Quyidagi brendlar nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorlarni belgilang!


Download 38 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi38 Kb.
#1076617
Bog'liq
Testlar


8-SINF UCHUN

  1. Quyidagi brendlar nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorlarni belgilang!(Brendlar rasmi qo’yiladi tasdiqlovchi test)

  2. Quyidagi tushunchalarning ta’riflarini mosini tanlab belgilang. (O’rin almashtiruvchi test)

Ijtimoiy media— ko‘plab faol foydalanuvchilarga ega internet platforma. SMM (ijtimoiy media marketing)— marketing faoliyatining ijtimoiy mediada amalga oshirilishi.
Brend— bir mahsulotning boshqa mahsulotlardan farqlanib turuvchi dizaynga ega belgisi.
Maqsadli auditoriya— mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan foydalanish ehtimoli
yuqori bo‘lgan shaxslar.
Kontent — maqsadli loyiha uchun yaratilgan sahifa, videorolik yoki tasvir.
Platforma— o‘zining imkoniyati va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni yo‘lga qo‘yishga
xizmat qiluvchi “o‘zak dastur”.

  1. …internet bilan ishlashni ta’minlaydigan dastur. A) Brauzer B) Administrator C) Domen nomi D) Akkaunt (Nuqtalar o’rnini to’ldiruvchi test turi)

  2. Tarmoq turlari tasvirlangan rasmlarga mos javobni ko’rsating. (O’rin alamshtiruvchi test turi)

  3. Onlayn ta’lim va ochiq ta’limga xos rasmlar keltiriladi. Ularni ichidan aynan onlayn ta’limga xos rasmlarni topish. (tasdiqlovchi test turi)

  4. Multimedia vositalarining nomlarini to’grisini aniqlang. Bunda shu vositalarga xos rasmlarni to’g’risida nomlari beriladi, faqat ularni o’rni almashgan xolatda bo’ladi va to’g’risini topadi. (o’rin alamshtiruvchi test turi)

  5. Disk turlari rasmlari beriladi. Rasmlaridan qarab nomlarini mosini tanlashi kerak. Disk turlari: kompakt disk, digital video disk, yumshoq disk, disketa, ZIP disk, qattiq disk (Variantli test turi)

  6. .docx, .xlsx, .pptx, .pub, .accdb fayl kengaytmalari nomlari va ularni qaysi dasturnikiligi haqidagi rasmlarini 2 ta ustunga joylashtirib o’rnilarini almashtiriladi. O’quvchi to’g’risini topadi. (o’rin almashtiruvchi test turi)

  7. … bu mazmunan va grammatik bog‘langan mulohazaning yozma ko‘rinishidir. A) matn B) so’z C) gap D)ma’lumot (o’rnini to’ldiruvchi test turi)

  8. Klaviatura rasmi qo’yiladi. Bu rasmdan yordamchi tugmalar qaysilar? (Rasmdagi so’ralgan soxani topish test turi)

  9. Quyida kompyuterlarning yordamchi tugmalar vazifalari mos keladigan qatorini to’g’risini ko’rsating.(Bunda 2 ta ustundan iborat jadval hosil qilinadi, kompyuter yordamchi tugmalar vazifalar ta’riflari kiritiladi. O’quvchi strelka bilan to’g’risini topadi)

    Home (houm)

    Kursorni satr boshiga o‘tkazish

    End (end)

    Kursorni satr oxiriga o‘tkazish

    PgUp (peydj ap)

    Kursorni avvalgi sahifaga o‘tkazish

    Home (peydj daun)

    Kursorni keyingi sahifaga o‘tkazish

  10. Paint, Блокнот, Adobe photoshop, Foxit reader, Game kabi dastur belgilari rasmlarini va nomlarini 2 ta ustunga joylashtirib o’rnilarini almashtiriladi. O’quvchi to’g’risini topadi. (o’rin almashtiruvchi test turi)

  11. …tovushli (analog) signallarni raqamli signallarga va aksincha, raqamli signallarni tovushli signallarga o‘girib beruvchi qurilma. (o’rnini to’ldiruvchi test turi)

  12. Ma’lumotlarni kiritish qurilmasi bu… (Bu yopiq test turi)

  13. Rang-barang reklama, gazeta va jurnallar, yer landshafti xaritalari, muhandislik chizmalari kabilar quyidagi printer rasmlaridan qaysi birining imkonyatiga kiradi. (Tasdiqlovchi test turi)

  14. Quyidagi zamonaviy kompyuterlarga berilgan ta’riflarni to’g’risini ko’rsating.(Bunda 2 ta ustundan iborat jadval hosil qilinadi, kompyuter nomlari va ta’riflari kiritiladi. O’quvchi strelka bilan to’g’risini topadi yoki 1-ustunga kompyuterlarni nomlari o’rniga ularning rasmlari qo’yilsa ham bo’luvradi)

Desktop —shaxsiy (personal) kompyuter;
Monoblok — monitor va tizim bloki birlashtirilgan ixcham kompyuter;
Laptop — noutbuk (notebook) – bloknot tipidagi shaxsiy kompyuter;
Tablet —planshetli shaxsiy kompyuter;
Nettop — ixcham qutida joylashgan va Internet ilovalari bilan ishlashga mo‘ljallangan kompyuter;
Palmtop — cho‘ntak kompyuteri, organayzerlarga bo‘linadi.

  1. Quyidagi shaxsiy kompyuterning rasmidan tizim bloki qismini ko’rsating.(Rasmdagi so’ralgan sohani topish test turi)

  2. Monitor turlari rasmi keltiriladi va bu rasmlarning nomlari testning javoblarida o’rni almashtirilgan holatda keltiriladi. (o’rin almashtiruvchi test turi)

  3. Tarmoqsiz ishlovchi dvd, cd pleyerlar, analog televizor, radio, kompyuter, smartfon, planshet, smart tv, smart soat bular… (Nuqtalar o’rnini to’ldiruvchi test turi) A)axborot turi B) yetkazish usuli C) qabul qiluvchi qurilmalar D)axborotli jarayon

  4. Tenglik hosil bo’lishi uchun nuqtalar o’rniga qanday son qo’yilishi kerak? 5 bayt=…bit (yopiq test turi)

  5. Quyidagi rasmlardan qaysi birlari analog(uzluksiz) axborot turiga mansub? (Rasmlarda ikkala turdagi axborot turiga mos rasmlar qo’yiladi. A) 1,2,4 B) 2,3,5… )

  6. Rasmda kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari beriladi. O’quvchi ularni ichidan asosiy qurilmalarni topib berishi kerak. (rasmdagi so’ralgan soxani topish turi)

  7. Intenetda qiziqarli kitob topish algoritmini to’g’ri tartib asosida joylashtiring? (2-test savoli)

  8. Algoritm xossalarini tartib asosida joylashtiring? (5-test savoli)

  9. Algoritmni tasvirlash usullarini ko’rsating.(6-test savoli)

  10. Quyidagilardan qaysi birlari “rost” va “yolg’on” mulohazalar? (Javoblarini to’g’risida rasm ko’rinishida qilinadi)

  1. “11 – tub son” B) “kompyuter XVI asrning oxirida ixtiro qilingan” C)“Covid-19 virusi inson uchun xavfli emas” D) “A”- unli harf

  1. Kompyuter yordamida har qanday muammoni hal qilish bosqichlari o’rinlari ketma-ketligini aniqlang. (o’rin almashtiruvchi test turi)

• 1-bosqich: masalaning qo‘yilishi;
• 2-bosqich: masalaning matematik modelini tuzish;
• 3-bosqich: algoritmlash;
• 4-bosqich: dasturlash;
• 5-bosqich: dasturni kompyuter xotirasiga kiritish;
• 6-bosqich: natija olish va tahlil etish


Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling