Quyidagi ifodalarning qaysi biri fizik kattalikni ifoda etadi? A aylanma harakat


Download 20.81 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi20.81 Kb.
#201024
Bog'liq
1-nazorat ishi (2)



10 sinf


1). Quyidagi ifodalarning qaysi biri fizik kattalikni ifoda etadi? A) aylanma harakat.

B) gaz. C) atom. D) kilogramm. E) kuch.



2). Quyidagi ifodalarning qaysi biri fizik hodisani ifoda etadi? A) bug'lanish. B) joul.

C) elektron. D) suyuqtik. E) kuch.



3). Mis diskda doiraviy teshik ochilgan. Agar disk sovitilsa, bu teshikning diametri qanday о’zgaradi?

A) kichiklashadi. B) kattalashadi. С) o'zgarmaydi.

D) javob teshik diametriga bog liq.

E) javob teshikning diskdagi o'rniga bog'liq.



4). Mis plastinkadan qirqib olingan diskka kvadrat chizildi. Agar disk qizdirilsa, bu kvadratning shakli qanday о’zgaradi? A) rombga aylanadi. B) o'zgarmaydi. C) trapetsiyaga aylanadi.D) yostiqsimon shaklni oladi.

E) bochkasimon shaklni oladi.



5). Uzunligi 9 m bo'lgan ingichka ip boshidan jo'nagan chumoli ip oxiriga kelguncha 5 minut o'tdi. Chumolining tezligini toping (cm/s).

A) 1,8. B) 3. C) 2,9. D) 3,5. E) 4,5.



6). Uzunligi 480 m bo'lgan Poyezd tekis harakat­lanib, 720 m uzunlikdagi ko’prikdan 2 minutda o'tdi. Poyezdning tezligi qanday? A) 36 km/h. B) 6 m/s. C) 4 m/s. D) 10 km/h. E) TJY.

7) 15 m/s tezlik necha km/h bo'ladi?

A) 18. B) 30. C) 54. D) 75. E) 150.



8). 37,5 m/s tezlikni km/h larda ifodalang.

A) 150. B) 145. C) 140. D) 130. E) 135.



9). 10,8 km/h necha m/s bo'ladi?

A) 6. B) 5. C) 4. D) 3. E) 8.



10). 918 km/h tezlik necha m/s bo'ladi?

A) 260. B) 230. C) 240. D) 250. E) 255.



11). Bir vaqtning o'zida A portdan В portga ikki teploxod jo'nadi. Ularning birinchisi borib kelishi uchun 4 sutka, ikkinchisi 6 sutka sarflaydi. Necha sutkadan keyin ikkala teploxod A portda yana birga bo'ladi?

A) 6. B) 9. C) 10. D) 11. E) 12.



12). Sport avtomobili 135 km/h tezlik bilan 1,6 soat harakatlanib, marraga yetib kelganda, spidometr 8636 km ni ko'rsatdi. Spidometrning dastlabki ko'rsatishini toping (km). A) 8600. B) 8420. C) 8852. D) 8400. E) 8216.

13) Traktor 5 minutda 600 m yo'l bosdi. U shu tezlik bilan haraktlanib, 0,5 soatda necha km yo'l bosadi?

A) 1,8. B) 3,6. C) 9. D) 18. E) 36.



14)02/5-4. Uzunligi 200 m bo'lgan Poyezd 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanib, uzunligi 300 m bo'lgan tonnelga kirib bormoqda. Necha sekunddan keyin Poyezd tonneldan butunlay chiqib ketadi?

A) 50. B) 30. C) 25. D) 20. E) 10.



15). Agar jism yo'lning 1-yarmini 20s da, 2-yarmini esa 10 s da o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi necha m/s? Yo'l 240 metrga teng. A) 18. B) 16. C) 12. D) 8. E) 4.

16). Otliq boshlang'ich 40 minutda 5 km yo'l bosdi. Keyingi 1 soatda 10 km/h tezlik bilan yurdi. Otliqning butun yo'l davomidagi o'rtacha tezligini toping (m/s).

A) 2,5. B) 1,5. C) 1. D) 0,5. E) 7,5.



17) Turist yo'lning 6 km ini 12 km/h tezlik bilan yurdi, keyingi 40 minutda esa 10 km yurdi Turist harakatining boshlang'ich bir soatidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h).

A) 7,5. B) 8,5. C) 10. D) 12. E) 13,5



18). Jism t vaqtning birinchi yarmida 15 m/s ikkinchi yarmida 5 m/s tezlik bilan harakat qilgan bo'lsa, uning о’rtacha tezligi qanday (m/s)

A) 7,5. B)8. C)10. D) 12 E)17,5



19) Avtomobil manzilgacha bo'lgan yo'lning birinchi yarmini 50 km/h tezlik bilan ikkinchi varmini esa 75 km/h tezlik bilan bosib o'tdi.Avtomobilning о’rtacha tezligini toping (km/h) A) 70. B) 57,5. C) 65. D) 60. E) 62,5

20) Jism yo'lning birinchi yarmini 6 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini esa 2 marta tezroq o'tgan bo’lsa, jismning butun harakat davomidagi o'rtacha tezligi qanday bo'lgan (m/s)? A) 4. B) 6. C) 8. D) 9. E) 12.

21). Jism yo'lning yarmini 4 m/s, qolgan yarmini ϑ2 tezlik bilan o'tdi. Agar o'rtacha tezlik 4,8 m/s bo'lsa, 𝜗2 tezlik qanday (m/s)? A) 5. B) 4. C) 10. D) 7. E) 6.

22). Agar elektroPoyezd yo'lning uchdan bir qismini 5 m/s tezlik bilan, qolgan qismini esa 72 km/h tezlik bilan o'tsa, uning o'rtacha tezligi qanday (m/s) bo'ladi?

A) 10. B) 12,5. C) 38,5. D) 18. E) 45.



23)Avtomobil yo'lning uchdan bir qismini 𝜗1tezlik bilan, qolgan qismini esa 𝜗2 =50 km/h tezlik bilan o'tsa va uning butun yo'ldagi o'rtacha tezligi ϑo’rt =37,5km/h bo'lsa,ϑ1 tezlik qanday (km/h) bo'­ladi? A)20. B)25.C)30. D)35.E) 40.

24). Avtomobil yo'lning birinchi yarmini ikkinchi yarmiga nisbatan 8 marta katta tezlikda o'tdi. Agar avtomobilning butun yo'l davomidagi o'rtacha tezligi 32 km/h bo'lsa, yo'lning ikkinchi yarmidagi tezligi qanday (km/h) bo'lgan? A) 25. B) 22. C) 20. D) 18. E) 28.

25). Avtomobil yo'lning birinchi yarmini 𝜗 tezlik bilan, ikkinchi yarmining uchdan birini 0,5𝜗, qolgan qismini 2ϑ tezlik bilan o'tdi. Uning butun yo'l da­vomidagi o'rtacha tezligini toping. A) 0,5𝜗. B) 7𝜗/6. C) 𝜗. D) 1,5𝜗 E) l,8𝜗.

26). O'tin yorish paytida bolta g'o'lada siqilib qoldi. G'o'lani yorish ucnun qattiq tayanchga g'o’lani urgan ma'qulmi yoki boltaning orqasinimi?

A) farqi yo'q. B) g'o’lani. C) boltaning orqasini.

D) javob g'o'la va bolta massalari nisbatiga bog’liq.

E) javob g'o'laning qattiqligiga bog'liq.



27) Avtobus joyidan qo'zg'algan vaqtda avtobus ichidagi yo'lovchilar qayoqqa og’adi?

A) oldinga.B) orqaga. C) hech qaysi tomonga og'maydi.



D) chap tomonga.E) o'ng tomonga.
Download 20.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling