Quyidagicha bo`lsin: ekub(45;60;30)=15


Download 12.55 Kb.

Sana24.05.2018
Hajmi12.55 Kb.

1.  Foydalanuvchi tomonidan N soni kiritilsin. So`ngra N ta natural sonlar kiritilsin. Shu 

kiritilgan N ta sonlarni EKUBini topish dasturini tuzing.  

           Masalan:  N=3;  son[1]=45;  son[2]=60;  son[3]=30; kiritilsa javob    

           quyidagicha bo`lsin: EKUB(45;60;30)=15. 

2.   Foydalanuvchi tomonidan N soni kiritilsin. So`ngra N ta natural sonlar kiritilsin. Shu 

kiritilgan N ta sonlarni EKUKini topish dasturini tuzing. 

     Masalan: N=2;  son[1]=25;  son[2]=30; kiritlsa javob quyidagicha bo`lsin:                  

     EKUB(25;30)=150. 

3.  Kiritilgan sonni palindrom yoki yo`qligini aniqlovchi dastur tuzing. Palindrom sonlar -

o`ngdan ham chapdan bir xil o`qiladigan sonlardir. Masalan: 454, 131, 898, 555 kabilar. 

Agar son palindrom bo`lsa “Yes”, aks holda “No” javobi ekranga chiqarilsin. 

4.  Agar hozir sutkaning k-sekundi bo`lsa, shu paytgacha to`la necha soat va to`la necha 

minut o`tganligi hisoblansin. Masalan, agar k=13257 s  bo`lsa, shu paytgacha 3 soat va 

40 minut o`tdi. 

5.  Kiritilgan M son uchun M! ni hisoblovchi dastur tuzing. 

     Masalan, M=6, Javob: 1∙2∙3∙4∙5∙6=720. 

6.  Agar kiritilgan N sonini 2 sonining biror darajasi ko`rinishida ifodalash mumkin bo`lsa 

“True”, agar ifodalab bo`lmasa “False” qiymati ekranga chiqarilsin. Masalan, N=45 False;     

N=64 True; 

7.  Berilgan T sondan kichik bo`lgan Armstrong sonlarini aniqlang. O`zining raqamlari 

kublarining yig`indisiga teng bo`lgan sonlar Armstrong sonlari deyiladi. Masalan: 

153=1


3

+5

3



+3

3

=1+125+27; 



8.  Kiritilgan so`zdagi unli harflar sonini aniqlovchi dastur tuzing. “O`” harfi ham bundan 

mustasno emas. Masalan: “Dasturlash” so`zi kiritilsa,  Javob: 3 ta. 

9.  M sonidan kichik bo`lgan Fibbonachi sonlarini chiqaruvchi dastur tuzing. Fibbonachi 

sonlari o`zidan oldingi 2 ta hadining yig`indisini tashkil qiluvchi sonlarga aytiladi. Bunda 

uning birinchi va ikkinchi hadlari 1 ga teng.  

Masalan, M=26   bo`lsa   1  1  2  3  5  8  13  21; 

10. Berilgan N ta elementli bir o`lchovli massivni o`sish(kamayish) tartibida saralovchi dastur 

tuzing. Masalan, N=5;    

     Berilgan massiv: 5 16 2 0 7       Saralangan massiv: 0 2 5 7 16 (yoki 16 7 5 2 0) 

11. Tekislikda O(x;y) koordinatali nuqta va uchlari A(x

1

;y

1



) , B(x

2

;y



2

) hamda C(x

3

;y

3



koordinatali nuqtalarda bo`lgan uchburchak berilgan. Shu O nuqta ∆ABC ga tegishli yoki 

yo`qligini aniqlovchi dastur tuzing. 

12. K ta elementga ega bo`lgan A[K] massivni faqat 12 va 23 sonlari bilan tasodifiy ravishda 

to`ldiruvchi dastur tuzing. Tanlash, shart amallari ya`ni if/else,? va switch 

operatorlaridan foydalanish qa`tiyan taqiqlanadi. 

13. Tekislikda A(x;y) koordinatali nuqta va markazi O(x

1

;y



1

) nuqtada bo`lgan R radiusli doira 

berilgan. Ushbu nuqta berilgan doiraga tegishli yoki yo`qligini aniqlovchi dastur tuzing. 

If/else,? va switch operatorlaridan foydalanish taqiqlanadi.

 

14. N ta sichqon aylana bo`ylab raqamlab joylashtirilgan. Mushuk har M- sichqonni yeydi. 



Eng oxirida nechanchi raqamli sichqon tirik qoladi. Ushbu masala bo`yicha savol bo`lsa 

muallifga murojaat qilinsin. 

15. Keltirilgan kvadrat tenglamani x

va x



2

 ildizlari klaviaturadan kiritiladi. Ekranga 



tenglamani o`zini chop qilib beruvchi dastur tuzing.  


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling