo'yicha keskin farq yo'q. Ulaming toza ko'rinishidagi kimyoviy tarkibi m Si02 • n H20 formula bilan ifodalanishi mumkin.


Diatomit va trepellardagi Si02 miqdori 70 dan 95% gacha, gidrat suv miqdori esa 3 dan 8% gachani tashkil qiladi. Diatomit va trepellardagi qumtuproq amorf holatda bo'ladi.

Qumtuproqdan tashqari, ularning tarkibida kam miqdorda loy-tuproqli moddalar, karbonatlar, natriy, kalsiy va magniy sulfatlari, ayrim hollarda esa organik moddalar aralashmalari ham mavjud.

Quyidagi 13-jadvalda ayrim konlarda olinadigan diatomit va trepellarining kimyoviy tarkibi keltirilgan.




Tabiiy holatda diatomit va trepellar 80—85% ga yetuvchi katta g'ovaklikka ega. G'ovaklari mayda, ko'pi yopiq, bir tekis taqsimlangan bo'ladi.

Diatomitlar trepellarga qaraganda, kichik hajmiy og'irlikka ega.

Ular kam qattiklikka ega, shuning uchun ulardan yuqori tabiiy g'ovak g'ishtlami oson kesib yoki arralab ohsh mumkin.

Trepel va diatomitlaming yuqori suv shimuvchanlik xususiyati dan to'g'ri foydalanib, mahsulotlar g'ovakligini oshirish mumkin.

Trepellaming ayrim turlarining suv shimuvchanligini alohida mayda xomashyolami qo'llab, hamda yuza-faol qo'shimchalami kiritish bilan ko'paytirish mumkin.

Ko‘pik hosil qiluvchilar. Ko‘pik-diatomit mahsulotlarini ishlab chiqarishda ikki tur ko‘pik hosil qiluvchilar: smolosaponin va kazein-kanifollar ishlatiladi.



Ko'pik-diatiomit mahsulotlarini ishlab chiqarish tajribasi shuni ko'rsatadiki, kazein-kanifol ko‘pik hosil qiluvchilat smolosaponinlarga qaraganda katta g'ovaklikni ta’minlaydi.

Yonuvchi moddalar. Yonuvchi qo'shimchalar sifatida, odatda, yogoch qirindilari, ayrim hollarda esa torf xizmat qiladi. Hajmiy og'irligi 500—700 kg/m3 bo'lgan yaxshi sifatli mahsulotlarni olish uchun quruq qorishmadagi qirindilar miqdori (og'irlik bo'yicha) 25 dan 35% gacha bo'lishi kerak.
Download 30.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling